Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
657 subscribers
10.5K photos
1.67K videos
134 files
2.73K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Hamkorlikni _rivojlantirish

🔰 Xabaringiz bor, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetlari o‘rtasida hamkorlikni
rivojlantirish dasturi imzolangan.


Ushbu dastur doirasida maktabimizning bitiruvchi sinf oʻquvchilari universitet hayoti, yaratilgan sharoitlar va dars jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida yuqorida nomi keltirilgan oliy ta’lim muassasalariga sayoxat uyushtirdi.

❗️Sayoxat davomida oʻquvchilar dars jarayonlarida qatnashdi, talabalar bilan fikr almashdi, har ikki oliygohning axborot-resus markazida boʻlib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

Muassasalari xodimlari hamda maktabimiz oʻquvchilari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda kelgusida qilinadigan istiqbolli rejalar va maqsadlar xususida so'z bordi.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Adiblar_xiyoboni
#Mushoira_etadi_davom

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏝 Bugun Adiblar xiyobonida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining bir guruh ijodkor o‘quvchilar o‘rtasida mushoira tashkil etildi. Mushoirada ijod maktabi o‘quvchilari adabiy merosimizning bebaho namunalariga murojaat qilishib, tabiat qo‘ynida she’riy lahzalardan o‘zaro zavq olishdi. She’riyat kechasiga aylangan mazkur davra suhbatida o‘zbek she’riyatiga oid fikr-mulohazalar ham tinglangdi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram IFacebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
23.04.ТЎПЛАМ - БОБУР 540 ЁШДА-2-том (1).pdf
10 MB
#Ilmiy_izlanishlar
#Kazakhstan_conferense

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏝Ijod maktabi o'qituvchisi Qarshiyeva Shohsanam Abdurashidovnaning "QADIMGI TURKIY MIFOLOGIYAGA DOIR QARASHLAR TALQINI"; ijod maktabi o'qituvchisi Xaitov Xusniddin Xasanovichning “АLPOMISH" DOSTONIDA DIALEKTIZMLAR VA ONOMASTIK BIRLIKLARNING O'RNI"; Ijod maktabi o'qituvchisi Mamadaliyeva Shohista Xudoyberdiyevnaning "JANG MAYDONLARIDAGI JASORAT" nomli ilmiy maqolasi Qozog'iston (Shimkent) konferensiyasi to'plamida chop etildi.
🍀Muvaffaqqiyat bilan tabriklab qolamiz!

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Ijod_maktabi
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining yana 2 nafar o‘quvchisi xorijiy til bilish darajasini qo‘lga kiritdi.

Jumladan:

🔹 Farxodova Feruzabonu – B2
🔹 Tuvalova Farangiz – B2

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram IFacebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Halima_Xudoyberdiyeva_76_yilligi
#Intellektual_ring

🏛️ Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

❇️Ijod maktabining 10-sinflari o‘rtasida Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 76 yilligiga bag‘ishlangan intellektual o‘yin o‘tkazildi. Bunda o‘quvchilarga o‘yin shartlari e'lon qilinmagan holda ikki "Buyuk qushlar" va "Suyanch tog‘larim" guruhlariga bo‘lindi. Har bir jamoadan bitta vakil chiqib, shoira ijodiga oid tuzilgan savollar kartochkasini tanlab, savollarga javob berishdi. Savollarga javob bera olmagan o‘quvchi o‘yindan chetlatildi va o‘yin oxirgi ishtirokchi qolgunicha davom etdi. Oxirigacha bora olgan "Buyuk qushlar" jamoasining soʻngi ishtirokchisiga sovg‘a tariqasida Halima Xudoyberdiyevaning "Saylanma" kitobi taqdim etildi.

⚡️Soʻngra oʻquvchilar shoira hayotiga oid video lavhalar tomosha qilishdi.

Jarayon yakunida oʻquvchilar Halima Xudoyberdiyevaning sheʼrlaridan namunalar oʻqishdi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda:👇
| Telegram | Instagram|YouTube| |Veb-sayt | Facebook|