Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
668 subscribers
10.9K photos
1.69K videos
137 files
2.83K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Viktorina
#Muhammad_Yusufning_69_yilligi

🏛 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning 69 yilligi munosabati bilan ijod maktabining 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida shoirning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan viktorina o‘yini o‘tkazildi.
📖 O‘quvchilar "Qizg‘aldoq" va "Boychechak" nomli ikki guruhga bo‘linib, viktorina savollari asosida o‘zaro bellashishdi. Bellashuv natijasiga ko‘ra, "Qizg‘aldoq" jamoasi 90 ball, "Boychechak" jamoasi esa 85 ballni qo‘lga kiritdilar va "Qizg‘aldoq" jamoasi viktorina g'olibi deb topildi.
📜 Bellashuvdan tashqari viktorina davomida o‘quvchilar tomonidan Muhammad Yusuf qalamiga mansub she'rlar ham o‘qildi. Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ushbu tadbirda barcha o‘quvchilar shoir hayoti va ijodi haqida bilimlarini mustahkamlashdi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Xorijiy_hamkorlik
#Ispaniya

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi va Ispaniya Taʼlim va kasbga o‘qitish vazirligi mutasaddilari ishtirokida onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv avvalida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyati, joriy qilingan xalqaro standartlarga mos o‘quv jarayonlari va zamonaviy baholash standartlari haqida ispan tomoniga taqdimot qilindi.
 
❗️Uchrashuv davomida:

▶️ ispan tilini o‘qitishni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida, xususan, Prezident va ijod maktablarda ikki tilli bo‘limlar dasturi asosida yo’lga qo’yish,

▶️ mazkur maktablarda chet tili o‘qituvchilarning yordamchilari dasturi hamda Ispaniya ta’lim va kasbga o‘qitish vazirligining resurs markazlari faoliyatini joriy qilish orqali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish haqida so’z bordi.

Ma’lumot uchun, ushbu dasturga 30 yil avval asos solingan bo‘lib, hozirgi kunda bu taʼlim dasturlari Lotin Amerikasi, AQSH, Yevropa mamlakatlari, Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlar maktablarida keng joriy qilingan.

❗️ Mazkur dasturlar doirasida har yili Germaniyaga 20 nafar, AQSHga 800 nafar ispan o‘qituvchilari yuboriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Mushoira
#Muhammad_Yusufning_69_yilligi

🏛 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

   📚O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning 69 yilligi munosabati bilan ijod maktabining 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida shoirning qalamiga mansub she'rlari tahlil qilinib,  mushoira o‘tkazildi.
    O‘quvchilardan Saidmurodova Ruxshona, Farhodova Feruza, Tuvalova Farangiz shoirning she'rlarini ifodali o‘qib o‘zaro bellashishdi. Qizg‘in bellashuv natijasiga ko‘ra, Saidmurodova Ruxshona g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
    Bundan tashqari Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ushbu tadbirda barcha o‘quvchilar shoir hayoti va ijodi haqida bilimlarini mustahkamlashdi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Ona_tilim_sarchashmangdan_sarxush_dilim

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚Oʻʻzbek tilining tarixi, uning ifoda imkoniyatlari va jamiyat hayotidagi ahamiyatini oʻquvchilar ongiga yanada chuqurroq singdirish maqsadida "Ona tilim - sarchashmangdan sarxush dilim" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Bu davra suhbatiga Guliston davlat universiteti Oʻzbek tili kafedrasi mudiri, dotsent Alisher Ahrorov tashrif buyurdi.
Suhbat davomida o’zbek tilining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi, etimologiyasi haqida maʼlumotlar berib oʻtdi. Shu bilan birga oʻzbek lahjasidagi dialektlarning koʻpligi ,ishlatilish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlar ham oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

📗 Yakunda oʻquvchilar bu mavzuda oʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻlaqonli javoblar olishdi.

📕 Faol ishtirok etgan oʻquvchilar dotsent A.Ahrorov tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

Telegram/ Facebook /Instagram/ YouTube/ Web-sayt