Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
663 subscribers
10.8K photos
1.68K videos
135 files
2.8K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#davra_suhbati
#biz_zõravonlikka_qarshimiz

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


🎯 Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi O'zbekiston Respublika Prezidentining "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida "Zo'ravonlikga qarshi 16 kun" turkum tadbirlari doirasida 10-sinflar ishtirokida "
Oilaviy zoʻravonlikning oldini olishga har birimiz masʼulmiz" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

♻️ Davra suhbatiga Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi yurist konsultantri H.Sulaymonbekova tashrif buyurdi, Zoʻravonlik turlari, uning yuzaga chiqish holatlari va oldini olish yoʻllari haqida oʻquvchilarga atroflicha ma'lumotlar berdi.

Turkum tadbirlar 10-dekabr sanasigacha davom etadi.


👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Yongʻin_xavfsizligi_profilaktikasi_oyligi
#Amaliy_mashgʻulot

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

💫Ijod maktabida “Yongʻin xavfsizligi profilaktikasi oyligi” doirasida Guliston shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o’quv mashg’uloti o’tkazildi.

🔹Unda Yong‘in qutqaruv qismi jangovar ekipajlari tomonidan yong’in chiqqan holatda uni tezkor o’chirish vazifalari xususida amaliy ko’rsatmalar berildi. Mashg’ulot davomida soha mutaxassislari o’quvchilarga binoning qurulish konstruksiyalari, xonalarning joylashish chizmasi, evakuatsiya yo’llarining holati va yong’in o‘chirish
yo’llari haqida ma’lumot berildi.

⚡️Bu kabi o'quv mashg'ulotlarining o’tkazilishi o'quvchilarga nazariy bilimlar berish bilan bir qatorda amaliy ko'nikmalarni rivojlantiradi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#insholar_tanlovi_natijalari

🏢 Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Joriy yilning 2-dekabr kuni ijod maktabimizda 7-8-9-sinflar kesimida "Biz zoʻravonlikka qarshimiz" mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi. Oʻquvchilar bu tanlovda oʻz ijodiy qarashlari bilan yondashgan holda inshoni yoritib berishga harakat qildilar. Ushbu tanlov natijalari quyidagicha:

7-sinflar oʻrtasida:
🥇: Muhammadjanova Mushtariy - 7-"A" sinf
🥈: Ismatullayeva Saodat - 7-"B" sinf
🥉: Ortiqaliyeva Zinnura - 7-"A" sinf;

8-sinflar oʻrtasida:
🥇: Saidqulova Diyora - 8-"B" sinf
🥈: Rahmatullayeva Aziza - 8-"B" sinf
🥉: Mirzaqulova Iroda - 8-"A" sinf;

9-sinflar oʻrtasida:
🥇: Axmadova Muxsina - 9-"B" sinf
🥈: Xolmirzayeva Malohat - 9-"A" sinf
🥉: Eshmuhammatova Dilnura - 9-"B" sinf oʻquvchilari gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

🏆 Gʻoliblar maktab maʼmuriyati tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.


👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
O'quvchi yoshlarni keyingi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishtirish, ular qalbida vatanparvarlik tuyg'ularini yanada mustahkamlash maqsadida ijod maktabining 9-"A" sinf o'quvchilariga "Yangi O'zbekiston manzaralari" turkumida "G'alaba bog'i falsafasi" kitobi taqdimoti hamda "G'alaba bog'i" filmi namoyish etildi.

Bu filmni ko'rish jarayonida "Galaba bog"i" majmuasi yangi tarixiy ma'lumotlar asosida bunyod etilganligi, u "Matonat madhiyasi", "Mangu jasorat" "Ko'z yoshi" monumentlari hamda "Shon -sharaf" muzeyidan tashkil topganligi, bog' manzaralarida o'zbek xalqining beayov jang maydonlarida va front ortida ko'rsatgan beqiyos jasorati va matonati aks etganligi ta'kidlab o'tildi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube