Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
772 subscribers
12.4K photos
1.76K videos
179 files
3.19K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Гулистон_шаҳар

⚡️Ҳалима Худойбердиева ижод мактабида "Жаҳолатга қарши маърифат" доирасида тадбир бўлиб ўтди...

🖇Батафсил

Сирдарё ҳаёти 👉 @Sir_hayoti
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#XAZINANI_TOP🕵‍♀
#Intellektual_õyin

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


🕵🏻🕵‍♀ Darsdan soʻng, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida 8-"A" sinf oʻquvchilari oʻrtasida "XAZINANI TOP" intellektual oʻyini oʻtkazildi. Shartiga koʻra, sinf oʻquvchilari 3 nafardan 6 ta jamoaga boʻlinishdi. Har bir jamoa 3 tadan mantiqiy savollar berildi. Topgan jamoa 4 bosqichga yetib keladi va gʻolib boʻladi. Barcha jamoalar juda faol qatnashishdi. 6 ta jamoadan 4 tasi oxirgi bosqichga yetib kelishdi va Finalga yoʻllanma olishdi.

Ssenariy muallifi:
Sattorova Xonzodabegim
(8-"A" sinf oʻquvchisi)

🎥 Operator:
Quddusbek Asadullayev
(Tarbiyachi-pedagog)

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#davra_suhbati
#zõravonlikka_qarshi_16_kun

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


🎯 Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida O'zbekiston Respublika Prezidentining "2022-2023-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida"gi 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida "Zo'ravonlikga qarshi 16 kun" turkum tadbirlari doirasida 9-10-sinflar ishtirokida "
Taraqqiyot strategiyasi – inson qadri ustuvor boʻlgan jamiyat" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

♻️
Tadbirga "Yuksalish" umummilliy harakati Sirdaryo viloyati boʻlinmasi rahbari Dilshunos Abdullayeva tashrif buyurdi va Taraqqiyot strategiyasining mazmun mohiyati, uni yuzaga chiqarishda yoshlarning oʻrni haqida  oʻquvchilarga atroflicha ma'lumotlar berdi.

Turkum tadbirlar 10-dekabr sanasigacha davom etadi.


👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Davra_suhbati
#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


🔰 1992-yil 8-dekabrOʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.

❇️ Bosh Qomusimizning
30 yilligi munosabati bilan
darsdan soʻng  8-"A" sinf oʻquvchilari bilan "Konstitutsiya – baxtimiz qomusi" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Oʻquvchilarga konstitutsiyaning yaratilishi tarixi, qonunlardagi oʻzgarishlar, fuqarolarning burch va majburiyatlari kabi masalalarni misollar orqali tushuntirildi.
Suhbat jarayonida oʻquvchilar kim koʻproq modda yod bilishi boʻyicha bellashdilar va Eshqulova Dilnoza gʻolib boʻldi.

👨‍🏫 Tarbiyachi-pedagog:
Quddusbek Asadullayev

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
Ma'rifat.jpg
651.6 KB
#Xushxabar

🗺Prezident ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏝Ijod maktabi o‘quvchisi, Qirg‘iziston Respublikasi Qirg‘iz shoir va yozuvchilari jamoat fondi a’zosi Sitora Naimjonovaning turkum she’rlari Respublika markaziy nashrida – “Ma’rifat” (2022-yil 30-noyabr, № 48(9425) gazetasida chop etildi. Muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
🏛 Prezident ta'lim muassasalari tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Ruziyeva O'g'ilnor Egamberdiyeva 9-B sinf o'quvchilari bilan "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" mavzusida ma'naviyat va ma'rifat soati o'tkazdi.

🎗Mashg'ulotda "Qor qo'ynida lola", "Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari", "Kecha va kunduz" asarlaridagi ayollarga munosabat tahlilga tortildi. O'quvchilar bugungi kundagi hayotiy misollar,ijtimoiy tarmoqdagi voqelar bilan o'z fikrlarini bildirishdi.

☀️O'quvchilar Maryam va Zebi obrazini sahnada jonlantirib ular bilan "Brifing" metodi asosida muloqot o'tkazishdi, ushbu obrazlardan "intervyu" olishdi.

💐Ma'naviyat va ma'rifat soati qiziqarli va munozalarga boy tarzda o'tildi.
#Bizning_shunday_õquvchilarimiz_bor
#Fan_olimpiadasi

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏆 MAKTABIMIZ O'QUVCHILARI FAN OLIMPIADASIDA G'OLIBLIKNI QO'LGA KIRITISHMOQDA!

🔰Xabaringiz bor, respublikamiz hududlaridagi ta'lim muassasalarining o’quvchilari o’rtasida fan olimpiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu fan olimpiadasida maktabimiz o’quvchilari faxrli o’rinlarni qo’lga kiritishdi!

💫Jumladan:
📚Ona tili va adabiyot fanidan:
🔹Omonova Diyora Sobirjon qizi- 1- o’rin. (11-sinf)
📚Ingliz tili fanidan:
🔹Abduvohidova Dilnoza Sobir qizi - 1-o’rin. (9-sinf)
📚Fizika fanidan:
🔹Ne’matov Axmadjon Burxon o’g’li - 1-o’rin. (11-sinf)
📚Ona tili va adabiyot fanidan:
🔹Eshqulova Gulsanam Umidjon qizi - 3-o’rin. (10-sinf)
O'quvchilarimizning kelgusi o’qishlarida omad tilab qolamiz.

🔹Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTub