Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
656 subscribers
10.5K photos
1.68K videos
134 files
2.74K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Trening
#Zõravonlikka_qarshi_kurash

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏫 Ijod maktabining 7-sinf o'quvchilariga "Zo'rovonlikka qarshi kurashamiz", "Huquqlarim olamiga sayohat" mavzularida trening mashg'uloti o'tkazildi.

🌞 Treningda bolalarning qanday huquq hamda majburiyatlari borligi, zo'rovonlik nima ekanligi, u qanday sodir boʼlishi, unga qanday qarshilik qilish mumkunligi haqida tushunchalar berildi.

🔔 Berilgan maʼlumotlarni xotirada mustahkamlash maqsadida syujetli o'yinlar o'tkazildi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Davra_suhbati
#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


🔰 1992-yil 8-dekabrOʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.

❇️ Bosh Qomusimizning
30 yilligi munosabati bilan
darsdan soʻng  8-"A" sinf oʻquvchilari bilan "Konstitutsiya – baxtimiz qomusi" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Oʻquvchilarga konstitutsiyaning yaratilishi tarixi, qonunlardagi oʻzgarishlar, fuqarolarning burch va majburiyatlari kabi masalalarni misollar orqali tushuntirildi.
Suhbat jarayonida oʻquvchilar kim koʻproq modda yod bilishi boʻyicha bellashdilar va Eshqulova Dilnoza gʻolib boʻldi.

👨‍🏫 Tarbiyachi-pedagog:
Quddusbek Asadullayev

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Harbiy_sport_musobaqasi
#Vatanparvarlik

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

💫Yoshlarni harbiy-amaliy sport musobaqalariga keng jalb etish, harbiy va psixologik tayyorgarlikka ega, jismonan baquvvat, barkamol avlod etib tarbiyalash maqsadida ijod maktabining 10-sinf o’quvchilari o’rtasida AK-74 avtomatini qismlarga ajratish va yig’ish bo’yicha musobaqa o’tkazildi.

⚜️Sirdaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiruvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlash markazi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan ushbu musobaqada o’quvchilar faol ishtirok etishdi va zamonaviy qurolni qismlarga ajratish va yig’ishda o’z qobiliyatlarini to’liq namoyon etdi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Rasmlar_tanlovi
#Konstitutsiyam_faxrim

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔰 1992-yil 8-dekabrOʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.

❇️ Konstitutsiyamizning 30 yilligi munosabati bilan 8-"B" sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Moddalar mening tasvirimda" shiori ostida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.
Oʻquvchilar turli moddalar mazmunini rasmlarda aks ettirdi.
Baholashda chiroyiga, rang berish usuliga, moddalardagi holat qay darajada ochib berilganligi hisobga olindi.
Natijada,
Jabbarova O'rozgul🥇1-oʻrin,
Abdunabiyeva Surayyo 🥈2-oʻrin,
Inomova Shukrona🥉3-oʻrinni
qoʻlga kiritdi.

🏆Gʻolib oʻquvchilar kitob va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

👨‍🏫 Tarbiyachi-pedagog:
Tuychiyeva Dildora

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#1_dekabr_OITSga_qarshi_kurash_kuni
#Ochiq_dars

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️
Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni 1988-yildan buyon 1-dekabrda OITS pandemiyasidan xabardorlikni oshirish va kasallikdan vafot etganlarning xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro kun sifatida nishonlanib kelinadi.

💥Bugun maktabning 7-10-sinf o’quvchilari uchun “OITS- XXI asr vabosi” nomli ochiq dars bo’lib o’tdi.
Unda biologiya fani o’qituvchisi Sherzod Nurmatov hamda maktab hamshirasi Hamidova Gulasal bu kunning maqsadi OITSdan aziyat chekayotganlar hayotini yaxshilash va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan virusni yo‘q qilish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar haqida ma’lumot berdi.

Bugun butunjahon OITSga qarshi kurash kuni.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube