Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
668 subscribers
11K photos
1.7K videos
137 files
2.85K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabida_bayram_shodiyonalari
#xush_kelding_yangi_kun
#milliy_qadriyatlar
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi.

🏆"Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” shiori ostida o'tkazilgan "Xush kelding,Navro'zi olam" bayram tadbirda milliy xalq o’yilari hamda varrak uchirish musobaqalari tashkil etildi.

📹Sizlar uchun videolavhalar

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I
Forwarded from Ijod bog‘idan guldasta
* * *

O'zimni axtardim,tun bo'yi,
Dilimda hamono dard tuyg'u.
Qayerdan kelardi ko'zimga,
...uyqu.

O'zimni izlagan kitobdan,
O'zimni topolmay tentidim.
Bo'lmasa, qani ayt, Xudojon,
...kim edim?

Bog'imda to'g'onoqgullarning,
Tikoni ko'ksimga sanchildi.
Kesilib ketganday yuragim,
...achidi.

Sukunat shovqini jarangdor,
Yurakda to'polon,jim xona.
Hali topilmagan o'zligim,
...begona.

Kechikib topdimmi?
bilmadim!
Yoki kech qidirdim,oy qizin.
Men o'zim bo'laman qismating,
...yulduzi.

Nigohlar tutashgan onidan,
O'zlikning qo'shig'in "eshit jim".
Yarq etib ko'zingda porlagan,
...men edim,
...men edim,
...men edim.


Dilfuza Valijonova
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 9-sinf oʻquvchisi
* * *

Qushlarning kuylashi ulashar shodlik,
Yurtimning quvonchi yetdi nahorga.
Bulutlar ortidan ergashar soflik,
Demak, bu yashillik monand bahorga.

Ko'klamning nafasin keltirdi yellar,
Bahorning madhini kuyladi yillar.
Deraza oldida gulladi daraxt,
Tabiat uyg'ondi, bu qandayin baxt.


Odina Yoʻlchiyeva
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 7-sinf oʻquvchisi
* * *

Zuhrajon, qayerda aqldan ozdim?
Qo'ynimda qay ilon saqlab keldi jon?
Yoʻq, yora olmayman senga dardimni,
Daydigan hislarim, qara, bemakon..

Zuhrajon, bezabon yashash qismatmi?
Sen meni sukutdan anglab olgin,
HA!
Sening roʻmolchangga koʻz yoshlar tomgan,
Mening yigʻlayverib, dilim namiqqan...

Zuhrajon, qayerga ketmoq istayman?
Nega bu odamzod shu qadar yomon.?!
Dunyolarga sigʻmay ketyapman desam,
"Xudoning yoniga bor" deysan hamon..!
"Xudoning yoniga bor"deysan hamon!

Zuhrajon, qayerda aqldan ozdim..?


Dilfuzaxon Valijonova
Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi
#Halollik_va_mas'uliyat

🛖Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🌄 9-sinf o'quvchilari bilan birgalikda "Halollik va mas'uliyat-bosh mezon" mavzusida davra suhbati o'tkazildi

🌠9-sinf tarbiyachisi: Axmatqulova Mahfuza

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I
#Sport_soğlik_garovi

🚴‍♀️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimi

⛹‍♀️Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🤼‍♀️7-sinf o'quvchilari bilan birgalikda "Sport-sog'lik garovi" mavzusi ostida musobaqa tashkil etildi

🤾‍♀️7-sinf tarbiyachisi: To'ychiyeva Dildora

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I
#Zakovat_Intellektual_Ring

🟢Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚Ijod maktabida Zakovat Intellektual ring o'yinining navbatdagi tur bellashuvi bo'lib o'tdi.

📖9-A sinf hamda 9-B sinf o'quvchilari o'zaro bellashdilar.

✳️Bellashuv yakunida jamoalar durrang natija qayt etishib har ikkala jamoa 5 balldan qo'lga kiritishdi.

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I
#chavondozlar_maktabida

🟢Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining o’quvchilari Sirdaryo viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi qoshidagi chavondozlar maktabining ochilish marosimida faol ishtirok etishdi.

🔵Tadbirga shuningdek Sirdaryo viloyati va Guliston shahar hokimligi vakillari, chavondozlar federatsiyasi hodimlari ham ishtirok etishdi.

🐴Ijod maktabining o’quvchilari chavondozlar maktabi bilan yaqindan tanishdilar hamda o’quvchilar otda sayr qildilar.

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I