Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
868 subscribers
12.5K photos
1.75K videos
195 files
3.28K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
* * *

Osmon tiniq, biram musaffo,
Bejirimdir zangor libosi.
Jilmayadi quyosh ham xatto,
Tabassumin yóq intihosi.

Bahramand ul nurli ziyodan.
Daraxtlarda potirlar kurtak,
Qirg'og'idan toshgan daryodan,
Suzib chiqar yangi bir ertak.

Parvozida turib muallaq,
Kuylashadi qushlar shóx navo.
Tabiat bu tilsimga ilhaq,
Ona zamin berar aks sado.

Yurtim bugun har qarichida,
Kezayotir bahor nafasi.
Sog'inch sig'may ichi-ichiga,
Duk-duk urar yurak qafasi...


Rustamova Zilolabonu
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 8-sinf ôquvchisi
* * *

Xayolimga taqqan go'zal gulchambar,
Ko'rdim nurko'klamning xushro'y orazin.
Bundan uyalgancha ko'rkidan dilbar
Hasadli tebranib solardi razm.

Yaproqlar qo'lida shudring dilsozi
Tong xira tortganda yoqimli kuydir.
Fasli kelinchagim, Yellar ovozi:
"Bag'ring barcha uchun xushmavsum uydir".

Sitora Naimjonova
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi.
🥰1
#ijodiy_tõgarak
#yosh_adabiyotshunoslar

🏢Prezident ta'lim muassasalari tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Isteʼdodli yosh ijodkor Aziz Xoʻja Nur bilan maktab ijodkorlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv boshida ijod maktabi oʻquvchilari oʻz sheʼrlarini oʻqib berdilar va Aziz Xoʻja Nur oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi!
Uchrashuvda oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan ham murojaat qilishdi. Adabiyot, sheʼriyat haqida fikr mulohazalar yuritildi.
Ayniqsa, shoir Halima Xudoyberdiyevaning shogirdi sifatida, u bilan boʻlgan ajoyib voqealarni xotirladi. Bu esa oʻquvchilarga juda qiziqarli boʻldi.
Uchrashuv soʻngida oʻquvchilarga Ijod maktabimiz oʻquvchilarining sheʼrlari kiritilib, yaqinda nashriyotdan chiqarilgan "Xushxabar" nomli kitoblarni sovgʻa qildi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

Toʻgarak rahbari: Quddus ASAD

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

https://t.iss.one/ijodiy_tanlovlar
https://www.facebook.com/
"Sen baribir muqaddassan..."

"Oq olmalar" pishganida terib olgan sen,
"Buyuk qushlar" uchganida nazar solgan sen,
"Bobo quyosh" ketganida qarab qolgan sen,
"Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol"

"Qaylargadir yozgan edim ismingni sening",
"Xurlik o‘ti" jo‘sh uradi qoningda sening,
Meni olg'a undayverar "Da'vat"ing sening,
"Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol"


Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Abdusoliyeva Zilola
👍3
#Biz_temuriy_avlodlari
#Pnevmatik_quroldan_oq_otish

🏢Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Sirdaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi yoshlarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazi bilan hamkorlikda pnevmatik quroldan o‘q otish mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
⚡️⚡️⚡️Pnevmatik quroldon o‘q otish bo‘yicha ijod maktabi o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada 9-sinf o‘quvchilari g‘olib chiqdi.


Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Assalom_Navrõz
#Milliy_qõshiqlar

🌺Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🌼Ijod maktabi o'quvchilarining "Navro'z yangilanish va poklanish" shiori ostida milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvchi videolavha.

🌸9-sinf tarbiyachisi: Mahfuza Axmatqulova



🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I
🟢Prezident ta'lim muassasalari tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Mohidil Ziyayeva Sirdaryo viloyat radiosida "O'zbekistonda yoshlar ta'lim-tarbiyasi masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri" mavzusida Prezidentimizning yoshlarga yaratib berayotgan sharoit va imkoniyatlari haqidagi fik-mulohazalari bilan jonli efirda ishtirok etdi

#5_tashabbus

🔰Bizni kuzatishda davom eting! 👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I
👍1👎1
#istemolchi_qonun_himoyasida
#intelektual_o'yin

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida 15 mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni munosabati bilan 10-9-sinflar o'rtasida 3 shartdan iborat bellashuv o'tkazildi.
Bellashuvda o'quvchilar o'z bilimlari va iqtidorlarini namoyish etdi.
Bellashuv natijalariga ko'ra 1-o'rinni "Yosh iste'molchilar" guruhi, 2-o'rinni "Yosh bilimdonlar" guruhi, 3-o'rinni "Ombudsman" guruhi qo'lga kiritdi.
Homiylar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alari hamda diplomlar bilan taqdirlanishdi.

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
2👎1