Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
777 subscribers
12.4K photos
1.76K videos
180 files
3.2K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
* * *

Tun qoʻynida hayol suraman yolgʻiz,
Bir zum sukunatga asirman goʻyo.
Men bormoqchi boʻlgan manzillar olis,
Barcha armonlarim boʻlsaydi roʻyo.

Shodliklar qariga bagʻrimni ochib,
Quvonchga oʻzimni asira etsam.
Xasta hislarimdan bir lahza qochib,
Ogʻriq, azoblarni unutsam, ketsam.

Ketsam-u ortimda igʻvolar qolsa,
Nurli yoʻllarimni berkitmasa gʻam.
Yoʻlimga baxt chechak gar soya solsa,
Dard-u alamlarning qolmas izi ham.

Jon-jonimga singib ketsaydi ilhom,
To abad qogʻozdan uzilmas qalam.
Yetajakman buyuk samoga illo,
Meni qoʻllab tursa Yaratgan egam.

Yorqinova Gulbahor
Halima Xudoyberdiyeva nomli ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi
#yosh_adabiyotshunoslar
#ijodiy_tögarak

🏢Prezident ta'lim muassasalari tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Oʻquvchilarning ijod naʼmunalari tinglanib, yutuq va kamchiliklari muhokama qilindi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

Toʻgarak rahbari: Quddus ASAD

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

https://t.iss.one/ijodiy_tanlovlar
https://www.facebook.com/
#vafo_va_sadoqat_timsoli
#Zulfiya_Isroilova_tavalludining_107_yilligi

✳️Prezident ta'lim muassasalari tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚O'zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova tavalludining 107 yilligi munosabati bilan "Sen bahorni so'ginmadingmi..." nomli adabiy-musiqiy kecha bo'lib o'tdi.

📖Tadbirda ijod maktabi o'quvchilari shoiraning Vatan, muhabbat, vafo, sadoqat, ezgulikni aks ettiruvchi she'rlarini ifodali o'qidilar.

🎭10-sinf o'quvchilari Karimov Abror hamda Naimjonova Sitoraxonlar "Obodim yor" qo'shig'iga ishlangan sahna ko'rinishi orqali, Hamid Olimjon va Zulfiya timsollarini maromiga yetkazib ijro etdilar.

💃🏻Ijod maktabining raqs to'garagi a'zolari ijrosida "Binafsha" va maqom qo'shiqlariga raqslar ijro etildi.

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I