Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
663 subscribers
10.4K photos
1.66K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Viktorina

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchilari o'rtasida "Qomus millatning nomusidir" mavzusida viktorina bo'lib o'tdi.
Viktorinada quyidagi shartlar asosida bellashdilar:
1. Yangilangan konstitutsiyada nimalarga e'tibor berilgan.
2. Yangilangan moddalarni ayting va taxlil qiling. 3.Voyaga yetgan yoshlarning huquq va burchlari.
Bellashuv qizg'in bahs va munozaralarga boy bo'ldi.

🔰 Natija: 🥇Idrok
🥈Iqtidor
🥉Tafakkur

❇️ Bunday mashg'ulotlarni o'tkazilishi o'quvchilarimizning intellektual salohiyatini oshirishga yordam beradi.


Tarbiyachi-pedagog:
Umida Abdullayeva

🔰Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Jurnalistika_tõgaragi

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining "Jurnalistika" to'garagi tomonidan amalga oshirilayotgan "Mening birinchi maqolam" loyihasi doirasida ilk bor 7-sinf o'quvchisi Dilnura Ahmadaliyevaning "Vaqt emas, umr o'tmoqda" deb nomlangan maqolasi "Ma'rifat va yoshlar" gazetasining 30-noyabr sonida chop etildi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram  I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz
#Biz_befarq_emasmiz

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📗Konstitutsiya - kelajagim mash'ali

🏢Bugun ijod maktabining 7-"A"sinf oʻquvchilari Shoxista Mamadaliyeva tomonidan "Konstitutsiyani o'rganamiz" mavzusi yuzasidan ma'naviyat va ma'rifat soati tashkil etildi.

📘Dars davomida  o'quvchilarga yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, yangi normalari har bir insonga qay darajada muhimligi haqida tushunchalar berilib, umumiy ma'lumotlar berib oʻtildi.
     O'quvchilar No'monjonova Muslima, Yo'ldosheva Sabina, Muhammadiyeva Muhtasar chizgan ramlarida Konstitutsiyaviy qonunlar o'z aksini topdi.
    Sinfning faol o'quvchilari Konstitutsiyaning moddalaridan aytib, sharhlab berdilar.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#konstitutsiya_baxtimiz_qomusi

🏫 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚Inson huquqlari muammosi bugungi kunda insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biridir. "Konstitutsiyamiz baxtimiz qomusi" shiori ostida 8-"B" sinf o'quvchilari bilan birga "Konstitutsiya — kelajagim mash'ali"
mavzusida rasmlar tanlovi bo'lib o'tdi.O'quvchilar konstitutsiyaning ta'lim , tibbiyot va insonparvarlik g'oyalari aks etgan rasmlar chizishdi.


Mashg'ulot davomida o'quvchilar konstitutsiyamiz haqida oʻzlari bilgan ma'lumotlarni aytishdi. Suhbatda barcha oʻquvchilar faol qatnashishdi va chizgan rasmlarida o'z huquqlariga befarq emasligini ifoda etishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!   

🎰Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

| Telegram | Facebook | Instagram | YouTube |
#Konstitutsiya_kelajagim_mashali

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
10-"A" sinf rahbari Mohidil Ziyayeva tomonidan o'quvchilarga O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "Konstitutsiya-kelajagim mash'ali" mavzusida ma'naviyat va ma'rifat soati o'tildi.

🔆 Dunyoda turli-tuman qonunlar ko'p. Lekin jamiyat hayotida doimo muhim o'rin tutadigan shunday ustuvor hujjat borki, u xalqning, kelajak avlodning taqdirini belgilab beruvchi poydevor bo'ladi. Davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadi,- deya o'quvchilarga tushunchalar berdi sinf rahbari.

🎨Sinfning yosh tarixchilari Konstitutsiya moddalari haqida tengdoshlariga gapirib berdi. O'quvchilar A.Oripovning ,,Adolat oftobi" va o'zlarining qalamiga mansub davlatimiz Konstitutsiyasini madh etuvchi she'rlarni ifodali yod o'qishdi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube