Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
869 subscribers
12.5K photos
1.77K videos
195 files
3.29K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Konstitutsiya_bilimdoni

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Huquq va burchingizni bilasizmi?” mavzusida o‘quvchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga mo‘ljallangan davra suhbati o'tkazildi.

☑️ Davra suhbatida Sirdaryo viloyati sudining fuqarolik ishlari bo'yicha sudi sudyasi Anvar Jo'raboyev va jinoyat ishlari bo'yicha sudi sudyasi Jahongir Turdimurodov hamda Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi Zafar Rajabovlar ishtirok etdi.

📝 Suhbat davomida yangi tahrirdagi Konstitutsiya xalqimiz xohish-irodasini ifoda etgan xalqchil hujjat ekanligi, unda belgilangan moddalar insonning huquq va erkinliklarining kafolati e’kanligi ta’kidlandi. O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Tarbiyachi-pedagog Q.Mamayev

🔽 | Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
2👍2❤‍🔥1
#konstitutsiya_baxtimiz_qomusi

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Konstitutsiya-baxtimiz qomusi

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan) jahon andozalariga mos boʻlib, xalqaro talablarga javob beradi.Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasida Yangu tahrirdagi konstitutsiya qabul qilingan bo'lib bu o'zgarish 2023-yilning 30-aprelidagi refrendumdan so'ng qabul qilindi( 2023-yil 1-maydan kuchga kirgan). Konstitutsiyaning moddalariga katta o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.Ya'ni 65% yangilandi.


Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi kuni munosabati bilan 8-"A" sinf o'quvchilari suhbat tashkil etishdi.
Suhbatda Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilgan o'zgartirishlar haqida fikr almashishdi.
Abdumannonova F. qomusimiz haqidagi fikrlarini rasmlarda ifodaladi.
Suhbat juda qiziqarli bo‘ldi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇
Telegram I Instagram I YouTube
Facebook I Veb-sayt
#biz_korrupsiyaga_yoʻq_deymiz

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Korrupsiya (lotincha: corrumpō – aynish, poraga sotilish) – mansabdor shaxsning oʻz mansabi boʻyicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiisteʼmol qilishidan iborat amaliyot.


Ijod maktabining 7-sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Biz korrupsiyaga yoʻq deymiz"mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi.

Bu tanlovda oʻquvchilar oʻzlarining korrupsiyaga oid rasmlari bilan ishtirok etishdi.

Tanlov natijalariga koʻra:
🥇 Qosimova Dilnura
🥈 Quchqorova Rayxona
🥉Axmadova Felisxon

Tarbiyachi-pedagoglar:
Esanova Nigora
Abduraxmanova Irodaxon

🔰Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
👍1
#buyuk_allomalar

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Birinchi Renesans-ilm-ma'rifat yuksalishining asosi

🌈Ijod maktabining 9-"A"sinf o'quvchilari Birinchi Renesans ilm-ma'rifat yuksalishining asosi mavzusida suhbat tashkillashtirishdi.
⚡️Tarbiyachi-pedagog F.Musurmonqulova suhbatda g‘arbda Avitsenna nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Ali ibn Sinoning mantiq, psixologiya, tibbiyot, astronomiya, axloq, kimyo kabi fanlarga qo‘shgan hissasi haqida so‘zlab berdi.
🌈Beruniy astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya, meneralogiya, tabiiy fanlarni yaxshi bilgan. Uning "Geodeziya", "Hindiston", "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" kabi asarlari dunyoga mashhur.Uning 152 ta asaridan 30 tasi yetib kelgan, xolos.
🌈Suhbat so'nggida Abu Ali ibn Sinoning " ,Tib qonunlari" yuzasidan ham savol-javob o'tkazildi.
⚡️Suhbat juda qiziqarli tarzda davom etdi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇
Telegram I Instagram I YouTube
Facebook I Veb-sayt
👍2