Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
666 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Oquvchi_almashish_dasturi
#Sayohat

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔰,,O‘quvchi almashish" dasturi asosida tashrif buyurgan Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'quvchilari hamda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchilari bilan birga Guliston Davlat Universtiteti qoshidagi "Qatag'onlar qurboni muzeyi"ga sayohatga bordilar.

🔰 "Qatag'onlar qurbonlari muzeyi" 2019-yilda ochilgan bo'lib muzey ikki xonadan iborat. Muzeyda XX asr boshidagi xalqimiz hayotini aks ettiruvchi tarixiy eksponatlar - mis va sopol idishlar hamda tarixiy milliy liboslar shuningdek, turli qo'lyozmalar va qatag'on qurbonlari hayoti aks etgan.
🔰 O'quvchilar muzeyni zo'r qiziqish bilan tomosha qilishdi.
🔰Bunday sayohatlar o'quvchilarda tinchlikni qadriga yetish va qatag'on qurbonlariga hurmat tuyg'usini mustahkamlaydi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
#Xushxabar
#Taqdimot

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏝O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan ijod maktabi ijodkorlaridan 9 nafarining “MENING BIRINCHI KITOBIM” loyihasida chop etildi. Quvonarlisi, mazkur ijodkorlar orasida ijod maktabi “YOSH IJODKORLAR” to‘garagi a’zosi Zulhayo MINGBOYEVAning “ISTAK” nomli kitobi 500 nusxada nashr qilindi. Mazkur to‘plamlarning taqdimoti O’zbeksiton Yozuvchilar uyushmasida 2024-yil 21-noyabr kuni 15:00 da o‘tkaziladi. Barcha qiziquvchilar taklif etiladi.

🍀Muvaffaqiyat bilan tabriklab qolamiz!

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook 🌐Veb-sayt
📝Jurnalistika to'garagi

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining "Jurnalistika" to'garagi tomonidan amalga oshirilayotgan "Mening birinchi maqolam" loyihasi doirasida ilk bor Mahliyo Xidirovaning maqolasi "Ma'rifat va yoshlar" gazetasining 16- noyabr sonida chop etildi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram  I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Besh_tashabbus_Merganlik_mahorati

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏹 "Kamondan o'q otish" sport turini rivojlantirish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Navbatdagi kamondan o'q uzish mashqlarida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati  qo‘riqlash boshqarmasining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha xodimlari ijod maktabi o'quvchilariga mahorat darsini o'tib berishdi.

🌟Mahorat darsida: har bir o'quvchiga,kamondan o'q uzish texnikasi, merganlikning siri va mo'ljalni aniq olish usullari, mashqlar davomida o'rgatildi

✒️Bu kabi harbiy sport mashg'ulotlarini o'tkazilishi yoshlar o'rtasida harbiy vatanparvarlik tuyg'usini oshirish bilan bir qatorda ularning bo’sh vaqtlarini unumli va mazmunli o’tkazishga xizmat qiladi.
  
Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I ✔️YouTube
#Õquvchi_almashish_dasturi
#Viktorina

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

BMTning 1954-yilgi rezolyutsiyasida 20-noyabrni Butunjahon bolalar kuni sifatida nishonlashni tavsiya etgan.

⚡️Shu munosabat bilan ijod maktabining 9-sinf õquvchilari va Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi õquvchilari bilan birgalikda "Baxtli bolalik" mavzusida viktorina tashkil etildi.

Quyidagi shartlar asosida bellashildi:
I. "Baxtli bolalik" mavzusida matn
II. "Bolalik quvonchi" mavzusida
rasm
III. Bolalarning huquq va burchlari

❇️Musobaqa qizğin bahs-munozaralarga boy bõldi.

Natijalar:
🥇"404" jamoasi
🥈"Bolalik" jamoasi
🥉"Bahor", "Baxtlilar", "Nihol"

📍Bunday bellashuvlar õquvchilarda ijodiy fikrlashni va tinch zamonimizga shukronalik qilish tuyğusini mustahkamlaydi.

📌Tarbiyachi-pedagoglar: Feruza Musurmonqulova, Maxsuda Xolmatova

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram|🌐Instagram|
🌐Facebook|📹You Tube|