Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
656 subscribers
10.5K photos
1.68K videos
134 files
2.74K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Akademik, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi Saidaxror G'ulomov "Yangi O'zbekistonda ta'lim sifati va yoshlarni aqliy mehnatining samaradorligi" shiori ostida seminar-trening mashg'ulotini o'tkazdi.
Tadbirda Saidaxror G'ulomov inson aqliy faoliyati bilan bog'liq bo'lgan jihatlar, miyya tuzulishi, uni qanday yaxshi ishlatish mumkinligi, aqliy mehnatni rivojlantiruvchi mashqlar qanday bajarilishi haqidagi ko'plab savollarga javob bo'ladigan qimmatli ma'lumotlarni taqdimot shaklida o'quvchilarga tushuntirib o'tdi.
Seminar davomida o'quvchilar ham o'zlari uchun qiziqarli bo'lgan ko'plab savollariga javob olishdi.
Tadbir yakunida mehmonlar ijod maktabidagi Halima Xudoyberdiyeva muzeyi bilan tanishishdi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram  I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#OAV_biz_haqimizda

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏨Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


“MARTIN IDEN”NI 20 SOATDA O‘QIB CHIQQAN KITOBXON

Ahmadali Shernazarov/ “Xalq soʻzi.
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi Zulhayo Mingboyeva Jek Londonning mashhur “Martin Iden“ romanini 20 soatda oʻqib tugatdi. Oʻqish uchun tundan tushgacha boʻlgan vaqt tanlandi. Binobarin, tungi sokinlik mutolaa uchun eng qulay.
Ushbu tajriba mashgʻuloti asnosida “Mutolaa zavqi kuchlimi, uyqu xumori?” degan savolga ham javob topildi.

Батафсил: https://xs.uz/uz/post/martin-idenni-20-soatda-oqib-chiqqan-kitobkhon


🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram  I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Yosh_ijodkor
#Maqola

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏝Ijod maktabi o'quvchisi, “YOSH IJODKORLAR" to'garagi a'zosi Matluba SHAKAROVAning "BEG'UBORIM - ONAM" nomli maqolasi “ADABIYOT VA ZAMON” (2024-yil, 9-noyabr) gazetasida  nashr etildi.

🍀Muvaffaqiyat bilan tabriklab qolamiz!

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram  I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Yosh_ijodkor
#Mashq_daftaridan

ZANGORI GUL

Tokchada kun ko‘rar bir zangori gul,
Barg yozgan to‘rt tomon va yuqoriga.
Bir chetda benazar yashar hartugul,
Shukronalar qilib hayot boriga…

Ulashib tursa, bas, o‘z nurin quyosh,
Yetarlidir hatto bir tomchi suv ham.
Sabr-u qanoatda to‘kmasdan ko‘zyosh,
Misli ko‘klam misol yashnaydi har dam.

Yashashdan zavq-u shavq oladi har choq,
Umidi jo‘sh urib har yaprog‘ida.
Har kim guldek bo’lsa hayotga chanqoq,
Beqavt xazon bo’lmas umr bog‘ida…

©Charos ISLOMOVA,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi


Telegram  I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#psixologiya
#Halima_Xudoyberdiyeva_nomidagi_ijod_maktabi

O’qituvchi va tarbiyachi-pedagoglar bilan “Stressni bartaraf etish, ruhiyatni sog’lomlashtirish” mavzusida trening😍🌈

☀️Ustozlarimiz yangi chorakni energiya bilan yuqori kayfiyatda boshlashlari uchun psixologik trening tashkil qildik.

🌟Turli psixologik o’yinlar, metodlar, jumladan, “ Hamkorlikdagi kartina”, “Siyam egizaklari”, “Buzuq telefon” harakatli o’yinlari hamda tinchlantiruvchi meditatsiyalardan foydalandik.

💫O’ylaymizki, maqsadimizga yetdik. Yangi o’quv choragida barchaga omad tilaymiz)

⚡️
Mashg’ulot ijod maktabi psixologi Sevinch Ergasheva tomonidan olib borildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Jurnalistika_tõgaragi

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi "Jurnalistika" to'garagining bugungi mashg‘ulotida "Mening birinchi maqolam" loyihasi doirasida ilk bor maqolasi e'lon qilingan 4 nafar o‘quvchi samimiy tabriklandi. Ularga gazetalari tantanali ravishda topshirildi.
Mashg‘ulotda ushbu loyiha bo‘yicha navbatdagi, ya'ni maqolalari bosma OAVda chiqishi kutilayotgan o'quvchilarning ijodiy ishlari mahorat darsi sifatida tahrir qilindi.
Dars yakunida to'garakning 2 a'zosiga maqola uchun mavzular berildi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram  I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#shaxmat_musobaqasi
#viloyat_hokim_kubogi


🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Abdujabborov Umidjon, Abduqodirov Ulug'bek, Zokirjonova Nozimabonu, Norqulova Gulsanamlar shaxmat bo'yicha "Sirdaryo viloyati hokimi kubogi" musobaqasida ishtirok etdi.

🔥Qizg'in tus olib boshlangan musobaqa davomida har bir ishtirokchi o'z iqtidor va mahoratini namoyon etish bilan birga g'oliblik uchun mardonavor kurash olib bordi.

💥 Ushbu shiddatli musobaqa davomida bizning o'quvchilar o'zlarining salohiyati bilan boshqa ishtirokchilardan ustunligi bilan keyingi bosqichga yo'l olishdi.

💫 Musobaqa g'oliblari ya'ni o'quvchilarimiz keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.


⚡️ Ijod maktabining jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Mirazimov Axror.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Veb-sayt