Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
660 subscribers
10.7K photos
1.68K videos
135 files
2.79K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Tilim_faxr_iftixorim

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchilari bilan 21-oktyabr - O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligi munosabati bilan "Tilim-faxr-u iftixorim" mavzusida mashg'ulot tashkil etildi.

Mashg'ulot avvalida o'quvchilar Alisher Navoiyning til haqidagi hikmatlarini navbat bilan aytishdi.

O'quvchilar tilimizning tadrijiy taraqqiyoti, rivojlanish bosqichlari, taraqqiyotida muhim rol o'ynagan arboblar haqida aytib o'tishdi. Buyuk mutafakkir A.Navoiy hissasini asarlari misolida tahlil qilishdi.

Suhbat so'ngida Erkin Bozorovning "Ona tilim, omon bo'l" nomli video lavhasini tomosha qilishib, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdilar.

❇️ Bu kabi mashg'ulotlar o'quvchilar qalbida ona tiliga bo'lgan hurmat va faxr tuyg'ularini mustahkamlaydi.

Tarbiyachi-pedagog: Umida Abdullayeva

🔰Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Til_bayrami

🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

♾️DIQQAT TANLOV

Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabi tomonidan 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbek tili bayramining 35 yilligiga bag‘ishlangan "O‘zbek tili haqidagi eng yaxshi maqola" mavzusida o‘tkaziladigan maqolalar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov g‘oliblari joriy yilning 21-oktyabr - O‘zbek tili bayrami kuni e’lon qilinadi. Eng yaxshi deb topilgan maqolalar matbuot va internet nashrlarda e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etish uchun maqolalar ➡️Admin⬅️ manziliga 20-oktyabr sanasiga qadar jo'natilishi lozim.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I 📱Facebook I 📱Veb-sayt I 📱Instagram I 📱YouTube
🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

"Jurnalistika" toʼgaragi rahbari, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi, ustoz jurnalist Аhmadali Shernazarovning turkum she'rlari respublikamizning nufuzli nashri — "Hurriyat" gazetasining joriy yil 16-oktyabr sonida eʼlon qilindi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I 📱Facebook I 📱Veb-sayt I 📱Instagram I 📱YouTube
#davra_suhbati
#21_oktabr_òzbek_tiliga_davlat_tili_maqomi_berilgan_kun

Mahmud Zamaxshariy dahosi

Bugun ijod maktabining 8-"A" sinf o'quvchilari Sharqda chuqur hurmat va mehr bilan " Ustozul arab val ajam", " Faxru Xorazm", " Jorululloh" nomlari bilan e'tirof etilgan qomusiy olim, tilshunos M. Zamaxshariy hayoti , ijodi haqida suhbat tashkil etishdi.

Allomaning arab tiliga oid , adabiyotshunoslik, lug‘atshunoslik, tilshunoslik, geografiya, aruz, mantiq, diniy bilimlar, Qur'on tafsiriga bag‘ishlangan ilmiy qarashlari yuzasidan savol-javob tashkil etildi.

Suhbat davomida o'quvchilar M.Zamaxshariyning tilshunoslikka oid mashhur asarlaridan " Sharh abyat kitob Sibavayn" ," Al-Mufassal", " Al- Ummuzaj" haqida ham ma'lumotga ega bo'lishdi.

Bundan tashqari o‘zbek tili rivojiga ulkan hissa qo‘shgan tilshunos olimlar haqida ham bilimlarini mustahkamladi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇
Telegram I Instagram I YouTube I Veb-sayt I Facebook
#yosh_ijodkor
#ona_tilim_faxrim_mening_ģururim_mening

Ona tilim

Ajdodlardan azal meros muqaddas,
Mehvaringga tutash undi jon-u dilim.
Noming eshtib hapqirganda har nafas,
O'rning bo'lak suydik aziz ona tilim.

Ahli o'zbek tomiriga, qoniga,
Muhring enggan boqiyliksan, omonat
E'tiqod-u sen yashagan millatga, Yo'liqmaydi nasib nifoq, zalolat

Ming yil tarix silsilasi sayqallab,
O'tmish yo'nggan bugunimiz javhari,
Seni e'zoz qo'llarida ko'tarib,
Asragaymiz ko'zimizning gavhari.


10-"B" sinf oʻquvchisi Rahmatullayeva Aziza

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Veb-sayt
#Korrupsiya_taraqqiyot_kushandasi

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Ijod maktabining 10- sinf o‘quvchilar oʻrtasida "Korrupsiyaning salbiy taʼsirlari" haqida davra suhbati oʻtkazildi.

💫Suhbat davomida oʻquvchilar korrupsiyaga qarshi kurashish togʻrisida qonunda belgilangan moddalar bilan tanishtirildi va shu moddalar boʻyicha sahna koʻrinishi tashkil etildi.

📝Suhbat oʻtkazishdan maqsad oʻquvchilar ruhini korrupsiyaga qarshi tarbiyalash hamda adolatli boʻlishga undashdan iborat.

Tarbiyachi-pedagog: Dildora Tuychiyeva

🔰Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#psixologiya
#Halima_Xudoyberdiyeva_nomidagi_ijod_maktabi

O’quvchilar bilan “Maqsad va orzular ro’yobi” mavzusida ko’rgazmali mashg’ulot😍🌈


☀️Maqsad va orzulariga erishish uchun to’g’ri reja tuzish, o’z-o’zini ruhlantirishni o’rgatish maqsadida mashg’ulot tashkil qilindi.

🌟Maqsad hamda orzuning farqi, Orzular ro’yobi, Orzularga ishonish, Maqsadni unutmaslik barchasi o’quvchilarga o’rgatilmoqda.

⚡️
Mashg’ulot ijod maktabi psixologi Sevinch Ergasheva tomonidan olib borildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube