Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
658 subscribers
10.5K photos
1.67K videos
134 files
2.73K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Õzbek_tili_õzbek_xalqining_yuragidir
#Viktorina

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi

📚O'quvchilarda ona tilimizga bo'lgan muhabbatini oshirish va mustaqil bilimga chorlash maqsadida 9-sinf o'quvchilari bilan 21-oktabr "Til bayrami"munosabati bilan viktorina tashkil etildi.

📝Bellashuvda 9-"A" sinfnning "Lingvistlar" va 9-"B" sinfning "Tilshunoslar"guruhi quyidagi shartlar asosida bellashishdi.

1-shart: Ona tili haqida hikmatli so'zlar
2-shart:Ona tilimiz rivojiga hissa qo'shgan olimlar
3-shart: Tilshunoslik bo'limlari
4-shart: Sintaksis. Qo'shma gap
5-shart: Qo'shma gap turlariga misol keltirish
6-shart: Berilgan gaplarning tuzilishiga ko'ra turini aniqlash

🎓Viktorinada o'z bilim va zukkoliklari bilan "Tilshunoslar" guruhi g'olib bo'lishdi.

🖇Bunday bellashuvlar o'quvchilarda ona tilini mustahkam o'rganishga chorlaydi.

📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram | Facebook |Instagram | You tube  |
#Zakovat
#Oʻzbek_tili_bayramining_35_yilligi

🏤Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Til millatni taraqqiy etishidagi eng muhim omildir. Bu bebaho boylik bizga ajdodlarimizdan meros bo'lib qolgan. Zakovat esa tafakkurni sayqallovchi hunarmanddir. Bu ikki muhim unsurning uyg'unligi har bir insonni kamolotga yetkazadi.
💫jod maktabi o'quvchilarining "Iqtidor", "Turon" va "Intellekt" jamoalari o'rtasida ham o'zbek tilining tarixi, rivojlanish bosqichlari hamda bugungi taraqqiyoti haqidagi ma'lumotlar doirasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.
Mashg'ulotda o'quvchilar olgan bilimlari va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini ishga solib, savollarga javob topishdi.O'yin 3 tur hisobida olib borilib, har bir turda 10ta savol doirasida bellashildi. Bahs "Iqtidor" jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi.

✳️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

✳️ Telegram I Facebook |Veb-sayt | Instagram | YouTube |
#Tilim_faxr_iftixorim

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchilari bilan 21-oktyabr - O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligi munosabati bilan "Tilim-faxr-u iftixorim" mavzusida mashg'ulot tashkil etildi.

Mashg'ulot avvalida o'quvchilar Alisher Navoiyning til haqidagi hikmatlarini navbat bilan aytishdi.

O'quvchilar tilimizning tadrijiy taraqqiyoti, rivojlanish bosqichlari, taraqqiyotida muhim rol o'ynagan arboblar haqida aytib o'tishdi. Buyuk mutafakkir A.Navoiy hissasini asarlari misolida tahlil qilishdi.

Suhbat so'ngida Erkin Bozorovning "Ona tilim, omon bo'l" nomli video lavhasini tomosha qilishib, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdilar.

❇️ Bu kabi mashg'ulotlar o'quvchilar qalbida ona tiliga bo'lgan hurmat va faxr tuyg'ularini mustahkamlaydi.

Tarbiyachi-pedagog: Umida Abdullayeva

🔰Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube