Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
663 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Maqola

DA'VAT

Hayot go’zal. Shu bilan birga mashaqqatlar, muammolar, mushkulotlar-u qiyinchiliklarga ham to’la. Hayot zavqli, lazzatli, ammo eskilar aytishganidek, qachonki uning «yukini ham ko’tara olsangiz». Ba’zida «imtihonlar buncha ko’p deymiz». Axir hayotning o’zi bir katta imtihon-ku! Hammamiz xato qilamiz, benazir, mukammal — faqat Alloh!
Lekin xatolardan to’g’ri xulosa chiqarish kerak. Bir marta mag’lubiyatga uchragandan so’ng tushkunlikka tushib, cho’kib qolmasligimiz, g’alabadan umidimizni uzmasligimiz kerak. Yiqildikmi, turishni ham bilishimiz va tura olishimiz kerak. Mag’lubiyat degani hayot tugadi, degani yoki endi g’alabaga erishib bo’lmaydi, degani emas. Yiqilib-yiqilib, qiyinchiliklar bilan muvaffaqiyatga erishiladi. Shunda hayotning qadriga ham ko’proq etiladi. Mashaqqatlar, turli sinovlar insonni haqiqiy inson qilib, hayotga tayyorlaydi. Hayot insonni o’zining turli chig’iriqlaridan o’tkazadi. Musibatlar oldida dong qotib qolmasligimiz, ularni iymon, sabr, harakat, ilm bilan engishimiz kerak.


©Matluba SHAKAROVA,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 11-sinf o’quvchisi


🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Jurnalistika

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 8-sinf oʼquvchisi, "Jurnalistika" toʼgaragi aʼzosi Kamola Qoʼziboyevaning "Xazonda ham goʼzallik boʼladi... mi?" sarlavhali maqolasi respublikaning eng nufuzli bolalar nashri — "Tong yulduzi"gazetasining 2024-yil 14-oktyabr kungi sonida eʼlon qilindi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Jurnalistika

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 8-sinf oʼquvchisi, "Jurnalistika" toʼgaragi aʼzosi Zuhra Toshpo'latovaning "Ovozsiz muallim" sarlavhali maqolasi "Mar'rifat va yoshlar"gazetasining 2024-yil 14-oktyabr kungi sonida eʼlon qilindi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Jurnalistika

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 8-sinf oʼquvchisi, "Jurnalistika" toʼgaragi aʼzosi Zamira Ahmadovaning "Onangiz o'qituvchi bo'lsa mazzami?" sarlavhali maqolasi  "Mar'rifat va yoshlar"gazetasining 2024-yil 14-oktyabr kungi sonida eʼlon qilindi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Jurnalistika

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 8-sinf oʼquvchisi, "Jurnalistika" toʼgaragi aʼzosi Kamola Qo'ziboyevaning"Xazonda ham go'zallik bor" sarlavhali maqolasi  "Ma'rifat va yoshlar"gazetasining 2024-yil 14-oktyabr kungi sonida eʼlon qilindi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Yosh_ijodkor
#Maqola

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏝Ijod maktabi o'quvchisi, “YOSH IJODKORLAR" to'garagi a'zosi Rushana OLIMOVAning xalq og'zaki poetik ijodiga bag'ishlangan "KO'NGILLARGA JO BO'LGAN SADO" nomli maqolasi “MA'RIFAT VA YOSHLAR” (2024-yil, 11-oktyabr) gazetasida nashr etildi.

🍀Muvaffaqiyat bilan tabriklab qolamiz!

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Ilk_qadam

TONG

Bu kun yana sokin tong otdi,
Mayin boshin ko‘tarib oftob.
Butun olam ahlin uyg‘otdi,
Go‘zallashdi borliq ham shu tob...


©Iroda BERDIBEKOVA,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 7-sinf o'quvchisi


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Til_millat_gʻururi
#Viktorina
🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️ 21-oktabr Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan 11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Til - millat gʻururi, milliy oʻzlik asosi" mavzusida viktorina tashkil etildi.
Tarbiyachi -pedagog H.Gaffarova tomonidan viktorina shartlari tushuntirib oʻtildi.
Viktorinada "Tafakkur" va "Yuksalish" guruhlari uch shart asosida oʻzaro bellashdilar.
1-shart: Oʻzbek tili va uning taraqqiyoti haqida maʼlumotlar berish;
2-shart: Oʻzbek tiliga kirib kelgan taʼlim va madaniyatga oid oʻzlashma soʻzlar roʻyxatini tuzish;
3-shart: Soʻz va turgʻun birikmalarning maʼnolarini qayd etish va izohlash;
Viktorinada oʻquvchilar oʻzbek tiliga oid boʻlgan savollarga zukkolik bilan javob berishdi, shuningdek, mumtoz adabiyotda koʻp uchraydigan soʻzlar tabdili bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar.
📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram | Facebook |
Instagram | You tube  |