Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
662 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#psixologiya
#Halima_Xudoyberdiyeva_nomidagi_ijod_maktabi

O’quvchilar bilan “Maqsad va orzular ro’yobi” mavzusida ko’rgazmali mashg’ulot😍🌈


☀️Maqsad va orzulariga erishish uchun to’g’ri reja tuzish, o’z-o’zini ruhlantirishni o’rgatish maqsadida mashg’ulot tashkil qilindi.

🌟Maqsad hamda orzuning farqi, Orzular ro’yobi, Orzularga ishonish, Maqsadni unutmaslik barchasi o’quvchilarga o’rgatilmoqda.

⚡️
Mashg’ulot ijod maktabi psixologi Sevinch Ergasheva tomonidan olib borildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Bir_asar_tahlili

🏫 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
🏫 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️ Oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli taʼminlash,badiiy asar oʻqishga yanada koʻproq jalb etish maqsadida ijod maktabining 11-sinf oʻquvchilari bilan P.Qodirovning "Avlodlar dovoni" asari mutolaa qilindi.
Asarni oʻqish jarayonida Humoyunning saltanatni boshqarishi,ichki va tashqi dushmanlarga qarshi mardonavor kurashi,taxtning vafo-yu jafolarini boshdan kechirgan holatlari haqida mulohazalar yuritildi.
⚡️Shuningdek, "Avlodlar dovoni" asarida bayon etilgan tarixiy shaxslar, joylar haqida oʻquvchilar tomonidan qiziqarli dalillar keltirib oʻtildi.
⚡️ Yakunda oʻquvchilar "Avlodlar dovoni" asaridan olgan taassurotlarini boshqa tengdoshlari bilan oʻrtoqlashdilar.
Mashgʻulot oʻquvchilarga manzur boʻldi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇


Telegram|Instagram|
🌐Facebook|📹You-Tube|
#Maqola

DA'VAT

Hayot go’zal. Shu bilan birga mashaqqatlar, muammolar, mushkulotlar-u qiyinchiliklarga ham to’la. Hayot zavqli, lazzatli, ammo eskilar aytishganidek, qachonki uning «yukini ham ko’tara olsangiz». Ba’zida «imtihonlar buncha ko’p deymiz». Axir hayotning o’zi bir katta imtihon-ku! Hammamiz xato qilamiz, benazir, mukammal — faqat Alloh!
Lekin xatolardan to’g’ri xulosa chiqarish kerak. Bir marta mag’lubiyatga uchragandan so’ng tushkunlikka tushib, cho’kib qolmasligimiz, g’alabadan umidimizni uzmasligimiz kerak. Yiqildikmi, turishni ham bilishimiz va tura olishimiz kerak. Mag’lubiyat degani hayot tugadi, degani yoki endi g’alabaga erishib bo’lmaydi, degani emas. Yiqilib-yiqilib, qiyinchiliklar bilan muvaffaqiyatga erishiladi. Shunda hayotning qadriga ham ko’proq etiladi. Mashaqqatlar, turli sinovlar insonni haqiqiy inson qilib, hayotga tayyorlaydi. Hayot insonni o’zining turli chig’iriqlaridan o’tkazadi. Musibatlar oldida dong qotib qolmasligimiz, ularni iymon, sabr, harakat, ilm bilan engishimiz kerak.


©Matluba SHAKAROVA,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 11-sinf o’quvchisi


🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Jurnalistika

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 8-sinf oʼquvchisi, "Jurnalistika" toʼgaragi aʼzosi Kamola Qoʼziboyevaning "Xazonda ham goʼzallik boʼladi... mi?" sarlavhali maqolasi respublikaning eng nufuzli bolalar nashri — "Tong yulduzi"gazetasining 2024-yil 14-oktyabr kungi sonida eʼlon qilindi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Jurnalistika

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 8-sinf oʼquvchisi, "Jurnalistika" toʼgaragi aʼzosi Zuhra Toshpo'latovaning "Ovozsiz muallim" sarlavhali maqolasi "Mar'rifat va yoshlar"gazetasining 2024-yil 14-oktyabr kungi sonida eʼlon qilindi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I