Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
657 subscribers
10.5K photos
1.67K videos
134 files
2.73K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
@favqulodda_vaziyatlar_

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Iijod maktabining 7-sinf oʻquvchilariga Guliston shahar FVB Tezkor bo'linma boshlig'i leytenant Narzullayev Muhammad hamda ChQBT rahbari Usen Aynabekov tomonidan"Zilzila va uning oqibatlari" mavzusida suhbat tashkil etildi.

Suhbat davomida zilzila haqida umumiy tushuncha,zilzilaning yuzaga kelish sabablari hamda zilzila kuchi haqida maʼlumotlar berib oʻtildi.

Oʻquvchilar zilzila vaqtida qanday himoyalanish va harakatlanishni amaliyot davomida bilib olishdi.
Shuningdek,maktab hamshirasi tomonidan birinchi yordam haqida ham tushunchalar aytib oʻtildi.

Mashgʻulot yakunida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Tarbiyachi pedagoglar:
Esanova Nigora
Abduraxmanova Irodaxon

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇
Telegram I Instagram I YouTube
Facebook I Veb-sayt
#Xalqaro_qizlar_kuni
#Viktorina

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📝Ayol — oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko'rki. Ayollar bilan hayotimiz go'zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.

🖇Ma'lumki, 11-oktabr "Xalqaro qizlar kuni". Shu munosabat bilan 9-"B" sinf qizlari 2 guruhga:
"To'maris" va "Uvaysiy" guruhlariga bo'linishib, "Ayollarning jamiyatdagi o'rni" mavzusida quyidagi shartlar asosida bellashishdi.

1-shart: Tarixdagi mashhur ayollar
2-shart: XX asrdagi ijodkor ayollar
3-shart: Hozirgi kundagi siyosatchi ayollar
4-shart: Ayolning oiladagi o'rni

🎗Bellashuv yakunida "To'maris" guruhining epchil va zukko qizlari barcha shartlarga mukammal javob berib, g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

📚Bunday mashg'ulotlar qizlarning hayotda va jamiyatda o'z o'rnini topishiga yordam beradi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram|Instagram|
🌐Facebook|📹You-Tube|
#11_oktyabr_Xalqaro_qizlar_kuni

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchi qizlari o'rtasida 11-oktyabr "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan mushoira kechasi tashkil etildi.

Mushoira davomida o'quvchilar xalqimiz ardog'idagi shoirlar ijodiga murojaat qilgan holda ayol-qizlarni tarannum qiluvchi she'rlarni o'qishdi.

Mushoira so'ngida Halima Xudoyberdiyevaning "Muqaddas ayol" she'rini o'quvchilar birgalikda qo'shiq qilib kuylashdi.

❇️Bunday bayramlar nafaqat bizning jamiyatimizda balki butun dunyo bo'ylab ayol-qizlarimizga qaratilgan e'tibordan darak beradi.

Tarbiyachi-pedagog: Umida Abdullayeva

🔰Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube