Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
663 subscribers
10.4K photos
1.66K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Jadidlarni_xotirlab

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


Bugun ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchilari bilan 532 SCHR Safarbarlik Chaqiruv Batalionida Jadidlarimiz xotirasiga bag'ishlangan ushrashuv tashkil etildi.

O'quvchilar o'zlarining qalamiga mansub Vatanni tarannum qiluvchi ijod namunalaridan o'qishdi.

Mingboyeva Zulhayo "Jadidlar harakatining bugungi kundagi ahamiyati" haqida ma'lumotlar berdi.

❇️Bunday uchrashuvlarni o'tkazish nafaqat ijod maktabi o'quvchilariga, balkiaskarlarga ham o'z Vatanining tarixini o'rganishga katta zamin yaratadi.

🔰Bizning ijtimoiy tarmoqlar 👇

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#ijodiy_tanlov
#ona_tilim_faxrim_mening_ģururim_mening

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

21-oktabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun!
Shu munosabat bilan ijod maktabining barcha sinflari o‘rtasida "Ona tilim- faxrim mening, g‘ururim mening" mavzusida ko'rik-tanlov e'lon qiladi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lib o'tadi:

📝"Ona tilim-faxrim mening, g‘ururim mening" mavzusidagi eng yaxshi insho

✏️"Ona tilimni kuylayman" mavzusidagi eng yaxshi she'r

🎥"Muqaddasim, munavvarim-ona tilim" mavzusidagi eng yaxshi chellenj

Baholash natijalari bo‘yicha g'oliblar ijod maktabi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

🗓Muddat: 9-oktabrdan
20- oktabrgacha

Soat: 14 : 00 gacha


Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

Telegram I Instagram I Veb-sayt I Facebook I YouTube
#psixologiya
#trening
#Halima_Xudoyberdiyeva_nomidagi_ijod_maktabi

Bugungi treningimizdan lavhalar😍🌈


☀️Trening jamoada ahillikni oshirish, muhitni yaxshilash, charchoqni olish maqsadida o’tkazildi.

🌟Treningda noodatiy tanishuv mashqlari hamda his tuyg’uga boy bo’lgan “Bu kim”o’yini hamda “7 qadam”o’yinlari o’tkazildi. Ishtirokchilarga aytilgan ijobiy fikrlar barchani birdek xursand qildi. Trening so’nggida esa barcha ishtirokchilar bir-birlariga minnatdorchilik bildirishdi. Ishtirokchilarning kayfiyatlari a’lo darajada ko’tarildi.

⚡️
Trening ijod maktabi psixologi Sevinch Ergasheva tomonidan olib borildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
@favqulodda_vaziyatlar_

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Iijod maktabining 7-sinf oʻquvchilariga Guliston shahar FVB Tezkor bo'linma boshlig'i leytenant Narzullayev Muhammad hamda ChQBT rahbari Usen Aynabekov tomonidan"Zilzila va uning oqibatlari" mavzusida suhbat tashkil etildi.

Suhbat davomida zilzila haqida umumiy tushuncha,zilzilaning yuzaga kelish sabablari hamda zilzila kuchi haqida maʼlumotlar berib oʻtildi.

Oʻquvchilar zilzila vaqtida qanday himoyalanish va harakatlanishni amaliyot davomida bilib olishdi.
Shuningdek,maktab hamshirasi tomonidan birinchi yordam haqida ham tushunchalar aytib oʻtildi.

Mashgʻulot yakunida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Tarbiyachi pedagoglar:
Esanova Nigora
Abduraxmanova Irodaxon

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇
Telegram I Instagram I YouTube
Facebook I Veb-sayt