Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
661 subscribers
10.7K photos
1.68K videos
135 files
2.79K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Vatan_tayanchi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
3-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida tashkil etilgan “Vatan tayanchi” guruhlari a’zolariga “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomasini tantanali ravishda topshirildi.
👮‍♀Tadbirda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 20 nafar o'quvchilari “Vatan tayanchi” guruhi a’zolari “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomasi bilan taqdirlandi.Tadbir yakunida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori yordamchisi E'zoza  Karimova so'zga chiqib, barchani tabrikladi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram  I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vatan_tayanchi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga
🏅 “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomasini tantanali topshirish marosimidan video lavhalar.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram  I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Mirzo_Ulug'bekning_630_yilligi

#Vertual_sayohat

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


Bugun ijod maktabining 10-sinf o‘quvchilari bilan birgalikda ajdodlarimizning buyuk tarixiga guvoh bo'lgan respublikamizda joylashgan tarixiy obidalarga vertual sayohat uyushtirildi.

Bunda Samarqandda joylashgan Mirzo Ulug'bek observatoriyasi haqida o'rganildi. Tarbiyachi-pedagog Abdullayeva Umida tomonidan bir qancha ma'lumotlar berildi.

❇️Bu kabi tadbirlar o'quvchilar o'rtasida tarixga bo'lgan qiziqishlarini oshirishda yordam beradi.


🔰Bizning ijtimoiy tarmoqlar 👇

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#besh_tashabbus_amalda


🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Sport-sog‘lik garovi.

🌈Bugun ijod maktabining 9-"A" va 9-"B" sinf o'quvchilari o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi.

🏀O‘quvchilar ikki guruhga bo'lingan holda o'yinni boshlashdi.
"Epchillar" jamoasi avvaliga shiddat bilan harakat qilishdi. Chaqqonlikni qo'ldan boy berishmadi.

💫So‘nggi daqiqalarda esa "Quvnoqlar" jamoasining qo‘li baland kela boshladi. Nihoyat, " Quvnoqlar" jamoasi g‘oliblikni uddalashdi.

🌈Tarbiyachi-pedagog F.Musurmonqulova hamda jismoniy tarbiya ustozi A.Mirazimov hamkorligida o‘tkazilgan bu musobaqadan o'quvchilar juda katta taassurot olishdi.

⚡️Bu kabi sport musobaqalari bolalarning jismonan sog'lom va baquvvat bo'lib kamol topishi uchun muhim ahamiyatga egadir.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Veb-sayt
#Odob_axloq_qoidalari

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabining 9-"A" sinf o'quvchilari bilan birgalikda odob-axloq qoidalari yuzasidan suhbat o'tkazildi.

❇️ Suhbat avvalida tarbiyachi-pedagog tomonidan odob-axloq qoidalari, ajdodlarimiz o'gitlari, buvilarimizning qizlarga aytgan nasihatlari haqida aytib o'tildi.

Tarbiyachi-pedagog F. Musurmonqulova "Qizning ziynati odobida" ekanligini yana bir bor ta'kidladi.

❇️ Qiziqarli suhbat davomida o'quvchilar o'zlarining ham fikr-mulohazalarini bayon etishdi. Odoblilik oiladan boshlanishini tushunib olishdi. Axir xalqimiz aytganidek "Qush uyasida ko'rganini qiladi".

👇 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

#Telegram_Facebook_Instagram_YouTube
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

2024 yil 4 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Hamdam Aliqulovich Qarshiyev ijod maktabiga amaliy tashrif buyurdilar.

General-mayor H.A.Qarshiyev Konsepsiyaga muvofiq jihozlangan “Harbiy-vatanparvarlik targ‘iboti o‘quv sinfi” va “Jasorat burchagi” hamda “Vatan tayanchi” harakati otryadi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif yakunida general-mayor H.A.Qarshiyev maktabda Harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishi bo‘yicha qilingan ijobiy ishlar yuzasidan maktab direktori P.Axmedjanovaga hamda YVRTBDO‘-HCHT rahbari rezervdagi podpolkovnik U.Aynabekovlarga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdilar.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram  I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I