Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
665 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Viktorina

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️8-“B” sinf o'quvchilarini bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Yoshlar-uchinchi renessans va yangi ma’naviy makon bunyodkori" mavzusi ostida viktorina o'tkazildi.

👨‍⚖️ "Qaqnus","Idrok","Tarnado" jamoalari o'rtasida qiziqarli bahs bo’lib o’tdi.

🔩 "O'ziga ishonch, muammoni hal qila bilish, jamoada ishlash va tanqidiy fikrlash kabi ko'nikmalar tez o'zgarib borayotgan mehnat dunyosida o'quvchilarni muvaffaqiyatga erishishning asosiy omili hisoblanadi.

📊 Umumiy natijalarga ko’ra jami 24ta savollardan
"Idrok" jamoasi - 20ta
"Qaqnus" jamoasi - 20ta
"Tarnado" jamoasi - 22ta
savollarga toʻgʻri javob berishdi.

🏆 "Tarnado"  jamoasi eng yuqori ball to’plab go’liblikni qo’lga kiritishdi.

➡️ Ko'tarinki ruhda o'tgan viktorina yakunida o'quvchilar o'zaro fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashishdi.


🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Zakovat

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabi o'quvchilarining bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, fikrlash doirasini kengaytirish maqsadida "Zakovat" intellektual o'yinining o'quvchilar ligasi, kuzgi mavsumi 1-turi o'tkazildi.

Bellashuvda "Ko'hinur", "Idrok", "Dinamit", "Qaqnus", "Kelajak avlodlari", "Ishonch", "Iqtidor", "Semurgʻ" jamoalari o'zaro bellashdilar.

Bellashuv qizgʻin va ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi. Barcha jamoa ishtirokchilari o'zlarining topqirliklari va zukkoliklarini namoyon etishdi. O'yin natijasiga ko'ra o'quvchilar ligasining 1-turi mutloq gʻolibi "Iqtidor" jamoasi deb topildi.

❇️Bunday o'yinlar o'quvchilarning intellektual salohiyatini oshirishga yordam beradi.

🔰Bizning ijtimoiy tarmoqlar 👇

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sirdaryo_MTRK
#Adabiy_gurung
#Adabiy_muhit

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏝Ijod maktabida "ADABIY GURUNG" ko'rsatuvi ijodkorlari tomonidan navbatdagi soni tasvirga olindi. Bu gal dasturda "She'riyat gulshani" to'garagi rahbari Mohidil Ziyayeva, "Yosh ijodkorlar" to'garagi rahbari Husniddin Hayit hamda ijodiy to'garakning a'zolari Dilnoza Jabborova, Zulhayo Mingboyeva, Aziza Rahmatullayeva, Charos Islomova, Marjona Ilhomjonova ishtirok etib, fikr-mulohazalarini va she'riy mashqlaridan ulashdi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!  

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram  I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
@Asar_tahlili

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabining 7-"A"sinf oʻquvchilari amerikalik yozuvchi Ernest Xemingueyning "Chol va dengiz"romani haqida suhbatlashishdi. Bu asar 1952-yilda Bagama orolining Bimini shahrida yozilgan. Ushbu roman asosida suratga olingan filmni juda katta qiziqish bilan tomosha qilishdi.

Kubalik baliqchi keksa Santyago va uning hayotida eng katta oʻlja boʻlgan ulkan marlin turidagi baliq oʻrtasidagi kurash oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Tarbiyachi-pedagog:
Abduraxmanova Irodaxon

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram Facebook 🌐Veb-sayt 🌐Instagram 📹YouTube
#bola_odobi_bilan_chiroyli

🏛Ixtisoslashtirilgan taʼlim
muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

"Bola odobi bilan aziz"

Darhaqiqat, bola odobi uning husni hisoblanadi. Bugun tarbiyachi-pedagog N.Esonova 7-"B" sinf o'quvchilari bilan "Odob-axloq, madaniyat-inson ziynati" mavzusida suhbat o‘tkazdi.

Suhbat asnosida odobli bola hamisha ota-onaning, ustozlarning mehriga sazovor bo'lishi, odob va tarbiyaning mevasi oiladan boshlanishi haqida aytib o'tildi.

⚡️ Suhbatda odob-axloq, insoniy fazilatlar haqidagi she'rlar, xalq maqollaridan misollar keltirildi.

⚡️Bu suhbatdan o‘quvchilar o'zlariga insonning asl go'zalligi uning odobida ekanligini anglab olishdi.
Tarbiyachi-pedagog:
Esanova Nigora

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram Facebook 🌐Veb-sayt 🌐Instagram 📹YouTube