Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
660 subscribers
10.5K photos
1.67K videos
134 files
2.73K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Vatan_uchun_jon_fido_qilganlar
#Millatimiz_qahramonlari

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏫 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📔Oʻquvchilarni millatimiz ravnaqi, erki uchun kurashgan va bu yoʻlda jonini fido qilgan ajdodlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Millatimiz qahramonlari" nomli mashgʻulot tashkil etildi.

📖Mashgʻulotda jadidchilik harakati, jadidlarning asosiy g‘oyalari, maqsadlari:Turkistonni o‘rta asrlar qoloqligidan olib chiqish, xalqni ma’rifatli qilish, Turkistonda muxtoriyat hokimiyatini o‘rnatish, Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy parlament, demokratik respublika tuzumini o‘rnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish boʻlganligi taʼkidlandi, A. Qodiriy ,Choʻlpon, Fitrat kabi namoyondalar asarlari tahlil qilindi.

📗Oʻquvchilar millatparvar bobolari yodi doimo qalblarda yashashi, ularning qahramonliklaridan faxrlanishini taʼkidladilar.

➡️ Bizni kuzatishda davom eting

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Telegram|Facebook|Veb-sayt| Instagram|Youtube
#Teatr_ibratxona

⚜️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Ijod maktabining 9-10-sinf o‘quvchilari Sirdaryo viloyati Musiqali drama teatrining yangi 50-mavsumi ochilishiga bag‘ishlangan tadbirni tomosha qilishdi.

🎭Dastavval, Sirdaryo teatri tarixiga oid videorolik namoyish etildi.Bunda teatrning 50 yillik tarixi, ustoz aktyorlarning teatr rivojiga qo‘shgan hissasi  bilan tanishdilar.
Tomosha davomida "Arshin Mal alan", "Insonlikka nomzod", "Nodirabegim", "Inson o‘zing..." spektakllaridan va "Maysaraning ishi" musiqali komediyasidan parcha namoyish etildi.
O‘quvchilar "Yarim asr" nomli (teatrlashtirilgan musiqali kompozitsiya)dan katta taassurot bilan qaytishdi.

Tarbiyachi-pedagog:
Tuychiyeva Dildora , Abdullayeva Umida
Xolmatova Maxsuda
, Musurmonqulova Feruza,

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#psixologiya
#trening
#Halima_Xudoyberdiyeva_nomidagi_ijod_maktabi

8-sinf o’quvchilari bilan ochiq havoda trening mashg’uloti🌈

☀️Trening “Ruhiyatni sog’lomlashtirish” mavzuda o’tkazildi. O’quvchilarning energiyalari hamda o’qishga motivatsiyasini oshirish maqsadida turli xil o’yinlardan foydalanildi.

🌟Treningda noodatiy tanishuv mashqlari hamda harakatga undaydigan “Botqoqlik” o’yini, “Yashirin liderni top” o’yinlari o’tkazildi. Trening so’nggida esa barcha ishtirokchilar “Shirin tilak” aytish orqali bir-birlariga ijobiy emotsiya ulashishdi. Ishtirokchilarning kayfiyatlari a’lo darajada ko’tarildi.

⚡️Trening ijod maktabi psixologi Sevinch Ergasheva tomonidan olib borildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTu
#xalqaro_tinchlik_kuni
#tinchlik_eng_katta_boylik

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️Bugun 21-sentabr Xalqaro tinchlik kuni munosabati bilan "Tinchlik-eng katta boylik" mavzusida suhbat bo‘lib o'tdi.

9-"A" sinf o'quvchilari tarbiyachi-pedagog F.Musurmonqulova bilan birgalikda tinchlikning eng buyuk ne'mat ekanligi haqida suhbat qurishdi.

❇️Hayotimiz go‘zalligini biz tinchlik bilangina his eta olamiz. Shuning uchun ham tinchlikning qadriga yetish lozim. Shu ma'noda o‘quvchilar tinchlik haqidagi xalq maqollaridan, buyuk olimlarning hikmatli so'zlaridan keltirishdi, she'rlar o‘qishdi.

Bugungi suhbatdan o‘quvchilar Vatanimiz tinchligini ko‘z qorachig'idek asrab-avaylashlari lozimligini chin dildan his etishdi, xulosalar chiqarishdi .Tinchlik timsoli bo‘lgan kabutarni yasab, unga orzu-istaklarini yozishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇
Telegram I Instagram I Veb-sayt
YouTube I Facebook