Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
665 subscribers
10.8K photos
1.69K videos
136 files
2.82K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#xonatlas_festivali

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Atlas o‘zbek millatining eng go‘zal qadriyatlarini, urf-odatlarini o‘zida mujassam etuvchi milliy mato hisoblanadi.

Bugun 9-sinf o'quvchilari tarbiyachi-pedagog F.Musurmonqulova bilan birgalikda milliy matomiz tarixiga nazar solgan holda turli xalq o‘yinlari o‘ynadi, laparlar kuyladi.

"Oq terakmi, ko‘k terak", "Xappaktosh" kabi o'yinlar bilan qadimiy tariximizni yodga olishdi .

Madaniy hordiq uchun she'rlar o‘qib, musiqa jo‘rligida turli xil " Yor-yor", "Chamandagul" kabi xalq laparlarini birgalikda kuylashdi.

"Xonatlas" festivali doirasida o‘tkazilgan bu kabi ko'ngilochar, qiziqarli mashg‘ulotlar o‘quvchi qalbida bir umrga saqlanishi bilan birga o‘zligimizni anglatish uchun bir tarbiyaviy vositadir.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇
Telegram I Instagram I Veb-sayt I Facebook I YouTube
#pionerboll_musobaqasi

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️ Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan ijod  maktabining 7-sinf oʻquvchilari oʻrtasida  sportning pionerboll turi boʻyicha musobaqa  tashkil etildi.

🥎"Epchillar" va"Chaqqonlar"
oʻrtasida oʻtkazilgan bu musobaqa zavq va shavqqa boy boʻlib, qizgʻin va koʻtarinki ruhda davom etdi.

💥 Bunday musobaqalar oʻquvchilarning jismonan baquvvat boʻlishi bilan birgalikda vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga yordam beradi.

Tarbiyachi-pedagog:
Abduraxmanova Irodaxon
Jismoniy tarbiya oʻqituvchisi bilan hamkorlikda.


📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram I Facebook |Veb-sayt | Instagram | YouTube |
#Prezident_qarori_amalda

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi  "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 147-sonli qarorida 2024-2025-o'quv yilidan boshlab har yili ijodkorlarga bag'ishlangan ko'rik-tanlov va fan olimpiadalarini o'tkazish belgilangan edi.
☀️Mazkur qarorning ijrosini ta'minlash maqsadida ijod maktabining 9-10-11-sinf o'quvchilariga O'zbekiston jahon tillari universitetining bir qator professor-o'qituvchilari tomonidan fan olimpiadasi tashkil etildi.
💫 Fan olimpiadasida ijod maktabining yuqori sinf o'quvchilari faol qatnashdilar.

💫 G'olib o'quvchilar universitetning sovg'a va sertifikatlari bilan taqdirlandilar.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt| 🌐Instagram I 📹YouTube
#sport_musobaqasi_

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

💫 Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan ijod maktabining 7- sinf o‘quvchilari o‘rtasida milliy oʻyinlarimizdan hisoblangan arqon tortish boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.
💫 O‘quvchilar ikki guruhga: "Quvnoqlar"va "Chaqqonlar" guruhlariga boʻlinishdi.
Oʻyin davomida har ikki guruh ishtirokchilari oʻz epchilliklari va chaqqonliklari bilan gʻalaba sari harakat qilishdi.
💫Bunday musobaqalarning oʻtkazilishi oʻquvchilar sogʻligi va kayfiyatiga aʼlo darajada taʼsir etadi.


Tarbiyachi-pedagog:
Esanova Nigora.

📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram I Facebook |Veb-sayt | Instagram | YouTube |