Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
661 subscribers
10.7K photos
1.68K videos
135 files
2.79K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Jahon_salomatlik_kuni

#Soģlik_umr_garovi

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔰Bugun "7-aprel‐-- jahon salomatlik kuni" munosabati bilan 7-"A"-sinf òquvchilari hamshira G.Xamidova bilan birgalikda davra suhbati òtkazishdi.


"Soģlik-umr garovi" mavzusidagi bu davra suhbatida òquvchilar òzlarining kòrgazmalari, ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Inson uchun bu dunyoda eng muhim ne'mat soģlik ekanligi, bu borada bizning bobomiz Abu Ali ibn Sinoning dunyo tibbiyotiga qo'shgan hissasi, jahonda hozirgi kundagi ekologik muammolarning inson soģligiga ta'siri haqida ham suhbatlashildi.

Òquvchilar davra suhbati davomida har bir inson, albatta, sog'lom, barkamol, baquvvat, kuchli bòlishi uchun tozalikka e'tibor berishi, tabiiy mahsulotlarni muntazam iste'mol qilishi haqida bilib olishdi.

Bizni kuzatishda davom

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇
Telegram I Facebook| Veb-sayt Instagram I YouTube
#Xon_atlas
#viktorina

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Oz'bek xalqining asrlik o‘tmishi, madaniyati, urf odat va ananalari, didi, estetik qarashlari libos borasida o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etish maqsadida ijod maktabining 9-sinf o‘quvchilari bilan kiyinish madaniyati va bugungi kundagi liboslar tarixini o‘rganish yuzasidan"Xon atlas- milliy libos" shiori ostida viktorina tashkil etildi.

Bunda o'quvchi qizlar tomonidan kiyinish madaniyatiga oid bo‘lgan savollarga javob berildi.

O‘quvchilar
o‘zbek milliy liboslaridan biri bo‘lgan atlas va adras haqidagi ma'lumotlarni o‘rganishdi va bilganlarini tengdoshlari bilan bo‘lishishdi.

❇️Milliy qadryatlarimizni o‘rganish, ularni boshqalarga ham o‘rgatish va keng targ‘ib etish bizning asosiy maqsadimizdir!


Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt| 🌐Instagram I 📹YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xon_atlas
#Chellenj

🏤 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Ijod maktabi 10- sinf oʻquvchilarining "Xon atlas" loyihasi uchun tayyorlagan videoroligi.

🎤 Jabborova Dilnoza

📹 Ummatova Gulzoda

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

TelegramI FacebookI 🌐Veb-sayt|
🌐InstagramI 📹YouTube
#Xon_atlas
#targʻiboti

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Oʻzbek atlaslari rang-barang nafis gullarga boy, bu gullar bir-biri bilan uygʻunlashib, matoda yaxlit goʻzal bir naqshni hosil qiladi. Atlasning tabiiy ipakdan toʻqilgan eng aʼlo navi sakkiz tepkili xonatlas deb ataladi. Xonatlasning barcha siri uning tuzilishi va toʻqilish usulidadir.

11-"B" sinf qizlari oʻzbek xalqining milliyligi boʻlmish xonatlas haqida maktab radiosi orqali maʼlumot berishdi.

Maktab muzeyida Halima Xudoyberdiyevaning milliylik ruhi ufurib turgan liboslari haqida gapirildi. Milliy liboslar nafaqat insonga koʻrk, chiroy bagʻishlaydi balki, insonning oʻtmishi, buguni va kelajagi borasida ham soʻzlaydi.

Milliylikni targʻib qilgan holda qizlar 7,8-sinflarga milliy xonatlas matosi haqida, uning oʻzbek xalqi tarixida tutgan oʻrni yuzasidan soʻzlab berishdi.




Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt| 🌐Instagram I 📹YouTube
#Amir_Temur_tavalludining_688_yilligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📌Ijod maktabida 11-sinf o'quvchilari ishtirokida Buyuk ajdodimiz Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag‘ishlangan “Amir Temur va jahon madaniyati” mavzusida ma'naviyat-ma'rifat soati tashkil etildi.

💫
Ma'naviyat soatida sinf rahbar Shoxista Mamadaliyeva  Amir Temurning hayoti va sarkardalik mahorati haqida,  Sohibqiron barpo etgan Bibixonim jom'e masjidi,  Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Behisht singari o‘nlab bog'lari  to'g'risida ma'lumotlar berib o'tdi.
📘Ahmadqulova Mahliyo, Turg'unboyeva Gulsanam Amir Temurning “Temur tuzuklari” asaridan olingan hikmatli so’zlarni yoddan o'qidilar.
Bobojonov Ne'matullo, Tojiboyeva Zuhra Amir Temur rasmini chizib, buyuk sarkardaga bo'lgan hurmatini izhor etdilar.
🔰Bizni kuzatishda davom eting
🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram
 
https://t.iss.one/hxudoyberdiyeva I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I