Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
662 subscribers
10.7K photos
1.68K videos
135 files
2.79K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi.

🌈 Ijod maktabining 8-sinf o'quvchilari bilan "Tarnov" trening mashg'uloti o'tkazildi.

💫Trening mashg'ulotidan maqsad o'quvchilarning jamoada birgalikda ishlay olishlari va pazitiv kayfiyat ulashishdan iborat.

💥Mashg'ulotda o'quvchilarning diqqatli bo'lishlari va bir-birlarini qo'llab-quvvatlashlari, aniq maqsad bilan birga ishlashlari talab etladi.

➡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb_sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
🏬Ixtisoslashtirilgan ta'lim muossasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi.


🌈Ijod maktabining 7-sinf o'quvchilari bilan "Art terapiya" trening mashg'uloti o'tkazildi.

🎊Trening mashg'ulotida noan'anaviy tarzida yondashib o'quvchilar ko'rsatilgan manzilga moychechak gullaridan sakab o'tib borishadi, so'ngra kichik moychachak gullarini maqsad daraxtiga yopishtirib olishlari talab etiladi.

🚀Trening mashg'ulotidan maqsad o'quvchilarga ko'tarinki kayfiyat ulashish va maqsadni to'g'ri qo'yib olishlari uchun tavsiya berib borishdan iborat.

➡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Ozbekiston_manzaralari
#Amir_Temur_tavalludining_688_yilligi

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


Yoshlar o'rtasida xalqimizning tarixiy shaxslariga muhabbat va bobolarimiz qudratiga havas va kelajagimiz buyukligiga ishonchni mustahkamlash maqsadida O'rta asrlarning qo'mondoni, Temuriylar imperiyasi asoschisi musulmonlarning to'la yetakchisi-Amir Temur shaxsini o'rganish maqsadida 8-sinf o'quvchilari o'rtasida mashg'ulot bo'lib o'tdi.

Dastavval, tarbiyachi "Agar bizning buyukligimizga shubha qilsangiz, biz qurgan binolarga qarang"-degan buyuk sarkarda so'zlari bilan mashg'ulotni boshladi. O'quvchilar O'zbekistonning Samarqand, Toshkent va Shahrisabzda joylashgan Amir Temur maqbarasi va muzeylari bilan onlayn tanishdi.

📚 Bunday mashg'ulotlar o'quvchilarda ajdodlar merosiga muhabbat va ularning avlodlari bo'lganliklaridan faxrlanish tuyg'usini mustahkamlaydi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
|TELEGRAM| |INSTAGRAM| |FACEBOOK| |YOU TUBE|
#ekopatrul
#yashil_makon

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🍀Maʼlumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda 2022-yil 1-martdan “Yashil makon” loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu loyiha yashayotgan manzilimiz, mahallamiz, shahrimizni koʻrkamlashtirish yoʻlidagi muhim qadam hisoblanadi.
🌿Shu maʼnoda ijod maktabi 10-"A" sinfining koʻngilli oʻquvchilaridan iborat "Ekopatrul" guruhi tomonidan taʼlim muassasasi hovlisida obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Tashkil etilgan hasharda oʻquvchilar maktab bogʻboni bilan hamkorlikda hovlidagi daraxtlarga shakl berdilar, uzoq yillik manzarali oʻsimlik va gullar tagini yumshatdilar, keltirilgan mavsumiy gullarni ekdilar.
🍀Bu kabi yumushlar oʻquvchilarda xalqimizga xos saronjom-sarishtalik, tabiatni sevish va asrash kabi fazilatlarni yanada mustahkamlaydi.

Bizni kuzatishda davom eting

Biz ijtimoiy tamoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt| 🌐Instagram I 📹YouTube
#Mahorat_darsi

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Joriy yilning 4-aprel kuni Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchilariga adabiyotshunos olim, publitsist, filologiya fanlari nomzodi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Zuhriddin Isomiddinov ishtirokida "Badiiy asar g‘oyasi" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Onlayn tarzda tashkil etilgan darsda badiiy asar g‘oyasi, shuningdek, she'riyat haqida fikr almashilindi.
A.Qodiriyning "O‘tkan kunlar", "Mehrobdan chayon" asarlari g‘oyasi haqida ma'lumot berildi.
🔼XX asr o‘zbek adabiyotining eng yirik namoyondalaridan bo‘lgan Said Ahmadning "Ufq" asari hamda O‘tkir Hoshimov va Abdulla Qahhor asarlari haqida tushunchalar berildi.
Dars davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🟢Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb_sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube