Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
666 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Olam_nurga_tòlsin_sen_bilan_Navròz
#Milliy_õyinlar

🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🌸 Ijod maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida “Men sizni o‘xshatdim”, “Gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz” kabi askiya aytishuvlari va “Kim oladi yo, shuginani yo ” milliy xalq o‘yinlari ijro etildi.

🍀 O‘zbek xalqining qadimdan ota-bobolarimiz o‘ynab kelgan “Men sizni o‘xshatdim”, “Gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz” kabi askiya aytishuvlarida, “Kim oladi yo, shuginani yo” kabi milliy o‘yinlarida o‘quvchilar faol ishtirok etishdi. Bu bellashuvlar barcha o‘quvchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram| Facebook | Instagram| YouTubeWeb-sayt
#Mutolaa_zavqi
#Oʻqish_madanyati_va_mahoratini_shakllantirish

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari

🏫 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚 Joriy yilning 14-mart sanasida kutubxonada 7-sinf kutubxona foydalanuvchilari oʻrtasida axborot madaniyati va mahoratini shakllantirish maqsadida "Men sevgan kitob" mavzusida mashg'ulot oʻtkazildi.

🌈 Bu galgi kitobxonlarimiz oʻzlarining sevib oʻqigan asarlarini taʼriflab, tavsiyalar berdilar. Kitob va uni ulugʻlash haqidagi hikmatli soʻzlar va kitob oʻqib orttirgan bilimlari bilan oʻquvchilarning kitobga boʻlgan mehr - muhabbat tuygʻularini shakllantirishga yordam beradilar.

⚡️⚡️⚡️ Mashg'ulot davomida maktab kutubxonachisi oʻquvchilarga kutubxonadagi kitoblar haqida ham maʼlumot berib oʻtdi.

Ijod maktabi kutubxonachisi D.Raxmonova.

➡️ Bizni kuzatishda davom eting

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Olam_nurga_toʻlsin_sen_bilan_Navroʻz
#Milliy_taomlar

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🌈 Navroʻz — ezgu anʼanalar, qadriyatlar bayrami. U milliy o‘zligimizning ajralmas qismidir.Ushbu kun azal-azaldan insonlar qalbiga shodu hurramlik olib kelishi bilan birga, yaratuvchanlik zavqi va shijoatini uyg‘otib, barchani yangi-yangi zafarlarga chorlab kelgan.

🌈 Shu munosabat bilan10-sinf qizlari tushdan soʻng milliy taomlarimizdan koʻk chuchvara va manti tayyorladilar.Ular bu taomlarni tayyorlash davomida oʻzining chaqqonligi, pazandaligi va pokizaligini ham namoyish etdilar.

☘️Pazanda qizlar bahoriy taomlarni hozirlash jarayonida ularning shifobaxsh xususiyatlari haqida ham oʻzaro fikr almashdilar.

👇Bizni kuzatishda davom eting!   

Telegram IFacebook IVeb-sayt I Instagram I YouTube
#Har_kunimiz_navrôz_bôlsin


🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🌅9-,,A" sinf o'quvchilariga sinf rahbari Mohidil Ziyayeva tomonidan Navro'z ayyomi munosabati bilan "Milliy urf-odatlarimiz va zamonaviy an'analarimiz" mavzusida ma'naviyat va ma'rifat soati tashkil etildi.
⚡️O'quvchilarga milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an'analarimizga hurmat, mehr-oqibat, insoniylik, milliylik va zamonaviylikning uyg'unligi haqidagi fikrlarini aytib o'tdi.
💫O'quvchilar "Salay-salay", "Happaktosh", "Laylak keldi" kabi milliy o'yinlarimizni o'ynab, laparlar va Navro'zi olam haqidagi qo'shiqqa raqs tushishdi, kashta, palak, jelak haqida fikrlashib, ko'ngillarga bahoriy tarovat ulashishdi
Navro'z haqidagi she'rlar mahorat bilan ijro etildi.
🌺Ushbu ma'naviyat va ma'rifat soati o'quvchilarning Navro'zi olam va uning tarixi haqidagi bilimini mustahkamlashga xizmat qildi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt | 🌐Instagram I 📹YouTube