Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
661 subscribers
10.4K photos
1.66K videos
134 files
2.72K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Olam_nurga_tòlsin_sen_bilan_Navròz
#Milliy_liboslar

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🌸Shu kunlarda ona zamin uzra koʻklam nafasi taralib,Navroʻz ayyomi shukuhi kezib yuribdi.

🌸 Shu munosabat bilan Ijod maktabi o'quvchilari ham "Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz" shiori ostida milliy qadriyatlarimizni tarannum etgan holda milliy liboslar koʻrgazmalarini oʻtkazishdi.

🌸Tashkil etilgan bu kabi mashgʻulotlar xalq ijodiy merosi hamda qadriyatlarimizni oʻrganishga undaydi, milliy anʼanalarimizga boʻlgan hurmat va muhabbatlarini yanada mustahkamlaydi.


🟢Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Oʻzbekiston_Qahramonlari
#Suyuma_Gʻaniyeva

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏤Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Maʼlumki,oʻquvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli taʼminlash, ularga egallagan ilmi bilan yurt rivojiga qoʻshgan samarali mehnati tufayli eʼzoz topgan insonlar faoliyatini namuna qilib koʻrsatish maqsadida "Oʻzbekiston Qahramonlari" rukni tashkil etilgan.
⚡️Navbatdagi mashgʻulot taniqli sharqshunos, O‘zbekiston Qahramoni, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori,navoiyshunos olima, professor Suyuma Gʻaniyeva faoliyatiga bagʻishlandi.
⚡️Jarayonda olima matnshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimachilik sohasiga oid 20 ta kitob va risolalar, 900dan ortiq maqola va taqrizlar, «Majolis un-nafois»ning ilmiy-tanqidiy matni, «Navoiy dastxati» hamda boshqa bir qancha ilmiy asar va kitoblar muallifi ekanligi, 20 jildlik Navoiy mukammal asarlar to‘plami uning tahriri ostida nashr etilgani eʼtirof etildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram|Facebook|Vebsayt|Instagram|YouTube
#Olam_nurga_tòlsin_sen_bilan_Navròz
#Bahor_mushoirasi

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bahor — yangilanish, yashirish fasli. Shu bilan birga bahor har bir ijodkorning ilhom manbaidir. Mana shu munosabat bilan 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Sog'inganim — bahorim" mavzusida mushoira o‘tkazildi.

Mushoirada qizlar xalqimizning sevimli shoirlari A.Oripov, E.Vohidov, M.Yusuf, Zulfiya hamda H.Xudoyberdiyeva she'rlaridan namunalar o‘qishdi.

Navròz va bahor haqidagi gòzal she'rlar òquvchilar qalbiga iliqlik, soflik, ezgulik, yaxshilik kabi tuyg'ularni olib kirdi.

Mushoira davomida ijodkor qizlar M.Ilhomjonova, R.Yaxshiboyeva va X.Abduxoliqova o'zlarining ijod namunalaridan o‘qib berishdi.

🌟Mushoira juda qizg‘in davom etdi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram IFacebook |
🌐 Veb-sayt I🌐Instagram I🌐 YouTube