Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
661 subscribers
10.7K photos
1.68K videos
135 files
2.79K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#O‘lmas_Umarbekov
#insholar_tanlovi

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabi o‘quvchilari o‘rtasida "O‘lmas Umarbekov asarlari bilimdoni" nomi ostida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

O‘quvchilar o‘rtasida O‘lmas Umarbekovning eng ko‘p mutolaa qilingan asari deb "Odam bo‘lish qiyin" romani tanlandi va o‘quvchilar ushbu asar yuzasidan insho yozishdi.

Insholar tanlovi 8-9-sinflar o‘rtasida o‘tkazild.
Natijalarga ko‘ra
🥇1-o‘rinni 9-"A" sinf o‘quvchisi Andullajonova Ruxshona
🥈2-o‘rinni 8-"B" sinf o‘quvchisi Alimurodova Zilola
🥉3-o‘rinni 8-"A" sinf o‘quvchisi Nurmamatova Satima

🏆G‘oliblar maktab ma'muriyati tomonidan munosib taqdirlandi.

Bizni kuzatishda davom eting 👇

Telegram | Instagram | Vebsayt |FacebookYouTube
#Adabiyot_gulshani
#Bir_asar_tahlili

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚Bugun ijod maktabining 8-sinf o'quvchilari o'zbek adibi O'lmas Umarbekov hayoti va ijodi yuzasidan ijodiy suhbat o'tkazildi.

📜O'lmas Umarbekovning hayoti va ijodi haqida Isomova Farangiz va Asqaraliyeva Lola o'quvchilarga umumiy ma'lumotlar berishdi.

📜Suhbat davomida o'quvchilar adibning mashhur asarlaridan bo'lmish "Qiyomat qarz","Qizimga maktub","Odam bo'lish qiyin" nomli asarlarini mutolaa qildilar. O'zaro munozara tashkil qilib, munozara davomida bir-birlari bilan asarlar yuzasidan, xulosalari bo'yicha fikr almashishdi.Har bir obraz haqida qiziqarli tasvir vositalaridan foydalanishdi.

📜Suhbat yakunida adibning "Qiyomat qarz" asari asosida sahnalshtirilgan spektaklini tomosha qildilar.

🗞 Suhbat qizg'in bahs va munozaralarga boy bo'ldi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

Telegram|Facebook| Instagram
#Vatanparvar_shoir
#Sidqiy_Xondayliqiy_140_yilligi

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏤Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Vatan nadir? Tuqqan yerim,
turgʻon yerim.
Oʻsib-unib, oʻynab-kulib yurgʻon yerim..
Jonim-Vatan, tanim-Vatan,
koʻzim-Vatan,
Esdan chiqar oni koʻrgʻoch,
koʻrgon yerim.


O 'quvchilarning darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli taʼminlash, ajdodlarimiz olib borgan maʼrifatparvarlik faoliyatlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 10-sinf oʻquvchilari bilan "Vatanparvar shoir" mavzusida Sidqiy Xondayliqiy ijodi oʻrganildi.
📚Mashg'ulotda uning maʼrifatparvarlik yoʻlida ilib borgan ishlari, xattot, tarjimonlik bilan shugʻullangani, arab, fors tillarini yaxshi bilgani aytib oʻtildi. Birinchi toʻplami "Tuhfai Shavkat" haqida maʼlumotlar berildi.
📚Oʻquvchilar ijodkorning sheʼrlaridan namunalar oʻqishdi.
Mashgʻulot kam oʻrganilgan shoir toʻgʻrisida qimmatli maʼlumotlar berdi.

✳️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram| Facebook|Veb-sayt| Instagram|You Tube |
#Mushoira
#Muhammad_Yusufning_70_yilligi

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

   O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning 70 yilligi munosabati bilan ijod maktabining 11"A"-sinf o‘quvchilari o‘rtasida shoirning qalamiga mansub she'rlari tahlil qilinib,  mushoira o‘tkazildi.
    O‘quvchilardan Davronbekova Shahlo, Eshqulova Gulsanam, Hamraqulova Shahzoda, Turgʻunboyeva Gulsanam shoirning she'rlarini ifodali o‘qib o‘zaro bellashishdi. Qizg‘in bellashuv natijasiga ko‘ra, Hamraqulova Shahzoda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
    Bundan tashqari Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ushbu tadbirda barcha o‘quvchilar shoir hayoti va ijodi haqida bilimlarini mustahkamlashdi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   
Telegram| Instagram| Facebook|
Veb-sayt| YOU TUBE