Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
659 subscribers
10.7K photos
1.68K videos
135 files
2.78K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Muhammad_Yusuf_izdoshlari
#ijodiy_tanlov

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔰Bugun 7-sinf oʻquvchilari tomonidan "Oʻzbekning bulbulzabon shoiri" mavzusida tadbir tashkillashtirildi.
Barcha oʻquvchilar shoir hayoti, oilasi va ijodi haqida bilgan maʼlumotlari bilan oʻrtoqlashishdi. Qosimbekova Oydin "Eng koʻp maʼlumot beruvchi deb topildi.
Ular nafaqat maʼlumotlar, balki sheʼrlarni ham ifodali oʻqishdi. Shoirning "Vatanim", "Iqror", "Ona tilim", "Nechun", "Lolaqizgʻaldoq" sheʼrlari mahorat bilan ijro etildi. Tanlovning yakuniy natijalariga koʻra:
🥇-oʻrin: Orziqulova Maftuna;
🥈-oʻrin: Yaxshiboyeva Roʻzigul;
🥉-oʻrin: Ahmadova Zamira


🔰 Tanlov oʻquvchilarda sheʼr oʻqish, shirali nutq egasi boʻlish, salohiyatni oshirish kabi qobiliyatlarni rivojlantirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#mushoira

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔰 O‘zbek adabiyotida Chustiy taxallusi ostida ijod qilgan Nabixon Nurullohxo‘ja oʻgʻli tavalludining 120 yilligi munosabati bilan ijod maktabining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida g‘azalxonlik kechasi bo‘lib o‘tdi.

❇️ O‘quvchilar Chustiy asarlari asosida “Lolazor” va “Hayotnoma” nomlari bilan ikki guruhga bo‘linishdi hamda shoir g‘azallari asosida mushoira tashkil etildi.

Mushoirada ikkala jamoa ham faol ishtirok etishdi. So‘nggi natijaga ko‘ra kichik farq bilan “Lolazor” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Faol ishtirok etgan o‘quvchilar taqdirlandi.

♻️ Mushoira barcha o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I🌐 Veb-sayt | 🌐Instagram I 📹YouTube
#O‘lmas_Umarbekov
#insholar_tanlovi

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabi o‘quvchilari o‘rtasida "O‘lmas Umarbekov asarlari bilimdoni" nomi ostida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

O‘quvchilar o‘rtasida O‘lmas Umarbekovning eng ko‘p mutolaa qilingan asari deb "Odam bo‘lish qiyin" romani tanlandi va o‘quvchilar ushbu asar yuzasidan insho yozishdi.

Insholar tanlovi 8-9-sinflar o‘rtasida o‘tkazild.
Natijalarga ko‘ra
🥇1-o‘rinni 9-"A" sinf o‘quvchisi Andullajonova Ruxshona
🥈2-o‘rinni 8-"B" sinf o‘quvchisi Alimurodova Zilola
🥉3-o‘rinni 8-"A" sinf o‘quvchisi Nurmamatova Satima

🏆G‘oliblar maktab ma'muriyati tomonidan munosib taqdirlandi.

Bizni kuzatishda davom eting 👇

Telegram | Instagram | Vebsayt |FacebookYouTube