Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
756 subscribers
12.3K photos
1.75K videos
169 files
3.17K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Besh_tashabbus
#Teatr

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

TEATR – TARBIYA VA MAʼNAVIYAT MASKANI

🟢 Tarbiya va maʼnaviyat o‘chog‘i bo‘lgan – teatr har bir insonga hayotiy saboqlar beruvchi jonli vositadir. Teatrdan madaniy hordiq chiqarish uchungina emas, undagi namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilib, inson jamiyatdagi voqeliklarni, kechinmalarni teran anglashi mumkin.

Ijod maktabimiz o'quvchilari Alisher Navoiyning tavallud kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyati musiqali drama teatriga tashrif buyurdilar.

☑️ O'quvchilar uchun havola etilgan sahna ko‘rinishi badiiy va musiqaviy chiqishlarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, barchada katta taassurot qoldirdi.

🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Besh_tashabbus
#IT_sohasi_bugun_va_kelajak

🏫 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

O'quvchi yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va IT sohasiga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida ijod maktabining 10-"B" sinf o'quvchilari "Robototexnika dasturi bilan ishlash" bo'yicha amaliy topshiriqlar bajarishdi.

Mashg'ulot davomida robototexnikadagi asbob-uskunalar yordamida tayyorlanishi mumkin bo'lgan kichik robot sxemasini kompyuterda onlayn ishlashdi.
⚡️Bu kabi mashgʻulotlar
oʻquvchilarni atrofdagi dunyo tehnika olami haqidagi bilimlarini kengaytirish,muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish, oʻzaro munosabat koʻnikmalarini va qaror qabul qilishda mustaqillikni rivojlantirish bilan birga ularning ijodiy salohiyatini ham ochib beradi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:


Telegram I Facebook
Instagram I YouTube
#Besh_tashabbus
#Robototexnika

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️7-“B” sinf o'quvchilarini bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Nazariy bilimlarini amaliy boshqaruvga yo‘naltirish" mavzusi ostida amaliy mashg’ulot o'tkazildi.

👨🏻‍💻O‘quvchilar yangi buyum yasar ekan, nafaqat uning intellektual bilimlari, balki zamonaviy texnologiyalarning yangi avlodini yara­tishga ishtiyoqi va qo‘l mehnati orqali mo‘jizalar yaratish mumkinligiga ishonchi ortadi.
Ko‘rgazmali va amaliy harakat bilan o‘zining salohiyatini aniqlash o‘quvchi uchun o‘zini ko‘rsatish va isbotlash imkonini beradi.

O‘quvchilar ushbu amaliyotda va jamoa bo‘lib topshiriqlarni bajarayotganida ham mexanikaning asoslarini tushunib yetadi va tahlil qilish qobiliyati rivojlanadi.

Ko'tarinki ruhda o'tgan mashg'ulot yakunida o'quvchilar o'zaro fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashishdi.

🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube