Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
661 subscribers
10.7K photos
1.68K videos
135 files
2.79K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Besh_tashabbus_amalda

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali va mazmunli o‘tkazish maqsadida bugun 9-“B” sinf o‘quvchilari bilan shaxmat va shashka musobaqalari tashkil etildi.

🔹 Ushbu bahslar o‘quvchilarning diqqatini yanada oshirishga va shu bilan bir qatorda ularning zehnini rivojlantirishga yordam berdi.

🏆 Musobaqa natijalariga ko‘ra, Abdunabiyeva Surayyo 1-o‘rinni, Inomjonova Sabrina 2-o‘rinni va Jabborova O‘rozgul 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I🌐 Veb-sayt | 🌐Instagram I 📹YouTube
#Boburnoma_qomusiy_asar

IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🖇O'quvchilarda xalqimizning tarixiy me'rosiga qiziqtirish va o'rgatish maqsadida ulug' o'zbek shoiri, tarixchi va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag'ishlangan "Bobur hayoti va faoliyati- vatanparvarlik namunasi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
👩‍🏫Tarbiyachi-pedagog M.Xolmatova "Boburnomaning jahon adabiyotida tutgan o'rni, o'zbek adabiyotidagi dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar ekanligini ta'kidladi.
📚Asarda 1494-1529 yillarda Markaziy Osiyo, Afg'oniston va Hindistonda sodir bo'lgan tarixiy-siyosiy voqealar yilma-yil o'ta aniqlik bilan tasvirlanganligi va muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bog'liqligini o'quvchilar anglab yetishdi.
📝Suhbat davomida o'quvchilar shoirning mashhur ruboiylaridan namunalar keltirishdi.

📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda📌

Telegram| Instagram|Facebook|You Tube|Web-sayt|
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur
#541_yilligi

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabining 11-"A" sinf o‘quvchilari bilan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bagʻishlab hayoti va ijodi yuzasidan davra suhbati oʻtkazildi.

Suhbat davomida oʻquvchilar Zahiriddin Muhammad Boburning onasi oʻqimishli va oqila ayol boʻlganligi,Boburning hokimiyatni boshqarish ishlarida faol koʻmak berganligi,harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilganligi haqida bilib olishdi va bilganlarini doʻstlari bilan oʻrtoqlashishdi.

O‘quvchilar tomonidan Zahiriddin Muhammad Boburning g‘azallari ifodali qilib yoddan aytib berildi va gʻazallar boʻyicha bahru bayt ham oʻtkazildi.

🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram IYoutube
#Turon_yölbarslari

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 05.02.2024-yildagi 12-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi va Sirdaryo viloyati Milliy Gvardiya boshqarmasi hamda Sirdaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi o'zaro hamkorlikda "Turon yo'lbarslari" harbiy-sport musobaqasining maktab bosqichini o'tkazdilar.

Musobaqa hakamlari hay'ati tarkibida ishtirok etgan Sirdaryo viloyati "Faxriylar kengashi" raisi B.Abdualimov, Sirdaryo viloyati Milliy Gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchisi, serjant A.To'xtaev, Sirdaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi markaz harbiy rahbari, mayor V.Abduhalimovlar musobaqa shartlarining bajarilishini baholab bordilar.

Ushbu musobaqada ishtirokchilar quyidagi 9 ta shart bo'yicha bellashdilar:
- Safda yurish va saf elementlarini bajarish, saf qo'shig'ini ijro etish;
- Ak- 74 avtomatini yoyish va yig'ish;
- "Mohir mergan";
- kamondan o'q otish;
- birinchi tibbiy yordam ko'rsatish;
- 30 metr masofaga arqondan o'tish;
- umumqo'shin himoya vositalarini kiyish;
- turnikda tortinish;
- "Temur tuzuklari" bilimdoni.


✔️Qizg'in va ko'tarinki ruhda bo'lib o'tgan ushbu musobaqada ishtirokchilar o'zlarining qanchalar epchil, tezkor va ziyrak ekanliklarini namoyon etib, barchani xayratda qoldirdilar. Shuningdek, g'olib jamoalar esdalik sovg'alari bilan taqdirlanib, keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.

📸Jasurbek Mannonov

🟢Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM