Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
774 subscribers
12.4K photos
1.76K videos
180 files
3.2K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_
#Kino_vaqti

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

7-sinf o'quvchilarini bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining
541 yilligi munosabati bilan “Bobur” video filmini tomosha qilishdi.

🎬 Zahiriddin Muhammad Boburning ulkan san’atkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga ko‘tara oladi va natijada asarlarida olg‘a surilgan g‘oyalar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko‘tariladi.

📝 Bobur ijodida, xususan, she’riyatida kindik qoni to‘kilgan ona yurtini dildildan qo‘msash, g‘ariblik azoblaridan o‘tli hasrat, visol ilinji, taqdir zarbalari va turmush uqubatlari badiiy tahlil etiladi.

Ko'tarinki ruhda o'tgan mashg'ulot yakunida o'quvchilar o'zaro fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashishdi.

🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram IYoutube
#Dam_olish_daqiqalari
#Kinо_vaqti

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabi o'quvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli taʼminlash, darsda oʻtilgan mavzuni yanada mustahkamlash maqsadida "Moziyga sayohat" turkumidan Qoʻqon adabiy muhitining yorqin namoyondasi Muqimiy ijodi va faoliyatiga bagʻishlangan "Lirik shoir va zabardast hajvchi" hujjatli filmi 10-sinf oʻquvchilariga namoyish etildi.
📺Oʻquvchilar filmdan Muqimiy va uning shaxsiga atalgan hujra muzeyi haqida maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Shoir yashab ijod qilgan va faoliyat yuritgan Sohibzoda hazrat madrasasi,unda oʻqitilgan dunyoviy va tasavvufiy ilmlar, yaratilgan maʼrifatparvarlik muhiti haqida olimlar Abdulatif Turdialiyev, Zulfiya Hamidovalarning olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari, oʻrganishlari tinglandi.
⚡️Tayyorlangan loyiha Muqimiy ijodi va faoliyati yuzasidan qimmatli maʼlumotlar berdi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

TelegramI FacebookI🌐 Veb-sayt|🌐InstagramI📹YouTube
#Besh_tashabbus_amalda

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali va mazmunli o‘tkazish maqsadida bugun 9-“B” sinf o‘quvchilari bilan shaxmat va shashka musobaqalari tashkil etildi.

🔹 Ushbu bahslar o‘quvchilarning diqqatini yanada oshirishga va shu bilan bir qatorda ularning zehnini rivojlantirishga yordam berdi.

🏆 Musobaqa natijalariga ko‘ra, Abdunabiyeva Surayyo 1-o‘rinni, Inomjonova Sabrina 2-o‘rinni va Jabborova O‘rozgul 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I🌐 Veb-sayt | 🌐Instagram I 📹YouTube
#Boburnoma_qomusiy_asar

IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🖇O'quvchilarda xalqimizning tarixiy me'rosiga qiziqtirish va o'rgatish maqsadida ulug' o'zbek shoiri, tarixchi va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag'ishlangan "Bobur hayoti va faoliyati- vatanparvarlik namunasi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
👩‍🏫Tarbiyachi-pedagog M.Xolmatova "Boburnomaning jahon adabiyotida tutgan o'rni, o'zbek adabiyotidagi dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar ekanligini ta'kidladi.
📚Asarda 1494-1529 yillarda Markaziy Osiyo, Afg'oniston va Hindistonda sodir bo'lgan tarixiy-siyosiy voqealar yilma-yil o'ta aniqlik bilan tasvirlanganligi va muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bog'liqligini o'quvchilar anglab yetishdi.
📝Suhbat davomida o'quvchilar shoirning mashhur ruboiylaridan namunalar keltirishdi.

📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda📌

Telegram| Instagram|Facebook|You Tube|Web-sayt|