Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
665 subscribers
11K photos
1.7K videos
142 files
2.86K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur
#shoh_va_shoir

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchilari bilan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan "Sheryurak shoir" shiori ostida mashg‘ulot o‘tkazildi.

❇️Mashg‘ulot davomida Mingboyeva Zulhayo va Yigitaliyeva Sarvinozlar ijodkorning hayot yo‘li tavsirlangan "Boburnoma" asari haqida ma'lumotlar berishdi.

❇️O‘quvchilar tomonidan Zahiriddin Muhammad Boburning g‘azallari ifodali qilib yoddan aytib bedildi.

❇️Boburning tarixiy siymosi yaratilgan video lavhalar tomosha qilindi.

Dunyoning yarmini bosib olgan Amir Temur avlodidan bo‘lgan Zahiriddin Muhammad Bobur nafaqat janglarda, balki she'riyatda ham o‘chmas iz qoldirdi. Uning ijodida 12 yoshidan to umrining oxirigacha yozgan "Boburnoma" asari alohida o‘rin olgan.

🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram IYoutube
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_
#Kino_vaqti

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

7-sinf o'quvchilarini bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining
541 yilligi munosabati bilan “Bobur” video filmini tomosha qilishdi.

🎬 Zahiriddin Muhammad Boburning ulkan san’atkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga ko‘tara oladi va natijada asarlarida olg‘a surilgan g‘oyalar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko‘tariladi.

📝 Bobur ijodida, xususan, she’riyatida kindik qoni to‘kilgan ona yurtini dildildan qo‘msash, g‘ariblik azoblaridan o‘tli hasrat, visol ilinji, taqdir zarbalari va turmush uqubatlari badiiy tahlil etiladi.

Ko'tarinki ruhda o'tgan mashg'ulot yakunida o'quvchilar o'zaro fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashishdi.

🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram IYoutube
#Dam_olish_daqiqalari
#Kinо_vaqti

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabi o'quvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli taʼminlash, darsda oʻtilgan mavzuni yanada mustahkamlash maqsadida "Moziyga sayohat" turkumidan Qoʻqon adabiy muhitining yorqin namoyondasi Muqimiy ijodi va faoliyatiga bagʻishlangan "Lirik shoir va zabardast hajvchi" hujjatli filmi 10-sinf oʻquvchilariga namoyish etildi.
📺Oʻquvchilar filmdan Muqimiy va uning shaxsiga atalgan hujra muzeyi haqida maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Shoir yashab ijod qilgan va faoliyat yuritgan Sohibzoda hazrat madrasasi,unda oʻqitilgan dunyoviy va tasavvufiy ilmlar, yaratilgan maʼrifatparvarlik muhiti haqida olimlar Abdulatif Turdialiyev, Zulfiya Hamidovalarning olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari, oʻrganishlari tinglandi.
⚡️Tayyorlangan loyiha Muqimiy ijodi va faoliyati yuzasidan qimmatli maʼlumotlar berdi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

TelegramI FacebookI🌐 Veb-sayt|🌐InstagramI📹YouTube