Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
664 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Besh_tashabbus_amalda
#Voleybol_musobaqasi

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏐O'quvchilarni jismonan sog'lom va ma'nan yetuk bo'lishlari hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida 10-"B" sinf o'quvchilari o'rtasida voleybol sport turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

🤾‍♀️ Oʻquvchilar 2 guruhga: "Chaqqonlar" va "Epchillar" guruhlariga boʻlinishdi.

🏆Musobaqada o'quvchilar bilim olish bilan birga sport boʻyicha ham yetakchi ekanliklarini ko'rsatishdi.

🥇Qizg'in kechgan bu o'yin "Epchillar" jamoasi foydasiga 5:3 hisobida hal bo'ldi.

⚡️Bunday musobaqalar o'quvchilar sog'ligi va kayfiyatiga a'lo darajada ta'sir etadi.

Yoshlar oʻrtasidagi sogʻlom raqobat musobaqaning koʻtarinki kayfiyatda oʻtishiga sabab boʻldi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

| Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |
#besh_tashabbus_amalda
#hunar_hunardan_rizqing_unar

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

❇️ Qizlarni kelajakka tayyorlash, ularga hunar o'rgatish maqsadida bugun 8-,,A" sinf o'quvchilari bilan tikuvchilik darsi tashkillashtirildi.

❇️ Dars davomida qizlar yubka bichishni o'rgandilar. Ushbu mashg'ulotdan so'ng o'quvchilarning tikuvchilik sirlarini o'rganishga bo'lgan ishtiyoqini yanada oshirdi.

❇️ Mashg'ulot yakunida dars qatnashchilari tikuvchilik to'garagi rahbari Gulnoza opa To'qsonboyevaga ushbu mashg'ulot uchun tashakkur bildirdilar.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

| Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |
#Doston_tahlili

🏢
  Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

✏️
O‘zbek adabiy tili va adabiyotining asoschisi, shoir, olim, ma'rifatparvar, faylasuf, musiqashunos, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning 583 yilligi munosabati bilan

🔰7-"B" sinf o'quvchilari ishtirokida Alisher Navoiyning “Hayrat ul- abror” dostoni tahlil qilindi. ”Hayrat ul-abror” (Yaxshi kishilarning hayratlanishi) Alisher Navoiy qalamiga mansub "Xamsa"ning birinchi dostoni hisoblanadi.

📝Ushbu dostonda muallifning dunyo haqidagi qarashlari oʻz aksini topgan.
O’quvchilar dostondan katta kishilar oldida odob saqlash, ularning gapi, o'giti, pand-nasihatlarini quloqqa olib, amal qilishning mazmun-mohiyatini anglab yetishdi.

📚Ko'tarinki ruhda o'tgan mashg'ulotda ishtirokchilar zaruriy bilimlarga ega bo'lishdi.

🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
Forwarded from Hilola
#Ona_tili_millat_koʻzgusi

🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢🏢🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

💫Ijod maktabining 10-"B" sinf oʻquvchilari oʻrtasida ona tili fanidan joriy yilning 17-martida boʻlib oʻtadigan milliy sertifikat testlari yuzasidan savol-javoblar tashkil etildi.

Dastlab tarbiyachi- pedagog tomonidan oʻquvchilarni ravish soʻz turkumiga oid bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida "Ravishning maʼno jihatdan turlari" mavzusida maʼlumotlar berib oʻtildi.
💫 Oʻquvchilar mashgʻulot davomida Navoiy va Bobur gʻazallaridan tahlil qilishdi va ilmiy matn yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.
Axmadova Muxsina, Toshpoʻlatova Farangiz, Hazratqulova Ruqiya, Olimova Rushanalar tomonidan imloga oid boʻlgan qoidalar haqida ham turli maʼlumotlar berib oʻtil
di.
💫 Oʻtkazilgan bunday mashgʻulot oʻquvchilarni ona tili faniga boʻlgan qiziqishini ortishiga xizmat qiladi.

📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram | Facebook |
Instagram | You tube  |
#Mantiqiy_savol_javob

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

7️⃣-🅱️ sinf o'quvchilarini bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Ona vatanimizning buyuk farzandlari" shiori ostida viktorina o'tkazildi.

👨‍⚖️ "Qaqnus" va "Idrok",  jamoalari o'rtasida qiziqarli bahs bo’lib o’tdi.

🔩 "O'ziga ishonch, muammoni hal qila bilish, jamoada ishlash va tanqidiy fikrlash kabi ko'nikmalar tez o'zgarib borayotgan mehnat dunyosida o'quvchilarni muvaffaqiyatga erishishning asosiy omili hisoblanadi.

📊 Umumiy natijalarga ko’ra jami
20ta savollardan
"Idrok" jamoasi - 20ta
"Qaqnus" jamoasi - 19ta
savollarga toʻgʻri javob berishdi.

🏆 "Idrok"  jamoasi eng yuqori ball to’plab go’liblikni qo’lga kiritishdi.


➡️ Ko'tarinki ruhda o'tgan mantiqiy savol-javoblar yakunida o'quvchilar o'zaro fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashishdi.


🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram IYoutube