Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
662 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Milliy_udumlar

🏢
  Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Kundalik hayotimizda shunday narsalar borki, ularni bajarmasdan hayot kechirishning o'zi mumkin emas. Ana shunday insoniy tuyg'ular-la bog'liq, hamisha, har qanday vaziyatda yaxshilikka undovchi udumlarimizdan biri kattaga hurmat, kichikka izzatdir.

🔰
7-"B" sinf o'quvchilari bilan bilan "Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat" mavzusida amaliy mashg'ulot tashkil etildi. Ahmad Yassaviy, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg'ariy, Alisher Navoiy singari ajdodlarimiz, bobolarimiz ijodiy merosining katta qismi mana shu chuqur insoniy mavzuga qaratilgan. Katta kishilar oldida odob saqlash, ularning gapi, o'giti, pand-nasihatlarini quloqqa olib, amal qilishning ma'nosi sirtdan qaragandagiga nisbatan juda keng va terandir.

📚Ko'tarinki ruhda o'tgan mashg'ulotda ishtirokchilar zaruriy bilimlarga ega bo'lishdi.

🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇

I Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I Youtube
#zakovat

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Ijod maktabimizda o'quvchilarning bo'sh vaqtini samarali tashkil etish hamda ularning bilimlarini oshirish maqsadida Zakovat intellektual o'yini tashkil etildi.

⚡️Bellashuvda "Iqtidor", "Idrok", "Semurgʻ", "Aksioma", "Dinamit" hamda  "Qaqnus" jamoalari o'zaro kuch sinashdilar.

📝Bellashuv qizg'in va ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi. Barcha jamoa vakillari o'zlarining topqirliklari va zukkoliklarini namoyon etdilar.
Yakuniy natija esa quyidagicha qayd etildi:

"Aksioma" jamoasi 24 balldan 18 ballni qoʻlga kiritib mutlaq gʻolib deb topildi.


🟢Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Besh_muhim_tashabbus

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚O'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida ,,Besh  muhim tashabbus- kamolot sari yo'l"  mavzusida 8-,,B" sinf o'quvchilari bilan sportning voleyboll turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi.Sinf o'quvchilari  ,,Kamolot" va ,,Yuksalish" guruhlariga bo'linishdi.

🎾Musobaqada o'quvchilar jismonan sog'lom va epchilliklarini namoyish etishdi. O'yin davomida ikkala jamoa ham voleybol qoidalariga rioya qilishdi. Musobaqa qizgʻin bahs-tortishuvlarga boy boʻldi.

❇️O'yin yakuni  10:6 hisobida ,,Kamolot" guruhi g'alabasi bilan yakunlandi.

👩‍💻Tarbiyachi-pedagog: Xolmatova Maxsuda

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇
| Telegram | Facebook | Instagram | You tube |
#psixologik_mashgʻulot
#impuls

🏬 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muossasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi.

7-sinf o'quvchilari bilan "Impuls" trening mashg'ulot tashkil etildi.

Trening mashguloti o'quvchilar bilan sezgi a'zolarining qanchalik rivojlangan ekanligini aniqlash, mashg'ulot davomida o'quvchilar o'z sezgilarini kuchaytirish zarurligi haqida maslahat berib o'tildi.

🚀 Treningdan ko'zlangan maqsad o'quvchilarning sezgi a'zolari rivojlantirildi.

TelegramI Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#proektiv_metodika

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi.

🗯7-sinf o'quvchilari bilan "Ruhiy holatlarini aniqlash" proektiv metodikasi olindi.

🌟Proektiv metodikada o'quvchilardagi ichki kechinmalari, stress, tushkinlik holatlari aniqlandi va o'quvchilarning kechinmalari bilan o'rtoqlashib ruhiy ko'mak zarur bo'lgan o'quvchilar ro'yhati shakllantirildi, ular bilan jamoaviy va yakka tartibda ishlar amalga oshirilib borilmoqda.

Proektiv metodikadan maqsad o'quvchilarning ruhiy zo'riqishlarini aniqlash va ular bilan jamoaviy va yakka tartibda ishlarni amalga oshirib borish.

TelegramI Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube