Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
867 subscribers
12.5K photos
1.75K videos
195 files
3.28K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Vatan_sajdagoh_kabi_muqaddas

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

💫 9-"A" sinf o'quvchilariga "Vatan — sajdagoh kabi muqaddasdir" mavzusida ma'naviyat va ma'rifat soati tashkil etildi.

⚜️ Dars avvalida sinf rahbari M.Ziyayeva tomonidan o'quvchilarga Vatanni himoya qilish muqaddas burch ekanligi, uning sarhadlarini qo'riqlash, tinchligi, osoyishtaligi yo'lida xizmat qilish, yurtimiz ravnaqi uchun o'z hissasini qo'shmoq zarur ekanligi haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, sinf qizlari bayram munosabati bilan vatan himoyachilarini madh etuvchi qo'shiqlar ijro etib, sovg'alar taqdim etishdi.

⚡️Z.Mingboyeva bayram munosabati bilan yozgan she'rini sinfdoshlariga o'qib berdi.

Dars so'nggida o'quvchilar Milliy gvardiya xodimlarini bayram bilan dildan qutlab, kitoblar tuhfa etishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
❤‍🔥21🔥1
#El_posbonlari
#Qurolli_kuchlarning_32_yilligi

🏢Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Ijod maktabining 11-"B" sinf o'quvchilari bugungi Ma'naviyat va ma'rifat soati darsini bayramona boshladilar. Bu yil O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganiga 32 yil to'lganligi munosabati bilan tashkil etilgan mashg'ulotda sinf qizlari o'g'il bolalarni muborakbod etdilar. Kelajakda ulardan Vatan posbonlari, yurt himoyachilari bo'lishlariga ishonch bildirdilar.

☀️O'quvchilar harbiy xizmatdan qaytgan askarning oila a’zolari tomonidan iliq kutib olinishi va askardan faxrlanishlari tasvirlangan sahna ko'rinishi namoyish etishdi.

💐Azimnazar Boymurotov ijrosida yangragan "Salom ona" askar qo'shig'i darsga o'zgacha fayz kiritdi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
😁51👍1🔥1🎉1
#Yangi_kitob
#Ijod_nashr

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏝Ijod maktabi o‘quvchisi, "Yosh ijodkjorlar" adabiy to'garagi a'zosi Dilnoza Jabborovaning “TUYG'ULAR SIMFONIYASI” nomli she'riy to'plami “IJOD NASHR” nashriyotida nashr etildi.

🍀Muvaffaqqiyat bilan tabriklab qolamiz!

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
7❤‍🔥5🔥4👍2🏆2🆒1
#Amir_Temur_izidan
#Halima_Xudoyberdiyeva_ijod_maktabi

💫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

💫Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

💫Pedagog-ustoz Nigora Esanova va Iroda Abduraxmanova tomonidan o‘quv-trening mashg'uloti o‘tkazildi. O‘quvchilar Amir Temurning davlat boshqaruv tizimida olib borgan sa‘y-harakatlari haqida ma'lumot berishdi.

💫,,Temur tuzuklari‘‘ dan parchalar o‘qib, pedagog ustozlar tomonidan o‘quvchilarga asar haqida umumiy tushuntirish berildi. Mashg'ulot davomida 11-sinf bilimdonlari faol o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan viktorina savollariga sinfdoshlari javob berishdi.

Telegram| Instagram| Facebook|
Veb-sayt| YOU TUBE|
👍2❤‍🔥11🔥1
#Uch_avlod_uchrashuvi

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️Mamlakatimizda tinchlikni mustahkamlash, xalqimiz farovonligini taʼminlash, keksalarni eʼzozlash, ertamiz egalarini barkamol etib voyaga yetkazishga davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan ijod maktabimizda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi F 79 sonli Farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.

💫Ushbu uchrashuvda Viloyat faxriylar kengashi raisi B.Abdalimov, Jamoatchilik kengashi viloyat hududiy bo'linma mutaxassisi A.Muhammedjanov, Sirdaryo viloyati qo'riqlash xizmati katta leytenanti J.Eshqulov, Sirdaryo viloyati inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho'basi boshlig'i, Sirdaryo viloyati bojxona xizmati podpolkovnigi A.G'aniyevlar ishtirok etib, yurtimiz taraqqiyotiga befarq bo'lmaslik, ajdodlarga munosib avlod bo'lish, qolaversa, ona Vatanga sadoqat va muhabbat bilan xizmat qilish qanchalar sharafli burch ekanligi haqida nutq so'zladilar.

🟢Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
3👍2🔥2🆒1