Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
670 subscribers
10.9K photos
1.69K videos
137 files
2.83K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Dars_muqaddas
#Ochiq_darslar_haftaligi

🏫 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

💫Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining matematika fani o'qituvchisi Xolmurodov Elyor 24-noyabr sanasida 9-"B" sinf o'quvchilari bilan "Tenglamalar sistemasini yechishning turli usullari" mavzusida ochiq dars tashkil qildi.

☀️Mashg'ulot davomida Ogahiy va Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o'quvchilari TTT (Tezlik, topqirlik, topog'on) metodidan foydalanib misollar yechishdi.
💫Dars davomida o‘quvchilar mantiqiy qiziqarli savollarga javob berishdi. Dars adabiyot, tarix va musiqa fanlari bilan integratsiyalashgan holda o‘tildi.
🎗Ushbu darsga kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan ustozlar darsning tashkiliy va ilmiy nuqtai nazardan yutuqlarini  e'tirof etishdi.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

| Telegram I Facebook I Instagram I YouTube |
#oʻquvchi_almashish_dasturi

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


⚡️Ijod maktabimizning 9-sinf o'quvchilari hamda ijod maktablari o'rtasida o'quvchilar almashinuvi dasturi doirasida tashrif buyurgan Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchilari ishtirokida Mirzaobod tumani  532 SCHR  batalyoniga tashrif uyushtirildi.

💫Ushbu tashrif davomida o'quvchilar harbiylarning yashash sharoitlari, o'quv-amaliy mashg'ulot jarayonlari hamda harbiy texnika vositalari bilan yaqindan tanishish barobarida o'zaro fikr almashdilar va o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Shuningdek, o'quvchilar tomonidan yangragan vatanparvarlik, fidoiylik, qolaversa, harbiylar va ularning Vatan oldidagi xizmatlari to'g'risidagi she'r va qo'shiqlari barchada o'zgacha taassurot qoldirdi.

🎯Bizni kuzatishda davom eting!   

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Konstitutsiya_huquqlarim_poydevori

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Guliston shahar adliya bo'limi tomonidan tashkil etilgan "Konstitutsiya - huquqlarim poydevori" mavzusidagi insholar tanlovining shahar bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritib, Guliston shahar adliya bo'limi boshlig'i S.Tog'ayev tomonidan diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

🥇-o'rin - 10-sinf o'quvchisi Abdulhamidova Subhidam
🥈-o'rin - 11-sinf o'quvchisi Eshqulova Gulsanam
🥉-o'rin - 10-sinf o'quvchisi Jabborova Dilnoza


🎯Bizni kuzatishda davom eting!   

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube