#taklif
📚 Mahkumlar oliy taʼlimda o‘qishi mumkinmi?
🧑🏻🏫 Mamlakatimizda ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar uchun oltita jazoni ijro etish muassasasida umumiy o‘rta taʼlimni olish imkoniyati yo‘lga qo‘yilgan. Yana to‘rtta muassasada “Usta-shogird” tizimi asosida mahkumlarni kasb-hunarga o‘qitish markazlari tashkil etilgan.
✔️ Shuningdek, mahkumlarga ilk marotaba saylov huquqi taqdim etildi. Ularning ish haqidan ijtimoiy sug‘urta ajratilmasligi belgilanib, pensiya taʼminotiga ega bo‘lishi taʼminlandi.
👨🏻💻 Rivojlangan davlatlarda mahkumlarning maktab, gimnaziya va universitet taʼlimini tugatish imkoniyati yaratilgan. Masalan Germaniya, Amerika va Rossiyada mahkumlar oliy taʼlimni masofadan o‘qishadi va ular uchun maxsus kompyuter sinflari tashkil etilgan.
👉 Ushbu taʼlimning mahkumlar uchun afzalligi shundaki, davlat taʼlim hujjatida mahkumlarning jazoni ijro etish muassasasida diplom olganligi ko‘rsatilmaydi.
📉 "RAND Corporation" tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda har qanday turdagi taʼlim retsidiv jinoyatni
43 foizga kamaytirishi aniqlangan.
✍️ Adliya vazirligi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti xorijiy davlatlar tajribasini o'rgangan holda quyidagilarni taklif qiladi:
📍mamlakatimizda ozodlikdan mahrum etish muassasalari bilan oliy taʼlim muassasalari hamkorlikda mahkumlarni masofaviy oliy taʼlim berish tizimini yo‘lga qo‘yish;
📍qonunchilikdagi ozodlikdan mahkum etilgan talabaga nisbatan o‘qishdan chetlashtirilishi to‘g‘risidagi qoidani bekor qilgan holda unga jazoni ijro etish muassasasida masofaviy taʼlim olishini davom ettirish imkoniyatini berish;
📍jazoni ijro etish muassasalarida kasb-hunar taʼlimida o‘qigan mahkumlarga yo‘nalishi bo‘yicha diplom olish amaliyotini joriy qilish
Huquqiy siyosat tadqiqot institutining rasmiy telegram kanaliga ulaning 👇
https://t.iss.one/+y99LEfr9Myo4MTNi

⚡️ Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini videokuzatuv kameralari bilan jihozlash zarurati mavjud
👫 So‘ngi paytlarda ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda ayrim Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning qarovsiz qoldirilishi natijasida sodir bo‘layotgan baxtsiz hodisalar, xodimlar tomonidan qasddan yetkazilgan jismoniy tan jarohatlari, qiynash, bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish holatlari tez-tez uchramoqda.
👉 Masalan: Urganchda 2-sonli MTT tarbiyachisi hamda Bulung‘ur tumanidagi 17-sonli MTT tarbiyachisi tarbiyalanuvchilarni urgani, Samarqandda MTT tarbiyachisi bolalarning qo‘liga igna sanchgani , Namanganda bog‘chada tanasining 70 foizi qaynoq suvdan kuygan bola vafot etganligi , Toshkentdagi xususiy MTTda 3 yoshli bolaning yuzi tibbiy vositalardan kuygani , Farg‘onada MTT tarbiyachisining bolalarini tinchlantirish uchun temir qoshiqdan foydalanib, 4 yoshli bolaning bir ko‘zidan ayrilishiga sababchi bo‘lganligi haqidagi xabarlar yuqoridagi masalaning naqadar dolzarb ekanligini ko‘rsatmoqda.
📷 Qonunchilikka ko'ra MTTda tarbiyalanuvchilar xavfsizligini taʼminlash hamda ular uchun zarur sharoitlarni yaratilishini nazorat qilish maqsadida videokuzatuv moslamalari o‘rnatilishi mumkin ekanligi belgilangan. Biroq mazkur tartib ixtiyoriy etib belgilangan.
👩👧👦 Xorijiy davlatlarda binoni kameralar bilan jihozlash maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun majburiy talab hisoblanadi. Xususan, Janubiy Koreyada bolalar bog‘chalarida yopiq sxemali kuzatuv kameralari o‘rnatilishi majburiy qilib belgilangan.
📌 Isroilda MTTlarda videokuzatuv vositalarini o‘rnatishni majburiyligini nazarda tutuvchi qonun qabul qilingan.

⁉️ Himoya orderi rostdan “himoyachi”mi? – xotin-qizlarni zo‘ravondan asrash tizimi haqida “Kun.uz” saytida eʼlon qilingan maqolada Huquqiy siyosat tadqiqot instituti xodimlari Eldar Shaydulin va Shaxsanem Saliyevaning himoya orderi berish tartibini o‘zgartirish bo‘yicha takliflari eʼlon qilindi.
👉 Maqola bilan to'liq tanishish:https://kun.uz/92952108

"Daromadli uylar" muammoga yechim bo‘ladimi?
🏠 Xorijda “daromad uylari” (доходный дом) biznesi yuqori darajada shakllanib, ayni paytda mana shunday uylar arzon ijaraga bo‘lgan yuqori talabni yetarli darajada qondirib keladi.
🏢 Daromadli uylar - bu kvartiralarni ijaraga berish uchun qurilgan ko‘p xonadonli turar-joy binosidir. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va Buyuk Britaniya ko‘p qavatli uylarning vatani hisoblanadi.
👉 Germaniyada ko‘p qavatli uylar juda mashhur. Nemislar hatto “ijaraga oluvchilar millati” deb ataladi. Germaniya aholisining 60 foizi uy-joy ijaraga olishni afzal ko‘radi va 40 yoshga kelib o‘zlari uchun mulk sifatida sotib olishi mumkin.
🏛 Huquqiy siyosat tadqiqot instituti bu borada bir qator takliflarni ilgari surmoqda:
🔻 davlat tomonidan ijara bozorini tartibga solish va rivojlantirish;
🔻 aholi va talabalarga, hamda norezidentlar uchun arzon ijaraga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida, ijara biznesi bilan shug‘ullanishda bir qator qulayliklarni joriy qilish;
🔻 xususan, ijaraga mo‘ljallangan binolarni qurish uchun kreditlarni subsidiyalash, ijaraga mo‘ljallangan binolarni qurish va ijaraga berish faoliyati uchun tegishli soliq imtiyozlarini berish maqsadga muvofiq.
✔️ O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni ijaraga berish biznesini rivojlantirish bugungi dolzarb muammoni bir qadar yumshatishga xizmat qiladi.
📝 Shuningdek, mazkur ijara uylari qoidalari shakllansa, qonunlar bilan tartibga solinsa bu ham salmoqli va eng muhimi barqaror daromad manbai bo‘lishi bilan birga soliq manbaiga ham aylanadi.