Huquqiy tadqiqot
187 subscribers
823 photos
89 videos
14 files
1.14K links
🇺🇿Aдлия вазирлиги ҳузуридаги Ҳуқуқий сиёсат тадқиқот институти телеграм канали
🏛The Telegram channel of the Research Institute of Legal Policy under Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan

🌐 Веб сайт: hsti.uz
📲 Aлоқа: 99871-268-28-95
Download Telegram
👍21🔥1👏1
🇺🇿 O‘zbekiston bayrog‘i 31 yoshda!

Bugun milliy bayrog‘imiz qabul qilinganiga 31 yil to‘ldi! Davlatimiz bayrog‘i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimiz timsolidir.

Milliy bayrog‘imiz davlat idoralari, o‘quv yurtlari, O‘zbekiston aʼzo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turibdi.

Turli bayram tantanalari, xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-maʼrifiy tadbirlar, nufuzli sport musobaqalarida ham bayrog‘imiz Vatanimiz shaʼni, xalqimiz g‘ururini yorqin aks ettirmoqda.

Shuni faxr bilan aytamizki, o‘tgan yillar davomida qanchadan-qancha sportchilarimiz Olimpiada o‘yinlari, Osiyo va jahon chempionatlari, nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuzlab marta Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishga erishdilar.

Bayrog‘imizning balandligi yurtimizning obro‘-nufuzi yuksakligidan dalolatdir. Shunday ekan, sarbaland qaddimiz va qadrimiz timsolini hamisha eʼzozlaylik va boshimiz uzra baland ko‘taraylik!
#muqaddasdir_vatan_bayrog‘i
1👍1