Huquqiy axborot | Lotin
6.31K subscribers
3.8K photos
348 videos
2 files
8.36K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amal_qiling

🚫Qonunchilikka ko‘ra, ommaviy tadbir tashkilotchisi, ommaviy tadbirga reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulotlar va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali fuqarolarni jalb qilinishiga yo‘l qo‘ymasligi shart.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Quyidagi jumlada tushirib qoldirilgan so'zni toping.

..... davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir.
Anonymous Quiz
12%
Fuqarolar
65%
Xalq
18%
Jamiyat
6%
Oila
#Amal_qiling

⚠️Jinoyat kodeksiga ko'ra:

🔘Pora olish, ya'ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o'z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo'lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko'zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o'zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo'lishi hisoblandi.

🔘Pora berish, ya'ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o'z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo'lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko'zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish hisoblanadi.

Basharti, shaxsga nisbatan pora so'rab tovlamachilik qilingan bo'lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda 30 sutka mobaynida o'z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko'ngildan pushaymon bo'lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo'lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.

📜 Poraxo'rlik - pora olish, pora berish yoki bu jinoyatlarda vositachilik qilish hisoblanib, buning uchun javobgarlik belgilangan.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔖 Ish beruvchining aybi bilan mehnatda mayib bo'lgan yoki kasb kasalligiga chalingan nogironligi bo'lgan shaxslar tibbiy ko'rsatmalarga binoan ish beruvchining (tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar) mablag'lari hisobidan reabilitasiya qilishning texnik va maxsus transport vositalari bilan ta'minlanishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚠️Qonunchilikka ko'ra, sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O'zbekistonda ro'yxatdan o'tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, ro'yxatdan o'tkazilgan dori vositalarining g'ayriqonuniy nusxalari, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ularning inson sog'lig'iga zararli ta'sirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda, muomaladan chiqarilishi va dalolatnoma tuzilib, yo'q qilib tashlanishi kerak.

📦 Bunda ular boshqa dori vositalari va tibbiy buyumlardan alohida maxsus izolyasiya qilingan joyda saqlanishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Quyosh paneli o'rnatgan aholidan o'z ehtiyojidan ortiqcha ishlab chiqarilgan elektrning har bir kilovattini davlat necha so'mdan sotib oladi?
Anonymous Quiz
25%
450 so'm
23%
900 so'm
45%
1000 so'm
7%
1350 so'm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, 10 va undan ortiq yo'lovchidan iborat guruhlar chiptalarining umumiy qiymatidan jamoaviy chipta bo'yicha quyidagi miqdorda chegirmalar taqdim qilinadi:

🔹 yo'nalish masofasi 2000 km gacha bo'lganda (boshqa poyezdga o'tishni hisobga olib):

▪️ guruhdagilar 10 nafardan 24 nafargacha bo'lganda chiptalarning umumiy to'liq qiymatidan 10 foiz;

▪️ guruhdagilar 25 nafar va undan ortiq bo'lganda chiptalarning umumiy to'liq qiymatidan 15 foiz;

🔹 yo'nalish masofasi 2000 km dan ortiq bo'lganda (boshqa poyezdga o'tishni hisobga olib):

▪️ guruhdagilar 10 nafardan 24 nafargacha bo'lganda chiptalarning umumiy to'liq qiymatidan 20 foiz;

▪️ guruhdagilar 25 nafar va undan ortiq bo'lganda chiptalarning umumiy to'liq qiymatidan 30 foiz.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔖
Markaziy tizimga ulangan xonadonlarda issiq suv 50-75°С bo'lishi kerak.

💧Issiq suv haroratining yo'l qo'yiladigan chetga chiqishi:

▪️tungi vaqtda (soat 0:00 dan soat 05:00 gacha)5°Сdan ortiq emas;

▪️kunduzgi vaqtda (soat 05:00 dan soat 00:00 gacha) 3°Сdan ortiq emas.

📌 Agar issiq suv yuqoridagi talablarga javob bermasa, u uchun to'lovlar ichimlik suvi tarifida to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📜Qonunchilika ko'ra, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda beriladi:

🔹vaqtinchalik mehnat layoqatini yo'qotish bilan bog'liq kasallik vaqtida (shikastlanishda);

🔹sanatoriy va sog'lomlashtirish muassasalarida davolanganda;

🔹kasallangan oila a'zosini parvarishlash zarur bo'lganda;

🔹karantinda;

🔹sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o'tkazilganda;

🔹mehnat layoqatini tiklash yoki yasama a'zo (protez) qo'ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_tabrigi

Qadrli Vatan himoyachilari!

Sizlarni O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimiz tinchligi va farovonligi, osoyishta hayotini ko'z qorachig'idek asrab-avaylashdek sharafli va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar doimiy hamroh bo'lsin.

Hurmat bilan, Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin