Huquqiy axborot | Lotin
6.21K subscribers
3.78K photos
321 videos
2 files
8.28K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
Ish beruvchilar qonunchilikda belgilangan tartibda o'z vakolatlari doirasida muayyan xodimga (xodimlarga) yoki jamoaga yo'naltirilgan va bir marta qo'llanilish uchun mo'ljallangan yakka tartibdagi qanday huquqiy hujjatlar qabul qilishi mumkin?
Anonymous Quiz
9%
farmoyishlar, qarorlar
23%
buyruqlar, farmoyishlar
33%
qarorlar, buyruqlar
34%
buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar
#Bilasizmi

🚫 Qonunchilikka ko'ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag'batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to'lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo'llanilmasligi belgilangan.

Ammo, davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarlikka tortilishi unga nisbatan rag'batlantirish choralari qo'llanilishini bekor qilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, O'zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o'xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Eslatma

🗓
5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun — 14 dekabr (shanba) rasmiy ish kuni hisoblanadi.

📌Bunda xodimlar shanba kuni ishlaganliklari hisobiga, dam olish kuni 30 dekabr (dushanba) kuniga ko'chirilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📕 Qonunchilikka ko'ra, davlat fuqarolik xizmatchisiga belgilangan shakldagi xizmat guvohnomasi beriladi. Unda davlat fuqarolik xizmatchisi egallagan lavozimi, uning malaka darajasi, davlat organining to'liq nomi, guvohnoma berilgan sana va uning amal qilish muddati ko'rsatiladi.

🪪 Xizmat guvohnomasi identifikatsiyalovchi karta ko'rinishida ham berilishi mumkin.

🚫 Xizmat guvohnomasini boshqa shaxslarga berish mumkin emas.

🔍 Xizmat guvohnomasining amal qilish muddati o'tgan yoki davlat fuqarolik xizmatchisi lavozimdan ozod etilgan taqdirda uni bergan davlat organiga qaytariladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Quyidagilarning qaysi biri huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko'rsatish to'g'risidagi iltimos bayon etilgan murojaat hisoblanadi?
Anonymous Quiz
13%
Taklif
10%
Shikoyat
44%
Ariza
32%
Murojaat
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, mehnat intizomi deb barcha xodimlarning mehnat to'g'risidagi qonunchilikka, jamoa kelishuvlariga, jamoa shartnomasiga, shuningdek ichki mehnat tartibi qoidalariga, boshqa ichki hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq belgilangan xulq-atvor qoidalariga majburiy bo'ysunishi tushuniladi.

📝 Intizomiy javobgarlik xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi uchun yuzaga keladigan va ushbu xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo'llanilishida ifodalanadigan yuridik javobgarlikdir.

📋 Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishi xodimni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun xorijga jo'nab ketayotgan fuqarolar uchun plaskart va umumiy vagonlarga bo'lgan temir yo'l biletlarining narxlariga 20 foiz miqdorda chegirmalar berilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qonunchilikka ko'ra, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lmagan taqdirda nima qilinadi?
Anonymous Quiz
30%
Murojaat belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi
24%
Vakolatini tasdiqlovchi hujjat olinadi
32%
Murojaat ko'rib chiqilmaydi
14%
Murojaat ko'rib chiqish keyinga suriladi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo'natish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O'zbekistondan olib chiqish, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha (5 mln 625 ming so'mdan 11 mln 250 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

✔️ Shuningdek, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda o'tkazish yoki O'zbekistonga olib kirish, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMining 25 baravaridan 50 baravarigacha (9 mln 375 ming so'mdan 18 mln 750 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Taklif davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e'tiboran qancha muddatda ko'rib chiqiladi?
Anonymous Quiz
50%
15 kun ichida
25%
10 kun ichida
20%
1 oygacha
5%
mansabdor shaxs ixtiyoriga ko'ra
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM