Huquqiy axborot | Lotin
6.23K subscribers
3.71K photos
261 videos
2 files
8.07K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Xotin_qizlar_huquqi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, ayollarga ayrim jazolarni qo'llash bo'yicha quyidagi cheklovlar mavjud:

❗️Xususan, jinoiy jazo tariqasida majburiy jamoat ishlari yoki axloq tuzatish ishlari homilador ayollarga, uch yoshga to'lmagan bolalari bor ayollarga nisbatan qo'llanmaydi.

📝 Bundan tashqari, homilador ayollarga va uch yoshga to'lmagan bolalari bor ayollar ehtiyotsizlik oqibatida yoki qasddan uncha og'ir bo'lmagan jinoyat sodir etsa ularga nisbatan ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi.

🗓 Ayolga nisbatan uzoq muddatga (20 yildan ortiq 25 yildan ko'p bo'lmagan) yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin emas.

⚠️ Shuningdek, homilador ayolning jinoyat sodir etishi jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida baholanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Xotin_qizlar_huquqi

Qonunchilikka ko'ra, erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bog'liq ishlarning sudlarda ko'rib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan ko'rsatiladigan yuridik xizmat uchun haq ularning xohishiga ko'ra davlat hisobidan qoplanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin