Huquqiy axborot | Lotin
6.21K subscribers
3.74K photos
291 videos
2 files
8.16K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Aziz ayollar!

Sizlarni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz. Doimo e'tibor va e'tirofda, aziz va mukarram bo'lib yuring! Bayramingiz muborak bo'lsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotin_qizlar_huquqi

🗂 Qonunchilikka ko'ra, xotin-qizlar nodavlat ta'lim tashkilotlarida kasb-hunarga va tadbirkorlikka o'qiganda, ular tomonidan qilingan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million so'mdan ortiq bo'lmagan xarajatlar davlat tomonidan qoplab berilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, ilgari foydalanishda bo'lgan ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgisi (RO'DRB) takroran foydalanish uchun berilmaydi va belgilangan tartibda yo'q qilinadi.

❗️Bundan quyidagilar mustasno:

🔹oshirilgan to'lov stavkalari bo'yicha avtotransport vositalari uchun RO'DRB;

🔹xaridorgir harf va raqamlar kombinasiyasiga ega bo'lgan oshirilgan to'lov stavkasi bo'yicha avtotransport vositalari uchun RO'DRB;

🔹davlat organlari va tashkilotlari uchun joriy etilgan alohida seriyali RO'DRB.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Xotin_qizlar_huquqi

🔰Qonunchilikka ko'ra, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg'iz ayollarning bolalari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Qonunchilikka ko'ra, energetik ichimliklar, alkogolli ichimliklar, tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste'mol qilish moslamalari reklamasiga doir talablarni buzganlik, shuningdek tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik — BHMning 50 baravari (17 mln so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Xotin_qizlar_huquqi

Qonunchilikka ko'ra, uch yoshga to'lmagan bolaning byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda ishlaydigan ota-onasidan biriga (vasiysiga) haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotin_qizlar_huquqi

🏢 Qonunchilikka ko'ra, uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga beriladigan arzon uy-joylar to'lovi quyidagicha miqdorda qoplanishi belgilangan:

🔹10 foizi Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi, talabgor ishlayotgan tashkilot va boshqa manbalar hisobiga (boshlang'ich badal sifatida);

🔹90 foizi banklarning imtiyozli kreditlari hisobiga.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqatlari reklamasi quyidagi talablarga mos boʻlishi shart:

🚫 ona sutining oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilishga yoʻl qoʻyilmaydi;

ona sutining oʻrnini bosuvchi mahsulotlarga oid axborotlar goʻdakni 6 oygacha oziqlantirishda ona suti bilan oziqlantirishning foydasi va afzalligi toʻgʻrisidagi koʻrsatmani oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak;

⚠️ bola hayotining birinchi yilida uning ratsioniga kiritilgan qoʻshimcha ovqat mahsulotlari reklamasida yoshga doir cheklovlar hamda mutaxassislarning maslahati zarurligi haqidagi ogohlantirish boʻlishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🚫 Qonunchilikka ko'ra, pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag' ushlab qolish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM