Huquqiy axborot | Lotin
6.31K subscribers
3.8K photos
348 videos
2 files
8.36K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

🔍 Qonunchilikka ko'ra, O'zbekiston hududida yovvoyi hayvonlarni ov qilish haq to'lash asosida amalga oshirililadi.

To'lovlar yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada ko'rsatilgan har bir yovvoyi hayvon uchun kiritiladi. To'lovlar mazkur ruxsatnomalar berilayotganda kiritiladi.

📝 Yovvoyi hayvonlar to'lovga muvofiq miqdorda tutiladi. YOvvoyi hayvonlarni tutish uchun to'lovlar miqdorlari belgilangan.

⚠️ Agar biron-bir hayvon ovchilik xo'jaligiga yoki insonning xo'jalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi hayvon sifatida tutiladigan bo'lsa, uning uchun to'lov undirilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔖 Qonunchilikka ko'ra, yo'lovchi tashish poezdida (shaharlararolardan tashqari) yo'lovchiga sotib olingan chiptaga binoan joy taqdim qilinmaganda, yo'lovchi talabiga binoan jo'nash stansiyasi tomonidan dalolatnoma tuziladi va bu dalolatnoma asosida unga zudlik bilan chipta uchun pullar to'liq qaytariladi.

📋 Shuningdek, yo'lovchiga o'sha yo'lovchi tashish poezdining o'zida quyi toifa vagonida joy taqdim qilinganda, poezdda yurish uchun olingan summa va o'sha vagonda taqdim etilgan joyning haqiqiy qiymati orasidagi farq qaytariladi.

🖥 Chiptalar sotish avtomatlashtirilgan tizimi orqali berilgan chiptalar bo'yicha to'lov qaytarish, ular qaysi stansiyada rasmiylashtirilganligidan qat'i nazar, har qanday stansiyada amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organlariga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga yakka tartibda yoki jamoa bo'lib murojaat etish huquqi kafolatlanadi.

🚫 Murojaat etish huquqi ixtiyoriy amalga oshiriladi. Hech kim biron-bir murojaatni himoya qilishga yoxud unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas.

🌐 Murojaat etish huquqining amalga oshirilishi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini buzmasligi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, sektorlar ishchi guruhlari tomonidan "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joyi holati o'rganiladi.

🏢 Har bir uy-joyni ta'mirlash ishlariga "Ayollar daftari" jamg'armasi hisobidan BHMning 30 baravarigacha (11 mln 250 ming so'm) miqdorda mablag' ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔖 Prezident qaroriga ko'ra, 2025-yilda Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi keng nishonlanishi belgilangan.

📝 Shuningdek, chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo'lib, unda quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratilishi ko'zda tutilgan:

▪️mutafakkir adibning “Tanlangan asarlar” to'plami, uning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan ilmiy-ommabop kitoblarni nashrga tayyorlash va chop etish;

▪️2025-yil oktabr oyida “Mahmudxo'ja Behbudiy merosi va jadidlik harakatini o'rganishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilish;

▪️2025-yil noyabr oyida Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag'ishlangan tantanali adabiy-ma'rifiy xotira kechasini o'tkazish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, ish kuni davomida xodimga dam olish va ovqatlanish uchun davomiyligi kamida 30 daqiqa va ko'pi bilan 2 soat bo'lgan, ish vaqtiga kiritilmaydigan tanaffus berilishi kerak.

📋 Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berish vaqti va uning aniq davomiyligi ichki mehnat tartibi qoidalarida yoki xodim va ish beruvchi o'rtasidagi kelishuvga ko'ra belgilanadi.

⚠️ Xodimlar dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan o'z ixtiyoriga ko'ra foydalanadi. Bu vaqtda ular ish joyidan chiqib ketishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🗓 Qonunchilikka ko'ra, nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin 1 oy o'tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.

🚫 Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas.

📝 Uzrli sabablar bo'lganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi 1 oy o'tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin. Alohida hollar (homiladorlik, bola tug'ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar)da nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰Vijdon erkinligi — bu fuqarolarning xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik bo'yicha kafolatlangan konstitusiyaviy huquqidir.

⚠️ Fuqaro dinga, dinga e'tiqod qilishga yoki e'tiqod qilmaslikka, ibodatlarda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka, diniy ta'lim olishga nisbatan o'z munosabatini belgilayotganda uni u yoki bu tarzda majburlashga yo'l qo'yilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📝Fuqarolar dinga munosabatidan qat'i nazar qonun oldida tengdir.

🌐 Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston fuqarolari bilan teng ravishda vijdon erkinligi va dinga e'tiqod qilish erkinligi huquqidan foydalanadi.

🚫 Rasmiy hujjatlarda fuqarolarning dinga nisbatan munosabatini ko'rsatishga yo'l qo'yilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🏢 O'zbekistonda diniy tashkilotlar va davlat organlarining faoliyati o'zaro aralashmaslik asosida amalga oshiriladi.

📌 Davlat turli dinlarga e'tiqod qiladigan va ularga e'tiqod qilmaydigan fuqarolar, turli dinlarga mansub diniy tashkilotlar o'rtasida o'zaro murosa va hurmat o'rnatilishiga ko'maklashadi.

✔️ Davlat konfessiyalarning tinch-totuv yashashiga kafil bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

✈️ Qonunchilikka ko'ra, parvoz tashuvchi tomonidan belgilangan aniq vaqtdan kechiksa, tashuvchi yo'lovchiga yetkazilgan zararni qoplashi shart. Zarar miqdori parvoz kuponi narxidan kelib chiqqan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi.

🖥 Yo'lovchiga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi tomonidan quyidagi bepul qo'shimcha xizmatlar ko'rsatiladi:

▪️bir marotaba telefon orqali gaplashish yoki telegramma yuborish yoki boshqa aloqa xizmatlaridan foydalanishni ta'minlash;

▪️parvozgacha kutish davrida yoki transportning boshqa turi orqali tashishgacha bo'lgan vaqtda oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan ta'minlash;

▪️tashuvchi qoidalarida belgilangan muddat kutish vaqtidan ko'ra ko'proq bo'lsa, mehmonxona bilan ta'minlash;

▪️kutish vaqtida transport orqali aeroportdan vaqtinchalik yashash joyigacha eltib qo'yish va qaytishni ta'minlash;

▪️chiptada nazarda tutilgan tutash reyslarga kechikish bilan bog'liq xarajatlarni to'lash.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔖Huquq-tartibot idoralarining ilmiy tashkilot va ta'lim muassasalari tomonidan jinoyat sodir etilgan mahallalarda ilmiy yondashuvlar asosida o'rganishlar o'tkaziladi.

📝 Bunda bevosita joylarga chiqqan holda, jinoyat sodir etilayotgan mahallalardagi kriminogen vaziyatga ta'sir qilayotgan asl omillarni o'rganish hamda ularning xususiyatlaridan kelib chiqib, manzilli profilaktika tizimini yo'lga qo'yishga qaratilgan ilmiy asoslantirilgan takliflar ishlab chiqiladi va hududiy «yo'l xaritalari»ga kiritiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔖 Kriminogen vaziyat og'ir mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo'yicha samarali tizimni yo'lga qo'yish hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan manzilli ishlarni tashkil etish maqsadida barcha tuman (shahar) sektor rahbarlariga, Milliy gvardiya qo'riqlash xizmati boshliqlariga va ichki ishlar organlari boshliqlari o'rinbosarlariga 2025-yilda mahallalar nomma-nom biriktiriladi.

⚠️ Bunda, mas'ul rahbarlar zimmasiga o'z hududlarida huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini tashkil etish namunasini yaratish, hududiy «yo'l xaritalari»ning to'laqonli ijro etilishini ta'minlash hamda ijtimoiy profilaktika tizimini samarali yo'lga qo'yish bo'yicha qat'iy shaxsiy javobgarlik yuklanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Mas'ul rahbarlarning kriminogen vaziyat og'ir mahallalarda erishilgan natijalari ularning faoliyatini baholashda inobatga olinadi hamda tegishli respublika rahbarlari ishtirokida quyidagi muddatlarda tanqidiy muhokama qilinadi:

🔹har oy yakunida — ichki ishlar vaziri huzurida;

🔹har chorak yakunida — Bosh prokuror huzurida;

🔹har yarim yilda Bosh vazir huzurida.

⚠️ Shuningdek, har bir mahalla kesimida Prezidentga axborot berib boriladi hamda rag'batlantirish yoki intizomiy jazo choralari belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔖 Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar orasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo'yicha manzilli ishlarni tashkil etish, mahalla profilaktika inspektorlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda aniqlangan muammolarni mas'ul idoralar bilan hamkorlikda bartaraf etish choralarini ko'rish vazifasini amalga oshiruvchi migratsion profilaktika bo'linmalari tashkil etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, ma'muriy sudlar faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari etib quyidagilar belgilangan:

▪️davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ishonchli va samarali himoya etilishini ustuvor ravishda ta'minlash;

▪️fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashda sudning faol ishtiroki prinsipini qo'llash mexanizmlarini kengaytirish;

▪️davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o'rnatish;

▪️ma'muriy sud ishlarini yuritishda nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish;

▪️fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilishda ma'muriy sudlarning rolini kuchaytirish orqali aholining sud tizimiga bo'lgan ishonchini yanada oshirish;

▪️davlat organlari tomonidan sud qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratning ta'sirchan mexanizmlarini to'liq joriy etish;

▪️ma'muriy yustisiya tizimi rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ma'muriy sudlar faoliyatini takomillashtirib borish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📌Qonunchilikka ko'ra, ma'muriy sudlar faoliyatiga quyidagi tartiblar joriy etiladi:

🔹qarori, harakati (harakatsizlik) ustidan shikoyat qilinayotgan davlat organi mansabdor shaxsi yoki uning vakili sud majlisida majburiy ishtirok etishini ta'minlash;

🔹ma'muriy sud ish yurituvida ishlarning tezkor va sifatli ko'rib chiqilishini ta'minlashga hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga o'z huquqlarini himoya qilish uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan dastlabki eshituv institutini joriy etish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📚 Tadbirkorlarning vaqt va mablag' bilan bog'liq ortiqcha xarajatlarini qisqartirish maqsadida 2025-yil 1-maydan tadbirkor tomonidan tan olingan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo'yicha soliq organi tomonidan ushbu tadbirkorning banklardagi hisobvaraqlari bo'yicha operasiyalarni to'xtatib qo'yish tartibi joriy etiladi.

📢 Bunda, tadbirkorlik subyekti soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olmagan hamda soliq organi tomonidan o'zining banklardagi hisobvaraqlari bo'yicha operasiyalar to'xtatib qo'yilishiga e'tiroz bildirgan taqdirda, ushbu masala amaldagi tartibga muvofiq soliq organi arizasiga asosan sud tomonidan hal etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, ma'muriy sudga murojaat etish muddatlari ma'muriy da'vo turlaridan kelib chiqib qayta ko'rib chiqilib, ayrim turdagi nizolar (masalan, haqiqiy emas deb topish haqidagi talab) bo'yicha sudga murojaat qilishning maxsus muddatlari belgilanadi.

📝 Ma'muriy sudlarga jamoaviy arizalar berish tartibi va asoslari belgilanadi.

⚠️ Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ariza berishga vakolatli bo'lgan davlat organlari va boshqa shaxslar doirasi kengaytiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin