Huquqiy axborot | Lotin
6.21K subscribers
3.74K photos
293 videos
2 files
8.17K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

❇️ Qonunchilikka ko'ra, quyosh suv isitish qurilmalarini o'rnatganlik uchun quyidagi miqdorlarda kompensasiya berilishi belgilangan:

🔹Suv isitish hajmi 100 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 4 kVt/soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) bo'lganda BHMning 5 barobar;

🔹Suv isitish hajmi 200 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 8 kVt/soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) bo'lganda BHMning 7 barobar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️Tajribali yuristlardan bepul huquqiy maslahat oling

O‘zingizni qiynayotgan va qiziqtirgan har qanday huquqiy sohadagi savollarga malakali yuristlardan bepul maslahat oling.

Savol berish uchun https://advice.uz/uz/offices saytidagi "Huquqiy yordam kerakmi?" panelidan (tugmasidan) foydalaning.
#Bilasizmi

📝 Qonunchilikka ko'ra, paxta tozalash sanoati korxonalarida paxta tozalash bilan bog'liq quyidagi ishlarda to'liq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o'tadi:

paxtani quritish;
paxtani tozalash;
paxtani yuklash, tushirish;
paxtani pnevmotransportga ortish;
quritish-tozalash syexini yig'ishtirish va isitish, ishlab chiqarish chiqindilarini chiqarib tashlash.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Quyidagilarning qaysi biri mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hamda xodimlar tomonidan o'z vakillari orqali va ish beruvchi tomonidan tuziladigan mehnat to'g'risidagi huquqiy hujjat hisoblanadi?
Anonymous Quiz
20%
Jamoa kelishuvi
6%
Mansab yo‘riqnomasi
61%
Mehnat shartnomasi
13%
Jamoa shartnomasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

✳️ Banklar tomonidan “yashil” iste'mol krediti quyosh fotoelektr stansiyasi, quyosh suv isitkichlari va shamol elektr stansiyalarini o'rnatish maqsadlari uchun ajratiladi.

✔️ BHMning 500 baravarigacha bo'lgan “yashil” iste'mol kreditlari bo'yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 5 foizli banddan ko'p bo'lmagan qismi uchun 3 yil kompensasiya beriladi.

Ya'ni bugungi kunda MB asosiy stavkasi 14 foiz, agar kredit foizi 19 foiz bo'lsa uning 5 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

📝 Mazkur kompensasiya uchun alohida murojaat qilish talab etilmaydi, “yashil” kredit ajratadigan banklar avtomat tarzda arizani o'zlari yuboradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ashyoni topib olgan shaxs egasidan topilma uchun ashyo qiymatining necha foizi miqdorida mukofot talab qilishga haqli?
Anonymous Quiz
36%
bunga haqli emas
22%
30 foizgacha
33%
20 foizgacha
9%
50 foizgacha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

✳️ Quyosh paneli o'rnatgan aholi tomonidan o'z ehtiyojidan ortiqcha ishlab chiqarilgan elektrning har bir kilovatti uchun 1 000 so'mdan subsidiya beriladi, ya'ni davlat elektrni aholidan 1000 so'mdan sotib oladi.

🖥 Mazkur subsidiyani olish uchun “Soliq” mobil ilovasi orqali ro'yxatdan o'tish lozim.


🏢 Tadbirkorlar tomonidan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan har bir kilovatt elektr 720 so'mdan sotib olinadi. Bunga oid shartnomani tuzish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tuman (shahar) filiallariga murojaat qilish lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Mehnat_huquqlari

✔️ Mehnat kodeksiga ko'ra:

🔹mehnat shartnomasi bu - xodim va ish beruvchi o'rtasidagi taraflarning o'zaro huquqlari hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuv hisoblanadi;

🔹jamoa shartnomasi bu - mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog'liq bo'lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hamda xodimlar tomonidan o'z vakillari orqali va ish beruvchi tomonidan tuziladigan mehnat to'g'risidagi huquqiy hujjat hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Intellektual mulk obyektlariga nisbatan shaxsiy nomulkiy huquqlar qancha muddat amal qiladi?
Anonymous Quiz
12%
100 yil
23%
70 yil
46%
Muddatsiz
20%
50 yil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📽 Adliya vazirligi tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda eng ko'p berilayotgan savollarning huquqiy yechimlari bo'yicha maxsus videoroliklar ishlab chiqilib, YouTube tarmog'iga joylashtirib borilmoqda.

❗️Bunda Siz “metrika” olishdan pensiyaga chiqishgacha bo'lgan jarayonlarda duch kelayotgan muammolaringizga mavzulashtirilgan tarzda huquqiy yechim topishingiz mumkin.

📌
O'z vaqtingizdan unumli foydalangan holda huquqiy bilimlaringizni mustahkamlang!

👉 Batafsil: youtube.com/adliya

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan iborat zargarlik buyumlarining umumiy og'irligi qancha grammdan ko'p bo'lmagan miqdorda olib kirilishida bojxona to'lovlari undirilmaydi?
Anonymous Quiz
56%
100 grammdan
8%
95 grammdan
21%
75 grammdan
15%
65 grammdan