Huquqiy axborot | Lotin
6.57K subscribers
4.06K photos
534 videos
2 files
9.09K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Amal_qiling

🔰 Bezorilik, ya'ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do'pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o'zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish quyidagi hollarda sodir etilsa 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazib;

bir guruh shaxslar tomonidan;

sovuq qurol yoki kishining sog'lig'i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo'lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo'llash bilan qo'rqitib yoxud qo'llab;

ko'p miqdorda zarar yetkazib, birovning mulkini nobud qilib yoki unga shikast yetkazib.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Soliq_imtiyozlari

✳️ Qonunchilikka ko'ra, umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o'rnatgan va ulardan foydalanuvchi shaxslar, ular foydalanishga topshirilgan kundan e'tiboran 3 yil muddatga, quyidagi soliqlarni to'lashdan ozod etilishi belgilangan:

🔹ushbu qurilmalar bo'yicha — yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, alohida turuvchi qurilmalar bilan band bo'lgan yer uchastkalari bo'yicha — yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini, elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotishdan olingan foyda bo'yicha — foyda solig'ini;

🔹uy-joy fondining ko'chmas mulk obyektlari bo'yicha jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'i va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig'ini.

⚠️ Agar quyosh panellari quvvatining 25 foizidan kam bo'lmagan elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o'rnatilgan bo'lsa, yuqoridagi soliq imtiyozlari 10 yil muddatga qo'llaniladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

✔️ Shuningdek, yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta'minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo'lishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Taʻlim #Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, malakali o'qituvchilar yetarli bo'lgan quyidagi hollarda sinfdagi o'quvchilarni ikki guruhga bo'lib o'qitishga ruxsat etiladi:

🔹o'quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo'lgan umumiy o'rta ta'lim muassasalarining I — XI sinflarida "CHet tili" fani;

🔹ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar;

🔹V — XI sinflarda "Informatika va axborot texnologiyalari";

🔹VIII — XI sinflarda "Jismoniy tarbiya";

🔹V — IX sinflarda "Texnologiya";

🔹X-XI sinflarda "Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik" fanlari;

🔹ta'lim tili o'zbek tili bo'lmagan umumiy o'rta ta'lim muassasalarining II — XI sinflarida "O'zbek tili" fani;

🔹ta'lim tili rus tili bo'lmagan umumta'lim muassasalarining II — XI sinflarida "Rus tili" fani.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Taʻlim #Bilasizmi

🎓Qonunchilikka ko'ra, davlat oliy ta'lim muassasalariga kirishda eng yuqori ball to'plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy qilingan.

➡️ Bunda, grantda g'olib bo'lgan talabalarga Prezident davlat stipendiyasi tayinlanadi va to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Mehnat_huquqlari

Qonunchilikka ko'ra, ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o'z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog'liq xarajatlarni kompensasiya qilishi shart:

xizmat safarlarida bo'lganda;

sayyor va ko'chib yurish xususiyatiga ega ishlarda, shuningdek dala sharoitlarida yoki vaxta usulida ishlaganda;

ish beruvchi bilan oldindan kelishuvga ko'ra boshqa joydagi ishga ko'chib o'tganda;

ish beruvchining yo'llanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o'tganda;

ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo'lib qolganda;

xodim majburiy tibbiy ko'rikdan o'tganligi munosabati bilan;

xodim foydalanmagan yillik mehnat ta'tili uchun;

ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risida xodimni ogohlantirish muddati mutanosib pul kompensasiyasi bilan almashtirilishi munosabati bilan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, inson o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart.

✔️Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitusiyaviy tuzumni, aholining sog'lig'ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta'minlash maqsadida zarur bo'lgan doirada cheklanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

✳️ Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini to'liq to'lagan holda ularni xarid qilgan va o'rnatgan iste'molchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamg'armasi hisobidan kompensasiya qilinadi:

▶️ Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini o'rnatganlik uchun kompensasiyalar miqdori o'rnatilgan quvvati:

🔹 0,5 kVtdan 1 kVtgacha bo'lganda BHMning 7 barobar;

🔹1 kVtdan 1,5 kVtgacha bo'lganda BHMning 10 barobar;

🔹1,5 kVtdan 2 kVtgacha bo'lganda BHMning 15 barobar;

🔹2 kVt va undan yuqori bo'lganda BHMning 20 barobar;

🔹5 kVt va undan yuqori bo'lganda BHMning 50 barobar (faqatgina yangi yerlar o'zlashtirilganda va tik quduqlarda o'rnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi iste'moli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali ta'minlanganda).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Davlat tibbiy sug'urtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar ko'rsatiladi va dorilar beriladi


Manba: PQ-311-son, 05.09.2024 y.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxsiga murojaat ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan taqdirda qachon ro'yxatdan o'tkazilishi kerak?
Anonymous Quiz
26%
O'sha kunning o'zida
62%
Keyingi ish kuni
6%
Murojaatni ro'yxatdan o'tkazish rad etiladi
6%
To'g'ri javob yo'q
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi


Manba: O'RQ-959-son, 10.09.2024 y.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❇️ Qonunchilikka ko'ra, quyosh suv isitish qurilmalarini o'rnatganlik uchun quyidagi miqdorlarda kompensasiya berilishi belgilangan:

🔹Suv isitish hajmi 100 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 4 kVt/soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) bo'lganda BHMning 5 barobar;

🔹Suv isitish hajmi 200 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 8 kVt/soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) bo'lganda BHMning 7 barobar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️Tajribali yuristlardan bepul huquqiy maslahat oling

O‘zingizni qiynayotgan va qiziqtirgan har qanday huquqiy sohadagi savollarga malakali yuristlardan bepul maslahat oling.

Savol berish uchun https://advice.uz/uz/offices saytidagi "Huquqiy yordam kerakmi?" panelidan (tugmasidan) foydalaning.
#Bilasizmi

📝 Qonunchilikka ko'ra, paxta tozalash sanoati korxonalarida paxta tozalash bilan bog'liq quyidagi ishlarda to'liq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o'tadi:

paxtani quritish;
paxtani tozalash;
paxtani yuklash, tushirish;
paxtani pnevmotransportga ortish;
quritish-tozalash syexini yig'ishtirish va isitish, ishlab chiqarish chiqindilarini chiqarib tashlash.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Quyidagilarning qaysi biri mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hamda xodimlar tomonidan o'z vakillari orqali va ish beruvchi tomonidan tuziladigan mehnat to'g'risidagi huquqiy hujjat hisoblanadi?
Anonymous Quiz
21%
Jamoa kelishuvi
6%
Mansab yo‘riqnomasi
60%
Mehnat shartnomasi
13%
Jamoa shartnomasi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ayrim tovarlar va xizmatlar bo'yicha QQS imtiyozlari bekor qilinadi


“O'zbekiston Respublikasi Prezidentining soliq va bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlariga o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritish, shuningdek, ba'zilarini o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-140-son, 18.09.2024 y.) qabul qilindi

🗓 Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan:

🔹yo'lovchilarni yagona tariflar bo'yicha tashish xizmatlarini ko'rsatish aylanmasi hamda nogironligi bo'lgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizasiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar uchun qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha imtiyozlar bekor qilinadi;

🔹yangi barpo etilayotgan bog'lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini to'lashdan ozod qilish tarzidagi imtiyozni bekor qilgan holda, mazkur yer uchastkalari bo'yicha soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qabul2024

❗️Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga qabul davom etadi


Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida o'qish istagida bo'lganlar uchun quyidagi imkoniyatlar yaratildi:

🔹 Oliy ta'lim tashkilotlariga kirish test sinovlarida "Yurisprudensiya" yo'nalishida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 25-sentyabrgacha my.uzbmb.uz saytida yuridik texnikumlarni tanlashi mumkin.

Bunda, abituriyentlar tomonidan ta'lim tilini o'zgartirgan holda tanlovda ishtirok etishi mumkin

🔹 Belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tmagan yoki kirish imtihonlarida ishtirok etmagan, biroq YUridik texnikumlarda sirtqi ta'lim shakli bo'yicha o'qish istagida bo'lgan fuqarolar 2024-yil 25-sentyabrgacha Yuridik texnikumlarga ariza bilan murojaat qilishi lozim.

Bunda, ushbu fuqarolar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan yozma imtihonlar natijalariga ko'ra to'lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilinishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

✳️ Banklar tomonidan “yashil” iste'mol krediti quyosh fotoelektr stansiyasi, quyosh suv isitkichlari va shamol elektr stansiyalarini o'rnatish maqsadlari uchun ajratiladi.

✔️ BHMning 500 baravarigacha bo'lgan “yashil” iste'mol kreditlari bo'yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 5 foizli banddan ko'p bo'lmagan qismi uchun 3 yil kompensasiya beriladi.

Ya'ni bugungi kunda MB asosiy stavkasi 14 foiz, agar kredit foizi 19 foiz bo'lsa uning 5 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

📝 Mazkur kompensasiya uchun alohida murojaat qilish talab etilmaydi, “yashil” kredit ajratadigan banklar avtomat tarzda arizani o'zlari yuboradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi


Manba: O'RQ-960-son, 10.09.2024 y.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Ashyoni topib olgan shaxs egasidan topilma uchun ashyo qiymatining necha foizi miqdorida mukofot talab qilishga haqli?
Anonymous Quiz
36%
bunga haqli emas
22%
30 foizgacha
33%
20 foizgacha
9%
50 foizgacha