Huquqiy axborot | Lotin
6.2K subscribers
3.77K photos
315 videos
2 files
8.25K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Isteʼmolchi_huquqlari #Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, agar sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) iste'molchining tovarni almashtirib berish yoki undagi nuqsonlarni bartaraf etish haqidagi talablarini bajarmagan bo'lsa, iste'molchi tovarning xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirishni yoki shartnomani bekor qilib yetkazilgan ziyon va ma'naviy zararni belgilangan tartibga muvofiq qoplashni talab qilishga haqli.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Yoʻl_qoidalariga_amal_qiling #Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, piyodalar o'tish joyida harakatlanayotganda:

telefondan foydalanish;
kitoblarni yoki davriy nashrlarni o'qish;
videomateriallarni tomosha qilish;
audiomateriallarni eshitish;
e'tiborni chalg'itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish;

⚠️ shuningdek, yo'lning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib o'tish BHMning uchdan bir qismi (113 ming 300 so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integrasiyalashuv platformasida raqamli shaklda taqdim etilishi orqali aholi va tadbirkorlik subyektlaridan 47 turdagi ma'lumotlarni talab qilish bekor qilingan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Pensiya_va_ijtimoiy_himoya #Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, kam ta'minlangan va ehtiyojmand xotin-qizlarning muammolarini mahallabay o'rganish va hal etish hamda ularni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy qo'llab-quvvatlash tartibi belgilangan.

✔️ Bunda, xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida tuman (shahar) hokimliklarida "Ayollar daftari" ro'yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi ("Ayollar daftari" jamg'armasi) tashkil etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🖥 Qonunchilikka ko'ra, kompyuter tizimida saqlanayotgan yoki uzatilayotgan axborotni ruxsatsiz yo'q qilib yuborish, to'sib qo'yish, modifikasiyalashtirish, undan nusxa ko'chirish yoki uni qo'lga kiritish maqsadini ko'zlab kompyuter dasturlarini yaratish yoki mavjud dasturlarga o'zgartirishlar kiritish, xuddi shuningdek maxsus virus dasturlarini ishlab chiqish, ulardan qasddan foydalanish yoki ularni qasddan tarqatish quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:

🔹BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha (34 mln so'mdan 102 mln so'mgacha) miqdorda jarima;
🔹2 yilgacha ozodlikni cheklash;
🔹2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, har yili 1-oktabrgacha paxta-to'qimachilik klasterlari tomonidan fermer xo'jaliklari bilan kelgusi yil hosili uchun paxta xom ashyosini yetishtirish bo'yicha fyuchers shartnomalari tuzilishi belgilangan.

📝 Bunda, paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berish bo'yicha fyuchers shartnomalari soliq organlarining axborot tizimida ro'yxatdan o'tkaziladi hamda Qishloq xo'jaligi vazirligining “Agroplatforma” axborot tizimiga integrasiya qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Taʻlim #Mehnat_huquqlari

🎓 Qonunchilikka ko'ra, ish beruvchi mehnat shartnomasi bo'yicha ishdan ajralmagan holda ta'lim tashkilotlarida o'qitilayotgan, qayta tayyorlashdan yoki malaka oshirishdan o'tayotgan, shuningdek ishlab chiqarish ta'limini o'tayotgan xodimlarga ish va o'qishni birga olib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart.

🗓 Shuningdek, mehnat shartnomasi bo'yicha ishdan ajralmagan holda ta'lim tashkilotlarida tahsil olib, o'quv rejasini bajarayotgan xodimlarga ish joyi bo'yicha o'rtacha ish haqi saqlangan holda o'quv ta'tili, qisqartirilgan ish haftasi hamda mehnat to'g'risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan o'zga kafolatlar beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

❗️ Tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag'larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o'tkazish yoki olib qo'yish yoxud ularni o'z vaqtida qaytarmaslik, oz miqdorda talon-toroj qilish alomatlari mavjud bo'lmagan taqdirda, BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha (6 mln 800 ming so'mdan 13 mln 600 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM