Huquqiy axborot | Lotin
6.6K subscribers
4.07K photos
542 videos
2 files
9.14K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
Kuniga nechta maʼlumot olishni xohlaysiz?
Anonymous Poll
39%
2-3 ta
15%
4-5 ta
8%
5-6 ta
38%
6 tadan ko‘p
Faoliyatimizni qanday baholaysiz?
Anonymous Poll
58%
Aʼlo
28%
Yaxshi
10%
Qoniqarli
4%
Qoniqarsiz
#Soʻrovnoma

📝 Kanal faoliyatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha boshqa taklif va mulohazalaringizni izohlarda qoldiring!

📌 Izoh qoldirish manzili: https://bit.ly/3N7ALqZ

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2024

❗️Yangi saylov tizimining o'ziga xos xususiyatlari


Batafsil videorolikda

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_avgustdan

✔️ Qonunchilikka ko'ra:

🔹tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasini ishlab chiqarish uchun barcha turdagi tibbiyot muassasalarida hosil bo'ladigan tibbiyot chiqindilari to'liq hajmda Loyiha kompaniyasiga topshiriladi;

🔹loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflarda tibbiyot muassasalari tomonidan sotib olinishi ta'minlanadi.

📌Bunda issiqlik energiyasi boshqa shaxslarga ham belgilangan tartibda yetkazib berilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2024

❗️Deputatlikka nomzodlarni ko'rsatishda ayollarning ulushi kamida 40 foiz bo'ladi.


Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishing:


🔹Xorijiy turistlar oqimi yanada oshiriladi Manba: (PF-102-son, 18.07.2024 y.);

🔹Turizm sohasi tadbirkorlari import qiladigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi Manba: (PF-102-son, 18.07.2024 y.);

🔹Yangi milliy turizm brendi yaratiladi Manba: (PF-102-son, 18.07.2024 y.);

🔹Aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tartibi tubdan takomillashtiriladi Manba: (PQ-267-son, 18.07.2024 y.);

🔹Turizm va mehmonxona xo'jaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi 3 yillik bo'ladi Manba: (PQ-269-son, 18.07.2024 y.);

🔹Voleybol sporti yanada rivojlantiriladi Manba: (PQ-274-son, 19.07.2024 y.);

🔹Paxta-to'qimachilik klasterlari moliyaviy sog'lomlashtiriladi Manba: (PF-103-son, 22.07.2024 y.);

🔹Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yanada rivojlantiriladi Manba: (PF-104-son, 23.07.2024 y.);

🔹Tayyor zargarlik buyumlariga import bojxona boji kamaytiriladi Manba: (PF-104-son, 23.07.2024 y.);

🔹Ov qilish va ovchilik xo'jaliklari faoliyati yanada takomillashtiriladi Manba: (PF-105-son, 23.07.2024 y.);

🔹Ekologiya vazirligiga qo'shimcha vakolatlar berildi Manba: (PF-105-son, 23.07.2024 y.).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🥇 Qonunchilikka ko'ra, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o'yinlari, olimpiya va paralimpiya sport turlari (yosh toifalari) bo'yicha jahon chempionatlarida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar, shuningdek, ularni tayyorlagan trenerlarni Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan rag'batlantirish miqdorlari tasdiqlangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari #Qabul2024

❗️Chet el fuqarolarini TDYU bakalavriati va magistraturasiga o'qishga qabul qilish davom etmoqda


Toshkent davlat yuridik universitetida o'qishni xohlovchi xorijiy davlat fuqarolari 2024/2025 o'quv yili uchun arizalarni onlayn topshirishi mumkin.

📄 Bunda xorijiy davlat fuqarosi online.tsul.uz portali orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

🔹 Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (xorijiy davlat pasporti yoki ID kartasi nusxasi);
🔹 ta'lim haqidagi hujjat (maktab (litsey, kollej) attestati (diplomi) — bakalavriatga topshirayotganlar uchun hamda bakalavriat diplomi — magistraturaga topshirayotganlar uchun).

Hujjatlarni onlayn qabul qilish 20 avgustga qadar (shu kuni ham soat 23:59 ga qadar) davom etadi.

✔️ Ayni paytda abituriyentlarni qiziqtirgan savollariga tezkor javob berish maqsadida "Call-center" tashkil etilgan.

☎️ Murojaatlar uchun: +99897 198 00 80

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_avgustdan

📝 Qonunchilikka ko'ra, Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash jamg'armasi kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo'yicha klasterlar ta'sischilarining shaxsiy kafilligi qo'shimcha ravishda rasmiylashtiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Mehnat_huquqlari #Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, belgilangan tartibda ishsiz deb e'tirof etilgan shaxslar ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.

🗓 Ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko'pi bilan 26 kalendar hafta davomida to'lanadi.

▶️ Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb tan olingan shaxsga u mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro'yxatga olingan birinchi kundan e'tiboran hisoblanadi va to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2024

❗️Saylovda “E-Saylov” axborot tizimidan foydalaniladi.


Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2024

❗️Siyosiy partiyalar davlat boshqaruvi va ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni shakllantirishda muhim rol o'ynaydi.


Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to'sqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda ta'sir o'tkazish quyidagicha javobgarlikka sabab bo'ladi:

fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1 mln 700 ming so'mdan 2 mln 380 ming so'mgacha) jarima;

mansabdor shaxslarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (2 mln 380 ming so'mdan 3 mln 400 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_avgustdan

🏢 Qonunchilikka ko'ra, turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarida yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan amaliyot bazalarini (turoperator, turagent, gid-tarjimon, mehmonxona va turizm transporti xizmatlarini ko'rsatish obyektlari) belgilangan tartibda tashkil etishga ruxsat beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🏢 Qonunchilikka ko'ra, 2024/2025 o'quv yilidan “O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi kollejlar negizida yengil sanoat korxonalari uchun o'rta maxsus professional ta'lim darajasida kadrlar tayyorlaydigan Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlari tashkil etilishi belgilangan.

Mazkur texnikumlarda tikuvchilik hamda to'qimachilik mahsulotlari dizayneri, modeler-konstruktor, yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi kabi yo'nalishlarda kadrlar tayyorlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

☑️ Qonunchilikka ko'ra, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya'ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo'lmagan holda to'liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo'yish, yoritish uchun elektr energiyasidan xo'jasizlarcha foydalanish:

mansabdor shaxslarga BHM 5 baravaridan 15 baravarigacha (1 mln 700 ming so'mdan 5 mln 100 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, to'rt nafar va undan ortiq o'n sakkiz yoshga to'lmagan bolasi bo'lgan oila ko'p bolali oiladir.

📌 Bunda, agar to'rt nafar va undan ortiq bolalaridan bir nafari yoki undan ko'prog'i ta'limning kunduzgi shaklida (o'rta maxsus va professional, oliy ta'lim) ta'lim tashkilotlarida o'qiyotgan hamda yigirma ikki yoshga to'lmagan bo'lsa, bu oila ham ko'p bolali oila deb hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_avgustdan

🗓 Qonunchilikda 1 avgustdan nimalar o'zgaradi?


🔹Ayrim obyektlar hududning zilzilabardoshligidan kelib chiqib loyihalanadi va quriladi BATAFSIL;

🔹Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutiga bir necha huquqlar beriladi BATAFSIL;

🔹Master-reja hududlaridagi yer uchastkalari auksionga chiqariladi BATAFSIL;

🔹Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi BATAFSIL;

🔹Turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi OTMlarda amaliyot bazalari tashkil etiladi BATAFSIL;

🔹Ayrim kreditlar bo'yicha klaster ta'sischilarining shaxsiy kafilligi rasmiylashtiriladi BATAFSIL.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, yuridik va jismoniy shaxslarga har bir kesilgan daraxt va buta uchun kompensasiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesilgan daraxt va butalardan kam bo'lmagan yirik o'lchamli (daraxt — 5 yillik, buta — 3 yillik) ko'chatni ekish hamda ularni kamida 2 yil davomida parvarish qilish bo'yicha qo'shimcha majburiyat yuklatiladi.

❗️ Bunda daraxt va butalarni kesish uchun ruxsatnoma berilganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan yig'imni to'laganlik yuridik va jismoniy shaxslarni kompensasiyaviy ekish hamda parvarish qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.

⚠️ Eslatma: Noqonuniy daraxt kesganlik uchun jarima mavjud.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Taʻlim #Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan barcha kurs talabalari uchun davlat oliy ta'lim muassasalari talabalar turar joyiga joylashish onlayn shaklda amalga oshirilishi belgilangan.

🗓 Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab o'quv yili yakuniga qadar davom etishi nazarda titilgan.

📝 Shunga ko'ra, talabalar joriy yilning 1-avgustidan turar joyga joylashish uchun ariza berishlari mumkin.

🌐 Buning uchun talaba davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelib yoki mustaqil ravishda YIDXP (my.gov.uz) orqali onlayn shaklda murojaat qilishi mumkin.

🚫 Davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun to'lov undirilmaydi.

⚠️ Ma'lumot uchun, ayrim toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin