Huquqiy axborot | Lotin
6.45K subscribers
4K photos
510 videos
2 files
8.96K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotin_qizlar_huquqi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, ayollarga ayrim jazolarni qo'llash bo'yicha quyidagi cheklovlar mavjud:

❗️Xususan, jinoiy jazo tariqasida majburiy jamoat ishlari yoki axloq tuzatish ishlari homilador ayollarga, uch yoshga to'lmagan bolalari bor ayollarga nisbatan qo'llanmaydi.

📝 Bundan tashqari, homilador ayollarga va uch yoshga to'lmagan bolalari bor ayollar ehtiyotsizlik oqibatida yoki qasddan uncha og'ir bo'lmagan jinoyat sodir etsa ularga nisbatan ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi.

🗓 Ayolga nisbatan uzoq muddatga (20 yildan ortiq 25 yildan ko'p bo'lmagan) yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin emas.

⚠️ Shuningdek, homilador ayolning jinoyat sodir etishi jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida baholanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotin_qizlar_huquqi

Qonunchilikka ko'ra, erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bog'liq ishlarning sudlarda ko'rib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan ko'rsatiladigan yuridik xizmat uchun haq ularning xohishiga ko'ra davlat hisobidan qoplanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, ish beruvchi xodimning mehnatda mayib bo'lishi va kasb kasalligi tufayli hayotiga yoki sog'lig'iga yetkazilgan ziyonning o'rnini qoplashi shart.

⚠️ Ish beruvchi o'z hududida ham, uning tashqarisida ham mehnat vazifalarini bajarishda, shuningdek ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga borish yoki ishdan qaytish vaqtida mehnatda mayib bo'lishi tufayli xodimning hayotiga yoki sog'lig'iga yetkazilgan ziyon uchun moddiy javobgar bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Strategiya

❗️“Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi amalga oshiriladi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Xotin_qizlar_huquqi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, uch yoshga to'lmagan bolaning byudjet tashkilotlarda ishlaydigan onasi haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti belgilanadi va bunda ish haqi kamaytirilmaydi.

Ish beruvchi homilador ayolning, 14 yoshga to'lmagan bolaning (16 yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan bolaning) onasining iltimosiga ko'ra tibbiy xulosa asosida to'liqsiz ish vaqtini belgilashi shart.

💰16 yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan bolani tarbiyalayotgan onaga oyiga qo'shimcha bir dam olish kuni berilib, davlat ijtimoiy sug'urta mablag'lari hisobidan shu vaqt uchun bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotin_qizlar_huquqi

🚫Qonunchilikka ko'ra, ayollarning pensiya yoshiga to'lganligi yoki yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga to'lgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko'ra bekor qilish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM