Huquqiy axborot | Lotin
6.25K subscribers
3.72K photos
271 videos
2 files
8.1K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🔰 Qonun kuchga kirgan kundan boshlab 5 yil o'tib, mas'ul davlat organi va Oliy Majlis palatalarining qo'mitalari tomonidan qonunning maqsadi va kutilgan natijalariga erishilganligini aniqlash uchun uning tartibga solish ta'sirini baholash amaliyoti joriy etilmoqda.

✔️Ilg'or xorijiy tajribada keng qo'llaniladigan mazkur amaliyot qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini oshiradi, uning maqsadiga to'laqonli erishilishini ta'minlaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🔰Qonun loyihasidagi havolaki normalarni amalga oshirishning aniq muddatlari va mas'ul ijrochilarini loyihaning o'zida majburiy tartibda belgilash amaliyoti joriy etilmoqda.

📋 Shuningdek, tegishli sohani tartibga soluvchi qonun loyihasini tayyorlashda ushbu sohadagi qonunosti hujjatlari bilan tartibga solingan munosabatlarni qonun darajasiga ko'tarish imkoniyatini muhokama qilish shartligini belgilash va bu haqda qonun loyihasining tushuntirish xatida ko'rsatish belgilanmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Huquqni_bilish_foydali

✔️ Tovar (ish, xizmat)lar uchun haq to'lash shakli hamda tartibi iste'molchi bilan sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) o'rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.

🧾 Oldi-sotdi amalga oshirilganda iste'molchiga kassa yoki tovar cheki beriladi. Tovarni kassa yoki tovar chekini bermasdan sotish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_martdan

✳️ Qonunchilikka ko'ra, ekologik toza hudud rejimi joriy qilingan hududlardagi fuqarolar yig'inlariga “ekomahalla”, “ekoqishloq” va “ekoovul” maqomi beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2024_yil_1_martdan

📜 Qonunchilikka ko'ra, notarial idoraga kelmasdan, shu jumladan chet eldan turib mol-mulkdan foydalanish bilan bog'liq bitimlarni (mulk huquqini boshqa shaxsga o'tkazishdan tashqari) elektron raqamli imzodan foydalanib, videokonferensaloqa orqali rasmiylashtirish tartibi yo'lga qo'yiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Strategiya

🔰 Farmonga ko'ra, 2024-yil 1-martdan alohida ishlash talab etiladigan, shuningdek, iste'dodli va iqtidorli yoshlar “Yoshlar balansi” asosida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy ta'lim tashkilotlari rahbarlariga biriktiriladi.

▶️ Bunda mazkur rahbarlar:

🔹 har oyda kamida bir marotaba o'zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori bo'lgan kasb-hunarga o'qitish orqali bandligini ta'minlash, hayotda o'z o'rnini topishi, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama ko'maklashadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Strategiya

✔️ Farmonga ko'ra, 2024-yil 1-martdan:

🔸“Yoshlar daftari” jamg'armasi mablag'lari yoshlarni chet tillari va kasb-hunarga o'qitish maqsadlariga yo'naltiriladi;

🔸yoshlarni zamonaviy kasblarga o'qitish bo'yicha “Ustoz” maxsus platformasi ishga tushiriladi va dastlabki bosqichda mazkur platforma orqali 250 ming nafar yoshlar qamrab olinadi;

🔸yosh xotin-qizlarni tadbirkorlik, marketing, grafik-dizayn kabi zamonaviy kasblarga o'rgatish uchun “Qizlar akademiyasi” platformasi ishga tushiriladi va bu orqali yosh xotin-qizlar uchun turli tanlov, loyihalar, o'quv oromgohlari, stajirovkalar tashkil etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Strategiya

🗓 2024 yil 1 sentabrdan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o'rta ta'lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o'quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yo'lga qo'yiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_martdan

🔰 Qonunchilikka ko'ra, litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning 22 turi bekor qilinadi.

🔘 Shuningdek:

🔹litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga qo'llanilgan jarima summasi miqdorining 50 foizi 15 kun ichida, 70 foizi 30 kun ichida ixtiyoriy ravishda to'langanda, huquqbuzar jarimaning qolgan qismini to'lashdan ozod etiladi;

🔹litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish jarayonida video aloqa vositalari yordamida talabgorlarning litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar talab va shartlariga muvofiqligini masofadan turib baholash tartibi joriy etiladi;

🔹tadbirkorlik subyektini davlat ro'yxatidan o'tkazish yoki qayta ro'yxatdan o'tkazishda uning pochta manzili sifatida muassisning turar joyini ko'rsatishga ruxsat beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2024_yil_1_martdan

🗓 Qonunchilikka ko'ra, individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga muvofiq o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish, mustaqil ravishda harakatlanish va mo'ljal olish imkoniyati cheklangan yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarga ijtimoiy xodimlar assistentlarining "soatbay" asosda haftaning barcha kunlari xizmat ko'rsatishi uchun qonunchilikka muvofiq moslashuvchan ish tartibi joriy etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Strategiya

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 2024-yil 1-martdan mahalla, ta'lim muassasalari, korxona va tashkilotlar tizimida mukofot jamg'armasi 600 million so'm miqdorida xorijiy tillar (“Ibrat farzandlari”) bo'yicha tanlovlar, kibersport musobaqalari va “Zakovat” intellektual o'yinlari yuqori saviyada tashkil etiladi.

🗂 Kasblar tanlovida g'olib bo'lgan yoshlarni o'z hududlarida jihozlangan ustaxonalar bilan ta'minlash amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2024_yil_1_martdan

📝 Qonunchilikka ko'ra, vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlash va uning taqdirini hal etishga qaratilgan boshqa bitimlar notarial tasdiqlashdan avval "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan kelishiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_martdan

🗓 2025-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida rentgen uskunasidan foydalanish va veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlarini amalga oshirish faoliyatlarini boshlash uchun 3 oygacha o'tish va moslashish davrini belgilaydigan “Biznesga lisenziyasiz kirish” maxsus rejimi joriy etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin