Huquqiy axborot | Lotin
6.45K subscribers
4K photos
510 videos
2 files
8.96K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Murojaatlarni koʻrib chiqishni rad etgan mansabdorlarga qanday javobgarlik bor?

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Taʼlim kreditini ajratish tartibi

🔰 Taʼlim kreditlari taʼlim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek oʻqishini koʻchirgan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan talabalarga beriladi.

☑️ Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.

▶️ Taʼlim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

🔰 Taʼlim kreditini olish uchun quyidagi hujjatlar kerak boʻladi:

ariza;

toʻlov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud boʻlganda). Shartnomada oʻqishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun toʻlov miqdori koʻrsatilgan boʻlishi lozim;

taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi;

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);

bankning ichki hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.

🗓 Hujjatlar 5 ish kunida koʻrib chiqiladi.

📝 Taʼlim krediti shartnomasi toʻlov-kontrakt shartnomasida koʻrsatilgan bir yillik toʻlov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.

🏦 Taʼlim krediti kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.

Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, taʼlim krediti boʻyicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa taʼlim krediti boʻyicha foiz stavkasi oʻzgarishsiz qoladi.

🚫 Mazkur tartib:

🔹chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga;
🔹tijorat banklari tomonidan Jamgʻarma mablagʻlaridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan taʼlim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

⚠️ Tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktni va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa toʻlovlarni amalga oshirish uchun taʼlim krediti ajratilmaydi.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Tovar belgilarini roʻyxatdan oʻtkazishda davlat xizmatini koʻrsatish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (480-son, 19.09.2023-y.) bilan Tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi

🔰 Reglamentga koʻra, mazkur davlat xizmati Adliya vazirligi (vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.

📝 Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani topshirish boʻyicha harakatlar talabnoma beruvchi tomonidan bevosita yoki vakili orqali amalga oshiriladi.

▶️ Shunga koʻra, davlat xizmatidan foydalanish uchun vakolatli organning axborot tizimi yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali yoxud pochta aloqasi boʻyicha talabnoma topshiriladi.

🗓 Soʻng talabnoma beruvchi 3 oy davomida talabnoma topshirish uchun patent boji toʻlovini amalga oshirishi kerak.

Patent boji toʻlangach, talabnoma qabul qilinib, uning qayd raqami va kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan xabarnoma talabnoma beruvchiga yuboriladi.

🏢 Intellektual mulk markazi talabnoma kelib tushgan sanadan 30 kun davomida talabnomaning rasmiy ekspertizasini amalga oshiradi.

📋 Reglamentga koʻra, jumladan, quyidagilar tovar belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi:

🔹davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;

🔹tovar va uning tayyorlovchisi toʻgʻrisidagi yolgʻon yoki isteʼmolchini chalgʻitishi mumkin boʻlgan belgilar;

🔹jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid boʻlgan belgilar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka koʻra, kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oʻqishdan boʻsh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) mehnat shartnomasi boʻyicha oliy taʼlim muassasasida yoki boshqa tashkilotlarda ishlashga ruxsat beriladi.

⚠️ Talabalarning boshqa huquqlari qonunchilikda va oliy taʼlim muassasasi Nizomida belgilanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirish javobgarlikka sabab boʻladi

🔰 Oʻzbekiston fuqaroligiga ega bolani ota, ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish:

BHMning 10 baravaridan 50 baravarigacha (3 mln 300 ming soʻmdan 16 mln 500 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

🔘 Shunga koʻra, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda koʻpi bilan 30 kunlik muddat belgilanib, sud ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs zimmasiga bolani chet davlatdan Oʻzbekistonga qaytarish yoxud huquqbuzarlikni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish majburiyatini yuklaydi.

▶️ Shuningdek, bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirish, xuddi shunday xatti-harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa yoxud bolaning sud tomonidan belgilangan muddatda Oʻzbekistonga qaytarilishini taʼminlamaslik 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Oʻsha qilmish ogʻirlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa, uni sodir etgan shaxs 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_oktyabrdan

Elektrning qayta tiklanuvchi manbalar asosida ishlab chiqarilganini tasdiqlovchi “yashil energiya” sertifikati tizimi quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr uchun joriy etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

💰Sport maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga oʻquvchi-sportchilar erishgan yuqori sport natijalaridan kelib chiqib har oyda toʻlab beriladigan ustamalar miqdorlari.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka koʻra, sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berish:

🔹BHMning 400 baravaridan 500 baravarigacha (132 mln soʻmdan 165 mln soʻmgacha) miqdorda jarima;

🔹muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

🔹5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

22-sentyabr – Xalqaro avtomobilsiz kun

📌 Bugun dunyodagi avtomobil va motosikl haydovchilariga kun davomida transport vositalaridan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Ko'plab mamlakatlar va shaharlarda piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transportlaridan foydalanishni targ'ib qiluvchi aksiyalar, tadbirlar o'tkaziladi.

☑️ 1995-yildan beri bu sana World Car Free Days konsorsiumi tashabbusi bilan dunyoning yuzlab shaharlarida o'tkazib kelinmoqda.

☝️ Ma'lumot uchun: Hukumat qarori bilan 2021-yildan boshlab 22-sentyabr respublika bo'yicha “Avtomobilsiz kun” sifatida e'lon qilingan. Shu kuni shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish tavsiya etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_oktyabrdan

Oʻzbekistondan tabiiy gazni quvurlar orqali tashiydigan korxonalarning gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga xromatograf hamda elektron hisoblagichlar oʻrnatilishi majburiy hisoblanadi.

📝 Shuningdek, tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi shartnomalarga oid maʼlumotlar Soliq qoʻmitasining axborot tizimiga kiritib boriladi va mazkur shartnomalar yuzasidan elektron hisobvaraq-fakturalar Soliq qoʻmitasining axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlar asosida shakllantiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
“Taʼlim sohasidagi muammo va yechimlar: taʼlim krediti, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt, yotoqxona bilan taʼminlash masalalari” mavzusida audiopodkast tashkil etiladi

🎙Suhbat spikerlari: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti va hamkor tashkilotlar mutaxassislari.

Ovozli chat bugun – 22-sentyabr kuni soat 16:00 da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📥 Savollaringizni @huquqiy_gap telegram kanalida izohlarda qoldiring.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

💼 O‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga har yilgi asosiy, shuningdek o‘rindoshlar haqli bo‘lgan qo‘shimcha ta’tillar asosiy ish joyidagi har yilgi mehnat ta’tili bilan bir vaqtda beriladi.

💰 Agar o‘rindoshlik asosida ishlashning birinchi ish yilida xodim 6 oydan kam ishlagan bo‘lsa, u holda o‘rindoshlik asosidagi ishda ta’til uchun ishlangan vaqtga proporsional haq to‘lanadi.

ℹ️ Birinchi ish yilida 6 oy ishlagan o‘rindoshlarning mehnat ta’tiliga, shuningdek ishning keyingi yillari uchun mehnat ta’tiliga o‘rindoshlik asosidagi ishning o‘rtacha ish haqidan kelib chiqqan holda odatdagi tartibda haq to‘lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Davlat_xizmatlari_reglament

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga kompyuter xaridi boʻyicha isteʼmol krediti foizlarini qoplab berish tartibi

⚠️ Xizmat: “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining oʻquvchisi yoki bitiruvchisi boʻlgan yoshlarga isteʼmol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilish.

🙎‍♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar (31 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston fuqarosi, fuqaroligi boʻlmagan shaxs (14 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili).

💰Isteʼmol krediti miqdori – ariza beruvchiga kompyuter (shu jumladan, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun BHMning 25 baravaridan koʻp boʻlmagan (8 mln 250 ming soʻmgacha) miqdorda.

📂 Xizmatni koʻrsatish uchun kerak boʻladigan hujjatlar

kompyuter sotib olish boʻyicha ikki tomonlama tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi (pdf formatda);
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligi toʻgʻrisida sertifikat (pdf formatda).

🔄 Xizmatni koʻrsatish tartibi:

1️⃣ Ariza beruvchi tegishli sertifikat berilgan sanadan boshlab 6 oy mobaynida istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali sertifikatni ilova qilgan holda murojaat qiladi.

2️⃣ Yoshlar ishlari agentligi (vakolatli organ) ariza beruvchining murojaati YIDXP orqali tushgan paytdan boshlab 5 ish kuni davomida sertifikatni verifikatsiyadan oʻtkazadi.

3️⃣ Yoshlar ishlari agentligi tomonidan berilgan maʼlumotnoma hamda “Bir million dasturchi” loyihasini muvaffaqiyatli tugatganligi haqidagi sertifikatga ega boʻlgan yoshlar kompyuter haridi uchun shartnoma asosida ishlovchi doʻkon topadilar.

4️⃣ Kredit rasmiylashtirish uchun AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB hamda AT “Aloqabank”dan biriga murojaat qilishlari mumkin.

🔰Banklar tomonidan talab qilinadigan hujjatlar:

▫️ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport);
▫️ Yoshlar ishlari agentligi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnoma;
▫️“Bir million dasturchi” loyihasi boʻyicha oʻquv kurslarini tugatganligi yoki IT-park rezidentining oʻquvchisi yoki bitiruvchisi boʻlganligi toʻgrisidagi sertifikat nusxasi;
▫️ Vakil hamda uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport);
▫️ Kompyuter yoki noutbuk xaridi uchun doʻkon bilan tuzilgan shartnoma nusxasi.

🗓 Xizmatni koʻrsatish muddati: 5 ish kunida.

♻️ Xizmat narxi: Bepul

📋 Huquqiy asos: Hukumat qarori (617-son, 04.10.2021-y.)

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka koʻra, moddiy madaniy meros obyektining mulkdori oʻziga qarashli boʻlgan moddiy madaniy meros obyekti yoʻqotilsa uning oʻrni toʻldirib boʻlinmasligini hamda uning tarixiy, madaniy yoki ilmiy ahamiyatini hisobga olgan holda, uni saqlab turish vazifasini zimmasiga oladi.

📌 Shuningdek, davlat mulkida turgan moddiy madaniy meros obyektlari davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi mumkin emas.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_oktyabrdan

Qonunchilikka koʻra, B2 va undan yuqori xorijiy til bilish darajasiga ega fuqarolar tomonidan tegishli yoʻnalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 100 foiz qismini qoplash tizimi joriy etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Davlat oliy taʼlim muassasalariga kirishda eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy qilingan.

➡️ Grantda gʻolib boʻlgan talabalarga Prezident davlat stipendiyasi tayinlanadi va toʻlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlarni maxsus platformada shakllantirish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (492-son, 22.09.2023-y.) bilan Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni hrm.argos.uz elektron platformasida shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi

🔰 Nizomga koʻra, davlat organlarining ishga qabul qilish natijalari boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish, tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash va ularga ishlov berish, xodimlar faoliyatining samaradorligini avtomatik tarzda baholash, kadrlar boʻyicha maʼlumotlarning elektron arxivini yuritish, rahbar kadrlar uchun belgilangan zaxiralarni shakllantirish hamda inson resurslarini boshqarishga oid boshqa faoliyati elektron platformada amalga oshiriladi.

▶️ Inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni shakllantirish va yuritish uchun yuridik shaxs maqomidagi davlat organlari elektron platformadan foydalanuvchi hisoblanadi.

🔑 Barcha foydalanuvchilar elektron platformada shaxsiy ERI kaliti orqali roʻyxatdan oʻtadi, bunda:

🔹davlat organi rahbari shaxsiy ERI kaliti yordamida davlat organining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmasi masʼul xodimini belgilab, unga elektron platformadan foydalanish imkoniyatini beradi;

🔹inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmasi xodimi shaxsiy ERI kaliti yordamida elektron platformada maʼlumotlar va hujjatlarni shakllantiradi hamda yuritadi.

🔢 Elektron platformada davlat organi tuzilmasini uning shtat jadvaliga muvofiq boʻlinmalar va ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlarni kiritish orqali shakllantiriladi. Bunda har bir lavozim alohida yaratiladi.

📝 Elektron platformada davlat organlarining ichki idoraviy hujjatlari (buyruq, qaror va farmoyish) ERI bilan tasdiqlangan holda faqat elektron platformada shakllantiriladi va qabul qilinadi.

☑️ Elektron platforma orqali qabul qilingan ichki idoraviy hujjatlar ijroga qaratish uchun edo.ijro.uz axborot tizimiga avtomatik tarzda yuboriladi.

📋 Davlat organlarining vakant lavozimlarini eʼlon qilishdan tortib, tanlov oʻtkazish va ishga qabul qilish natijalari boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirishgacha boʻlgan jarayonlar elektron platforma va vacancy.argos.uz axborot tizimining oʻzaro integratsiyalashuvi asosida amalga oshiriladi.

✳️ Davlat organining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalari tomonidan elektron platformaga kiritilgan:

davlat organi tuzilmasi, xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari va ularga qoʻshimcha bitimlar, mehnat shartnomalarining bekor qilinishi hamda vakant ish oʻrinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “YMMT IDAK” elektron tizimiga;

xodimlarga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar “UzASBO” dasturiy majmuasiga avtomatik tarzda yuboriladi.

📁 Davlat organlarining belgilangan rahbarlik lavozimlari uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritish jarayoni elektron platforma orqali amalga oshiriladi.

🗞 Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarning shaxsiy maʼlumotlari elektron platforma va zaxira.argos.uz platformasining oʻzaro integratsiyalashuvi asosida yuritiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_oktabrdan

📋 Seysmik xavfsizligi I–IV toifadagi bino va inshootlar boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish va nazorat funksiyalarini amalga oshirish yoʻnalishlaridagi faoliyat yurituvchi mutaxassislarni sertifikatlash tartibi joriy etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 O'tkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek, qimmatli qog'ozlar yoxud chet el valyutasi yoki chet el valyutasidagi qimmatli qog'ozlar yasash yoki ularni o'tkazish:

juda ko'p miqdorda (BHMning 300 baravaridan 500 baravarigacha bo'lgan miqdor);
uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa:

🔹10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_oktabrdan

☑️ “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga oʻtkaziladi.

➡️ Shuningdek, aholiga koʻrsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar boʻyicha arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin